Davlatning hayotiy muhim manfaatlari quyidagilardir:
ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash;
demokratik- huquqiy raqobatbardosh milliy iqtisodiyotli davlat qurishga yo`naltirilgan ijtimoy-iqtisodiy islohotlarni samarali o`tkazishga erishish;
mulkdorning huquq va iqtisodiy faoliyati erkinligini kafolatlash, xususiy mulkni himoyalash v a tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;
iqtisodiyotning o`sishi, aholining farovonligini oshirish uchun barqaror va dinamik ravishda sharoit yaratish;
iqtisodiyotning ustuvor sohalarida ilmiy-texnik rivojlanishning yuqori darajasini ta`minlash; iqtisodiy xavfsizlikning samarali tizimini tashkil etish, O`zbekistonni jamoaviy xavfsizlikning regional va global tizimiga kiritish va bu tizim bilan hamkorligini yo`lga qo`yish.
Ta`sirlashishning ko`rinishi bo`yicha manfaatlar konfrantatsion, tarqaluvchi, parallel va qo`shmalarga bo`linadi.
Konfrantatsion manfaatlar – to`g`ridan-to`g`ri qarama-qarshi, bir-birini yo`qotuvchi manfaatlar antogonistik qarama-qarshiliklarning manbaidir.
Tarqaluvchi manfaatlar bir-birini kesib o`tadi, ammo bir-birini yo`qotmaydi. Ular har xil maqsadlarga erishish uchun yo`naltirilgan, lekin boshqa tarafdagilarning hayotiga xavf solmaydi.
Parallel manfaatlar – antagonizmlarsiz manfaatlardir. Mustaqil, boshqa tarafdagilar bilan harakatini muvofiqlashtirmay amalga oshirishga intilib, yaqin bo`lgan bir xil maqsadlarni ta`qib qiladigan taraflar.
Qo`shma manfaatlar –tomonlarning umuniy yondoshishini ko`zda tutgan, maqsad va ularga erishish usullari bir xil bo`lgan manfaatlar. Bu manfaatlar mustaqil amalga oshirilmaydi, ular tomonlarning umumiy maqsadlarga erishishida maksimal darajada hamkorligini ko`zda tutishadi.
Milliy manfaatlar maqsadini amalga oshirish va himoyalash davlatning asosiy vazifasidir. Milliy manfaatlat asosida davlat boshqaruvining mos organlari va institutlari, davlat iqtisodiy siyosatining, mazmuniga ko`ra, fuqarolar, jamoa va davlatning o`zlarini, eng avvalo, hayotiy muhhim bo`lgan manfaatlarini qanoatlantirish sohasidagi aksi bo`lgan maqsadlarini ishlab chiqadi va shakllantiradi. Bu maqsadlarga o`zlari uchun mos masalalarni yechish yo`li bilan erishiladi. Bunday masalalar yechimini ta`minlash uchun davlat boshqaruv organlari, respublika rahbariyati tomonidan maxsus choralar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Shaxsiy va milliy manfaatlar va maqsadlar iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash siyosati va strategiyasining asosidir. Ular har qanday davlatning ichki va tashqi siyosati maqsadlarini belgilaydi.
Respublikada islohotlarning birinchi bosqichida mulk, raqobat va tadbirkorlik to`g`risida qator qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
1994 yil yanvarda O`zbekston Respublikasi birinchi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora -tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni chiqdi. Bu hujjat bozor munosabatlari sari tub burilish ro`y berganini, iqtisodiy islohotlarni yangi, yanada yuqori bosqichi boshlanganini anglatadi.
Islohotlar strategiyasini belgilashda O`zbekiston hukumati mulkchilik masalalari hal etilib, ko`p ukladli iqtisodiyot shakllangan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ishi izchil amalga oshirilgan taqdirdagina islohotlar shaxs ko`nglidagi natijani beradi, degan fikrga asoslanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida davlatning ahvoli ijtimoiy-iqtisodiy asos barqaror emasligi, turli ijtimoiy guruh va qatlamlar manfaatlarining har xilligi va o`zaro qarama-qarshiligi, ichki nizoli munosabatlar oqibatida birmuncha og`irlashdi.
Fuqarolar va davlat, alohida ijtimoiy guruhlar va butun jamiyat, jamiyat va davlat manfaatlari bilan bog`liq jarayonlardagi qarama-qarshiliklar keskinlashishi natijasida mamlakat ichidagi u yoki bu xavfsizlik inshootlariga xavf tug`iladi. Bu iqtisodiy xavfsizlikka ichki xavflardir.
Davlat va davlatlar guruhi yoki alohida davlatlarning manfaatlariga dahldor qarama – qarshiliklar keskinlashishi natijasida milliy iqtisodiy manfaatlariga tashqaridan xavf paydo bo`ladi. Bu milliy xavfsizlikka tashqi xavfdir.
Umumiy holda iqtisodiy xavfsizlikka xavf deganda, hayotiy muhim milliy manfaatlar zarar ko`rishiga sabab bo`luvchi omillar va sharoitlar yig`indisi tushuniladi.
Boshqa davlatlar, shaxslar guruhi , alohida shaxslar, kechayotgan muayyan jarayonlar va hodisalar xavf manbai bo`lishi mumkin.
Xavflar ko`lamiga qarab, planetar, regional, milliy va local darajalarda namoyon bo`lishi, ular imkoniyatiga ko`ra, xohlagan daqiqada sodir bo`ladigan real xavflarga , ma`lum sharoitlar yaratilganida yuzaga chiqadigan potensial xavflarga bo`linishi mumkin. Shuningdek, mavhum xavflar guruhi ham uchraydi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta`minlovchi hamma tizimning amaliy harakatini ro`yobga chiqarish, rejalash va tashkil etish asosida real va potensial, ichki va tashqi xavflarni baholash hamda tahlil qilish yotadi.
Xavflar turli xarakterga ega bo`lib, mohiyati va hajmi bo`yicha har xil oqibatlarga olib keladi. Xavflar paydo bo`lishi va yo`qolishi, ortishi va kamayishi mumkin. Bunda ularning iqtisodiy xavfsizlikka nisbatan mohiyati o`zgaradi. Shuning uchun birlamchi xavflarni to`g`ri aniqlash va oldindan aytib berish juda muhim. Bu, mamlakat xavfsizligini ta`minlashda resurslar, kuch va vositalarni oqilona taqsimlashga imkon beradi.
Shu nuqtai nazardan respublikamiz boshqa mamlakatlardan miliy tarkibining o`ziga xosligi bilan farqlanadi. Chunonchi, mamlakatimiz etnik tizimida tub aholi yetakchi o`rinni egallaydi. Shu bilan birga, respulika hududida yuzdan ortiq millat vakillari yashaydi. O`zbekistonning milliy-madaniy xilma-xilligi milliy o`zlikni anglash va ma`naviy tiklanish darajasi o`sishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilashga, uning ochiq bo`lishiga kuchli turtki beradi, respulika jahon jamiyatiga qo`shilishi , milliy manfaatlarga xavf dahl qilmasligi uchun qulay shart-sharoit yaratadi.
Respublika ulay geostrategik mavqega ega. Darhaqiqat, O`bekiston hududida tarixan qadimgi savdo yo`llari, Buyuk Ipak yo`li o`tgan, tashqi aloqalar faollashgan va turli madaniyatlar o`zaro uyg`unlashib, boyiydigan joy bo`lgan. O`rta Osiyo markazida joylashgan O`zbekiston bugungi kunda ham energetik va suv manbalari bilan ko`p masalalarda bog`lovchi bo`g`in vazifasini o`tamoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirshga, milliy manfaatlarga to`sqinlik qilayotgan turli ko`rinishdagi xavflarni bartaraf etish eng muhim muammolardir.
O`zbekistonda islohotlarni amalga oshirish yo`llarini tanlash va bu jarayonga yondoshishlarga tabiiy- iqlim xususiyatlari hamda milliy manfaatlarga iqtisodiy xavflar hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadi. Ular nafaqat muhim strategik mahsulot –paxta yetishtirish, don va neft mustaqilligini saqlash, oltin, mis, kumush, tabiiy gaz, qurilish materiallari, meva- sabzavot, pilla va boshqa qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan ichki ehtiyojlarni qondirishgagina emas, balki bu mahsulotlarni boshqa mamlakatlarga yetkazib berishga ham yetadigan ko`lamda ishlab chiqarish imkonini beradi.
O`zbekiston Respublikasi siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish uchun yetarli salohiyatga ega. U nihoyatda qimmatli yer osti mineral xomashyo zaxiralariga boy. Ular respublikada chuqur srukturaviy o`zgarishlarni amalgam oshirish, jahon bozoriga chiqishni ta`minlovchi sohalarni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Manfaatlarga iqtisodiy xavflarni bartaraf etish –bu, respublika ijtimoiy taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma`naviiy- madaniy va boshqa barcha sohalarini qamrab oluvchi murakkab jarayonidir. Uning pirovard maqsadi mustaqil O`zbekistonning ichki va tashqi siyosati umumiy strategiyasini belgilashdan iborat.
O`zbekiston –kelajagi buyuk, suveren, demokratik, huquqiy davlat; fuqarolarning millati, dini, ijtimoiy ahvoli va siyosiy qarashlaridan qat`iy nazar, huquq va erkinliklarini ta`minlaydigan, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan davlat.
Respublikada milliy manfaatlarga iqtisodiy xavflarning oldini olishda demokratik- huquqiy jamiyat asoslari faol yaratilmoqda. Davlat boshqaruvining yangi, ancha zamonaviy va samarali bo`lgan tizimi shakllanmoqda, uning o`zagini boshqaruvning prezidentlik shakli tashkil qiladi. Joylarda boshqaruv tizimi qayta tashkil etildi –viloyat, tuman va shaharlarda hokim lavozimi, mahallalarda oqsoqollardan tashkil jamoa organi joriy qilindi.
O`zbekistonda davlat suverinitetini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi tashkiliy tuzilmalar shakllanmoqda. Mudofaa, tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar, ichki ishlar vazirlikalari, milliy xavfsizlik xizmati, davlat bojxona, soliq, davlat mulki va xususiylashtirish qo`mitasi va qimmatbaho qog`ozlar birjasi, fan va texnika bo`limlari, oily attestatsiya komissiyasi tuzildi. Milliy manfaatlarga iqtisodiy xavflarni bartaraf etish maqsadida markaziy iqtisodiy organlarning vazifasi va faoliyat yo`nalishlari tubdan o`zgartirildi. Bank tizimi qayta tashkil etildi –davlat, tijorat va xususiy banklar soni 35 taga yetdi va ularnig viloyat, tuman, shahar bo`limlari hamda shaxobchalari aholining, tadbirkorlarning, chet el fuqarolarining sarmoyasini saqlashda, kredit berishda ancha qulayliklar tug`dirmoqda. Mustaqil milliy aviakompaniyalar, kompaniyalar va boshqa umumdavlat xizmat turlari milliy manfaatlar maqsadiga va xavfsizligini ta`minlash uchun faoliyat ko`rsatmoqda.
Tashqi va ichki xavflar to`g`risida so`z yuritganda shuni ta`kidlash kerakki, O`zbekistonning davlat suveriniteti dunyodagi barcha yirik davlatlar tomonidan tan olingan va diplomatik munosabatlar o`rnatilgan.
O`zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 martda xalqaro huquqning to`la huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ga qabul qilindi. Respublikada xavfsizlik va hamkorlik bo`yicha kengashning yakunlovchi hujjatiga imzo chekish bilan Xelsinki tashkilotiga qo`shildi.
Bugungi kunda O`zbekistonda jahondagi qator iqtisodiy va moliyaviy birlashmalar –Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Qora dengiz bo`yi davlatlari iqtisodiy assosatsiyasi, Shanxay va Markaziy Osiyo tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqalarning a`zosi hisoblanadi.
Respulika mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritmoqda, ulkan moddiy va ma`naviy boylikka ega bo`lgan xalqmizning azaldan shakllangan turmush tarzi, an`analari, urf-odatlari va fe`l-atvorining butun dunyo bilan hisoblashadigan jihatlarini e`tiborga olgan holda o`zining milliy manfaatlaridan kelib chiqib, o`zaro foydali munosabatlar o`rnatmoqda.
O`zbekiston Respublikasida milliy davlat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy- axloqiy yangilanishi jarayoni kechmoqda. Pirovard maqsad –barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq siyosatga ega bo`lgan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdir.
Ushbu sharoitda respublikani ichki va tashqi xavflardan saqlash va ularning sinflarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega.
Darhaqiqat, O`zbekistonning jahon iqtisodiy tizimidagi hozirgi holati, iqtisodiyotining rivojlanish darajalari, tabiiy-iqlim sharoitining xususiyatlari, milliy mentaliteti va tarixiy merosini baholash va tahlil qilish iqtisodiy xavfsizligiga bo`lgan xavfning quyidagi asosiy omillarini aniqlab beradi.
Tashqi xavflar:
O`zbekiston Respublikasining xomashyo bazasi va past sifatli, raqobatbardosh bo`lmagan mahsulot o`tkazish bozori sifatida saqlab qolish;
xorijiy bozorlarga chiqishiga, xalqaro moliya-iqtisodiy va savdo tartiblash mexanizmlarida ishtirok etishiga, yangi texnologiyalarga erishishiga to`sqinlik qilish;
jahon iqtisodiy tizimiga va Markaziy Osiyo regionida iqtisodiy integratsiyasiga to`sqinlik qilish;
tashqi transport, axborot va ilmiy-texnika kommunikatsiyalari tizimi rivojlanmaganligi;
Ichki xavflar:
totalitar tuzundan qolgan iqtisodiyotdagi xomashyo bazasi va chuqur qayta ishlamaslik, soha va hududiy disproportsiyalar;
yer-suv va ba`zi turdagi muhim mineral- xomashyo resurslarining cheklanganligi;
iqtisodiyotga, ayniqsa, ba`zi regionlardagi yuqori demografik bosim (Farg`ona vodiysi) ;
ishlab chiqarishning ko`p sohalarda yuqori chiqimiga va raqobatbardosh bo`lmagan mahsulot chiqarishga olib keladigan past texnik darajasi;
iqtisodiyot sohasida yangi huquqiy asosning shakllanishi va uni amalga oshirish mexanizmlari maromiga yetkazilmaganligi;
ma`muriy-boshqaruv tizimiga xos bo`lgan usullar va iqtisodiy jihatdan eskicha fikr yuritish retsidivlarining saqlanib qolishi, ba`zi boshqaruv qismlari tomonidan xo`jalik faoliyatining bozor printsipi va mexanizmlarini yetarli darajada t ushunmaslik;
iqtisodiyotning turli sektorlari va sohalarida bozor o`zgarishlari darajasi va dinamizmidagi, shuningdek, shahar va qishloq orasidagi tafovutlar;
bozor infratuzlmasining rivojlanmaganligi;
moliya, bank-kredit va valyuta tizimlarida pul aylanishining beqarorligi xavfi;
iqtisodiy sohada jinoyatning tarqalishi, xo`jalik subyektlari huquqiy himoya mexanizmining mukammal emasligi.
O`zbekistonda milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning asosiy yo`nalishlari ustuvor milliy manfaatlar, real va potensial xavflarga bog`liq ravishda aniqlanadi va quyidagilarni o`z ichiga oladi:
bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, uning qudratini oshirishga real mulkdorlar sinfini shakllantirishga yo`naltirilgan iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan o`tkazish;
xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznes rivojlanishini rag`batlantirish ;
mulkdorlarning huquqlari va xususiy mulkni himoyalash, iqtisodiy faoliyat erkinligini ta`minlashning amaliy-huquqiy mexanizmlarini shakllantirish; - investitsion faoliyatni faollashtirish, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotning zamonaviy ishlab chiqarishini tashkil etish hisobiga mamlakatning iqtisodiy mustaqilligiga erishish;
makroiqtisodiy barqarorlik, moliya, pul-kredit, tizimlari mustahkamligini ta`minlash, milliy valyutani kuchaytirish;
favqulotda holatlarda iqtisodiyotning barqaror ishlashini ta`minlash;
iqtisodiy va demokratik yangilanishlar yo`liga g`ov bo`layotgan barcha darajadagi boshqaruv tizimidagi nuqsonlarni bartaraf etish;
ma`muriy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning boshqarish tizimini takomillashtirish va boshqalar.
O`zbekistonda iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishning 12 yillik yakunlari va bu sohada eng muhim ustuvor yo`nalishlar bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xavfsizlik va tinchlik uchun kurashda asos bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |