Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]


-§. Ishlab chiqarish-texnika bazasining xonalariga doir talablar



Download 157,5 Kb.
bet9/10
Sana15.06.2022
Hajmi157,5 Kb.
#672192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
125 09.03.2021.docx

3-§. Ishlab chiqarish-texnika bazasining xonalariga doir talablar
14. Ishlab chiqarish-texnika bazasi tarkibiga quyidagilar kiritilishi kerak:
ishlab chiqarish xonasi;
transport vositalari egalarini qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish xonasi;
transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini rasmiylashtirish uchun xona;
sanitariya-gigiyena xonalari.
15. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonalari quyidagilarni inobatga olgan holda rejalashtiriladi:
transport vositasining texnik holatini baholashdan o‘tkazish dasturi;
qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari va sinov jihozlari;
transport vositasining texnik holatini baholash va natijalarini rasmiylashtirishning texnologik jarayoni;
yong‘in xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish talablari.
16. Ishlab chiqarish-texnika bazasi ishlab chiqarish xonasining o‘lchamlari mazkur Talablarga ilovaga muvofiq texnik ko‘rik liniyalarining texnologik postlari soni va transport vositalarining gabarit o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
17. Ishlab chiqarish-texnika bazasi ishlab chiqarish xonasining rejasi ishlab chiqarish bino va inshootlarini texnologik loyihalashtirish qoidalari va normalari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish korpusi xonasining bo‘rtib chiqqan qurilish konstruksiyalarigacha bo‘lgan balandligi yengil avtomobillar uchun — 4,0 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun — 7,0 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Xonalarning poli tekis, neft mahsulotlari ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak.
18. Xonada barcha texnologik jarayonlar sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq holda xavfsiz va oqilona bajarilishi kerak.
19. Ishlab chiqarish xonalaridagi shovqin va vibratsiya darajasi sanitariya-gigiyena normalarida belgilangan hamda ruxsat etilgan ko‘rsatkichlardan oshmasligi kerak.
20. Xona va ish joylarining tabiiy va sun’iy yoritilishi ishlarning xavfsiz bajarilishi, odamlar uchun xavfsiz bo‘lishi va ularning harakatlanishini ta’minlash uchun yetarli va quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
ish joylarida xonaning poli sathida — kamida 200 lk;
ishchi xonalarda (kabinetlarda) poldan 0,8 metr balandlikdagi sathda — kamida 200 lk;
ko‘rikdan o‘tkazish xandag‘ida transport vositalarining tag qismi sathida — kamida 150 lk;
avariya holatlarida yoritish ish yuzasini umumiy yoritish uchun belgilangan normalarning 5 foizidan kam bo‘lmasligi, lekin kamida 2 lk bo‘lishi kerak.
21. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati o‘tkaziladigan sinov metodlariga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish-texnika bazasi binolaridagi havo harorati yilning sovuq davrida — 15°S dan 25°S gacha, issiq davrida — 22°S dan 30°S gacha oraliqda bo‘lishi kerak.
22. Transport vositalarining korxona hududida harakatlanish tezligi ochiq yo‘llarda — 10 km/s dan, xona ichida — 5 km/s dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
23. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasiga kirish joyi peshlavha bilan belgilanadi va sutkaning qorong‘i paytida yoritiladi. Ishlab chiqarish xonasiga kirish (chiqish) yo‘li ishlab chiqarish xonasidan boshqariladigan yorug‘lik (masalan, svetofor) signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
Kirish darvozasi ustida 3.13 “Cheklangan balandlik”, 3.14 “Cheklangan kenglik” va 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan (5 km/s)” yo‘l belgilari joylashtiriladi.
24. Ishlab chiqarish-texnika bazasi xonasining mijozlar uchun qulay bo‘lgan joyida quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan axborot stendi yoki boshqa maxsus qurilma o‘rnatiladi:
ishlab chiqarish-texnika bazasining tegishliligi, joylashgan eri, ish tartibi va rejimi, aloqa telefonlari;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Call-markazi telefoni va hududiy YHXBning ishonch telefoni raqamlari, taklif va e’tirozlar kitobi saqlanadigan joy va uni yuritish (saqlash) uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi, tekshiriladigan (baholanadigan) parametrlar va normativlar, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishning davriyligi va texnik holatni baholash natijalari to‘g‘risidagi hujjatni berish tartibi;
transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan hujjatlar, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori, zarur jarayonlarni amalga oshirish muddati va boshqa ma’lumotlar.
25. Ishlab chiqarish xonasi elektr xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq elektr ta’minoti (yoritish) uchun elektr tarmoqlari, shuningdek, quvvat berish kabellari (diagnostika jihozlarining elektr energiyasi ta’minoti uchun) va taqsimlagich elektroshitlar bilan jihozlanadi.
26. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasida ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqish joylari mavjud bo‘lishi nazarda tutiladi. Evakuatsiya chiqish joylarining eshiklari xonadan tashqari tomonga ochiladigan, o‘tish yo‘lagining kengligi 1 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
27. Ishlab chiqarish-texnika bazasining yong‘indan himoyasi, yong‘inning oldini olish tizimi va yong‘in xavfsizligi hamda portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
28. Transport vositalari egalarini qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish xonasi (binosi) hamda transport vositasining texnik holatini baholash natijalari haqidagi hujjatni rasmiylashtirish uchun xona ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasida yoki unga bevosita yaqin joyda bo‘lishi kerak. Ushbu xonalarga kirish joyi tegishli ko‘rsatkichlar bilan belgilab qo‘yiladi.
29. Transport vositalarining egalarini qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish xonalarining o‘lchamlarini aniqlashda, ularda ishlab chiqarish-texnika bazasining xodimi tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ish joylari hamda transport vositalarini egalarining kutib turish joylari inobatga oliinishi kerak.
Transport vositalari egalarining kutib turish joylari soni har bir texnik ko‘rik liniyasiga beshtadan kam bo‘lmasligi kerak.
30. Ishlab chiqarish-texnika bazasi ishlab chiqarish xonasining sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga muvofiqligi vakolatli sanitariya-epidemiologiya nazorat organining tegishli xulosasi bilan tasdiqlanadi.

Download 157,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish