O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG‘URTA”
KAFEDRASI
“IQTISODIY XAVFSIZLIK” fanidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Shanxay hamkorlik tashkilotining jahon xavfsizlik tizimidagi o‘rni va O‘zbekistonning undagi roli
Bajardi: IX-51-2 guruhi talabasi
Urinov Oybek
Tekshirdi: Kalandarov Ravshan
Toshkent 2022
Mavzu: Shanxay hamkorlik tashkilotining jahon xavfsizlik tizimidagi o‘rni va O‘zbekistonning undagi roli
REJA:
Kirish
Shanxay hamkorlik tashkilotining shakllanishi
Shanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi o‘rni
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi
Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi o‘rni va roli.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Mustaqil davlatlarning vujudga kelishi Markaziy Osiyo mintaqasida yashayotgan xalqlarning taraqqiy etishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Xalqaro munosabatlar tizimida teng huquqli subyekt sifatida ishtirok etish va o‘zaro teng huquqli aloqalarni amalga oshirish yer yuzidagi har bir suveren davlatlar tashqi siyosatining eng muhim tamoyillaridan biridir. Dunyodagi biror-bir davlat yo‘q-ki xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘ymasdan rivojlana olmaydi.
Davlatimiz rahbari yaxshi qo‘shnichilik, teng huquqlilik, o‘zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish an’analarini asrash va ko‘paytirishga chaqirib nutq so‘zladi. Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida:“Umumiy qadriyatimiz, birgalikda rivojlanishga intilishimiz, madaniyatlar xilma-xilligiga hurmatimiz ifodasi bo‘lgan ko‘p tomonlama hamkorlikning noyob tajribasi - “Shanxay ruhini” mustahkamlash bugun har qachongidan muhim” deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev1
Mintaqa davlatlarining kollektiv xavfsizlikni ta‘minlash yuzasidan olib borayotgan boshqa bir faoliyatlari Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) doirasida bo‘lib, bu tuzilmaga 1996-yilda Rossiya, XXR, Kozogiston, Kirgiziston va Tojikiston o‘rtasida Shanxayda imzolangan chegara yaqinida harbiy sohada o‘zaro ishonchni mustahkamlash to‘g‘risidagi kelishuvlari orqali asos solingan edi. Keyinchalik bu uyushmaga O‘zbekiston ham qo‘shildi va 2001-yil 15-iyunda Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan 6 davlat (Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston) rahbarlari uchrashuvida «Shanxay Hamkorlik Tashkiloti» tashkil etilganligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya imzolandi.
Tashkilot eng avvalo, separatizm va ekstremizm bilan kurashishni maqsad qilgan birinchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. ShHT ning muhim konsepsiyalaridan biri-gegemonizm va harbiy kuch asosida amalga oshiriladigan siyosatga qarshi kurash hisoblanadi. Shu bilan birga, tashkilotning rasmiy hujjatlarida uning biror davlat yoki davlatlar ittifoqiga qarshi qaratilmagani alohida qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |