Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Taklif qiyshiq chizig‘ining ko‘chish sabablari



Download 0,54 Mb.
bet61/175
Sana14.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#362452
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   175
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati.

Taklif qiyshiq chizig‘ining ko‘chish sabablari.


Taklif qiyshiq chizig‘ining ko‘chish sabablari ishlab chiqarish xarajatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Agar firma mavjud narx bo‘yicha oldinga qaraganda ko‘proq tovar taklif qilishga tayyor bo‘lsa, demak, u mahsulotni ancha past xarajatlar bilan ishlab chiqara boshlagan. Taklifning kamayishi, ishlab chiqarish xarajatlari oshganligini bildiradi. Bunday hollarda firma xuddi oldingay miqdordagi tovarni yuqoriroq narxda taklif qiladi.

1. Ishlab chiqarish omillari narxlarining o’zgarishi.

Firma ishlab chiqarish omillari uchun to‘laydigan narxlar uning xarajatlaridir. Ishlab chiqarish omillari narxining ko‘payishi yoki kamayishi firmaning xarajatlariga ta’sir qiladi va taklifning qiyshiq chizig‘ining ko‘chishini keltirib chiqaradi. Agar ish haqi oshsa-yu, unumdorlik o‘zgarmasa, unda ishlab chiqarish xarajatlari ko‘payadi va taklifning qiyshiq chizig‘i chapga ko‘chadi. Xom-ashyoning bahosining pasayishi xarajatlarning kamayishi va taklifning qiyshiq chizig‘ining o‘ng tomonga ko‘chishiga olib keladi.



2. Texnik taraqqiyot va unumdorlik.

Ishlab chiqarish xarajatlariga texnologiyadagi o‘zgarishlar ham ta’sir qiladi. Oldingilaridan samaraliroq uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarishni avvalgisidan ancha oqilonaroq tashkil qilish va yangi texnologiyalarni joriy qilish unumdorlikning o‘sishi va ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladi. Bir xil boshqa sharoitlarda unumdorlikning o‘sishi taklif qiyshiq chizig‘ining o‘ngga ko‘chishini keltirib chiqaradi.



3. So’nggi shartlar.

Ob-havoning o‘zgarish va tebranishlari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Alohida qulay ob-havo sharoitlari juda katta hosil to‘plash va yig‘ib olishga imkoniyat beradi, noqulay ob-havo sharoitlari esa teskari natijalarga olib keladi. Ob-havoning tebranishlari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi xarajatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Qulay ob-havo sharoitlari taklif qiyshiq chizig‘ining o‘ngga, noqulay sharoitlar esa bu chiziqning chapga ko‘chishiga yordam beradi.



4. Soliqlar va subsidiyalar.

Tovarni bozorga chiqarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar bu tovarlarga solinadigan soliqlar yoki ishlab chiqaruv-chilarga taqdim etiladigan subsidiyalarga bog‘liq ravishda o‘zgarishlari mumkin. Tovarlar va xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i kabi soliq turining joriy etilishi xuddi ishlab chiqarish xarajatlari oshgandagidek natijalarga olib keladi: Taklifning qiyshiq chizig‘i o‘ngga ko‘chadi.



Subsidiyalar – bu davlat mahsulot jo‘natuvchilarga taqdim etadigan, qaytarib berilmaydigan ssudadir. Davlat faqat bir martalik ssuda berishi yoki buning ehtimoli ko‘proq, uni aniq tovarni chiqarish obyekti bilan bog‘lab qo‘yishi mumkin (masalan, ishlab chiqarilgan har bir tonna uchun 1000 so‘mdan to‘lab). Subsidiyalar taqdim etish xuddi ishlab chiqarish xarajatlari pasayganidek natijalarga olib keladi: taklif qiyshiq chizig‘i o‘ngga ko‘chadi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish