SAVOL VA TO PSH IR IQ LA R
1. Iq tisodiyotning tarkibiy tu zilish i qanday?
2. Sanoatning tarm oqlar tarkibini 0 ‘zbekiston m isolida tushuntirib bering.
3. Sanoat tarm og‘i qanday belgilar asosida ajratiladi?
4. Q ishloq xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlari qaysilar?
5. S a n o a t va q ish lo q x o ‘ja l ig i r iv o j la n ish i va jo y la n ish id a g i qonuniyatlar nim alardan iborat?
6. T ransportning iqtisodiyotdagi o'rnini ta'riflab bering. 7. Ijtim oiy sohalar m ohiyati va tarkibi qanday?
126
XII BOB
BOZOR MUNOSABATLARIGA 0 ‘TISH DAVRIDA IQTISODIY GEOGRAFIYA
Ishlab chiqarish kuchlari ishlab chiqarish vositalari (asbob- uskunalar, xom-ashyo va h.k.) sanoat va qishloq xo‘jaligi hamda m ehnat resurslarini o ‘z ichiga oladi. Odatda, ishlab chiqarish asosan sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport kabi makroiqtisodiy sohalardan tashkil topadi. Ammo ularning barchasini harakatga keltiruvchi ishchi kuchi, ya'ni inson hisoblanadi. Binobarin, aholi ijtimoiy ishlab chiqarishdek murakkab jarayonning m arkazidan o ‘rin oladi. Buni biz demotsentrik prinsip deb yuritishimiz mumkin.
Shu bilan birga ta'kidlash joizki, um uman aholi ishchi kuchi emas va u faqat iqtisodiy tushuncha sanalm aydi. Afsuski, ilgari aholi asosan bosh ishlab chiqaruvchi kuch sifa tida baholanardi. Vaholanki, bizning sharoitimizda, hozirgi demografik vaziyatda faqat 48-50 foiz aholi mehnatga layo- qatli yoshlardir, xolos.
Ijtimoiy ishlab chiqarish tizimi eng avvalo uch tarkibiy qismdan iborat. Bu ham bo‘lsa, bevosita ishlab chiqarish, taqsimot va iste'moldir. Bularning barchasi, albatta, ishchi kuchisiz bo‘lmaydi. Ayni paytda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan uni iste'mol qilish o ‘rtasidagi aloqadorlikni amalga oshirishda transportning ahamiyati katta. Shu sababli uni ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining «qon tomiri» yoki hara katga keltiruvchi omili darajasida qarash to ‘g‘riroq bo‘ladi. Demak, ishlab chiqarish kuchlari keng va murakkab iqti sodiy tushuncha, uning tarkibi ishlab chiqarishning ob'yekti bilan sub'yekti, ya'ni ishchi kuchidan tashkil topadi. Aholining ishtiroki qisman, mehnat resursi doirasida kuzatiladi. Um u man aholi esa, u ijtimoiy-iqtisodiy tushuncha hisoblanib, ish lab chiqarish jarayonining qoq o‘rtasidan joy oladi. Sababi- aholi (mehnat resurslari) moddiy va ma'naviy boyliklarning yaratuvchisi va ayni paytda ularning iste’molchisi hamdir.
127
Biroq, ishlab chiqaruvchilar ozroq, iste'mol qiluvchilar esa barcha aholidan (uning yosh va jinsidan qat’iy nazar) iborat. M a'lum ki, 0 ‘zbekiston R espublikasining Prezidenti
I.Karimov o ‘tish davrining (ya'ni uning «o‘zbek modeli») 5 ta asosiy tamoyilini ishlab chiqqan va ular hozirgi kunda bosqichma-bosqich hayotga tatbiq qilinmoqda. Shulardan biri ishlab chiqarishning ijtimoiy maqsadlarga qaratilishidir. Bu prinsip eng avvalo iqtisodiyot tizimida xalq iste'mol mollarini qay darajada ishlab chiqarish bilan belgilanadi.
Iqtisodiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyotda «joylash- tirish» tushunchasi juda ko‘p ishlatiladi. Tarmoq yoki sohaviy iqtisodiyotida ko‘proq «rivojlanish», taraqqiyot, o ‘zgarish kabilar tilga olinadi. Shu o ‘rinda qayd qilm oq lozimki, joylashtirish geografiyaning boshqa tarmoqlari, masalan, tabiiy geografiya uchun m uhim em as, chunki iqlim , yer usti tuzilishi, tuproq, o ‘simlik yoki hayvonot dunyosi joylashtiril- m agan, ularning hududiy xususiyatlari boshqa omil va qonuniyatlar bilan ifodalanadi.
Umuman rivojlanishning, har qanday hodisa yoki voqe- likning ajralm as, bir paytning o ‘zida (perm anent) sodir bo‘ladigan xususiyati yoki jihati mavjud. U ham bo‘lsa joyla- nishidir. Zero, u yoki bu voqelik ma'lum vaqtda va aniq joyda yuzaga keladi-ki, biz bu yerda zamon va makon birligining guvohi bo‘lamiz. Shundan kelib chiqqan holda e'tirof etish mumkinki, rivojlanish va joylanish bir borliqning, hodisaning ikki tom onidir yoki boshqacha qilib aytganda, joylanish rivojlanishning hududdagi, makondagi in'ikosidir. Binobarin, iqtisodiy geografiya va m intaqaviy iqtisodiyotda ushbu tushunchalarning bir joyda, qo‘shaloq ishlatilishi an’ana bo‘lib qolgan (masalan, paxtachilikning rivojlanishi va joylanishi, qora metallurgiya sanoatining rivojlanishi va joylanishi, temir yo‘l transportining rivojlanishi va joylanishi va h.k.).
Ammo, yuqorida ta'kidlaganimizdek, joylanish va ayniqsa joylashtirish barcha hodisa yoki voqeliklarga tegishli emas. Misol uchun, okeanda baliqni, yer ostida qazilma boyliklarni, atmosferada bulutlarni hech kim joylashtirmagan. Demak, joylashtirish deganda, uning kimdir (sub'yekt) tom onidan amalga oshirilganligi nazarda tutilganligi sababli baliq yoki ko‘mirning geografiyasini boshqacha izohlash kerak. Shu bois,
128
geografiya faqat joylashuvigina emas, balki u hodisa va vo- qeliklarning hududiy tarkibi va tizimi, bir joyning ikkinchi joydan farqini o ‘rganadi.
Iqtisodiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish umumiy tushuncha, ob'yekt hisoblanadi. Hatto mintaqaviy iqtisodiyotni ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish haqidagi fan sifatida ta'riflaydilar. Qolaversa, sobiq Ittifoq davridagi iqtisodiyot universitetlari iqtisodiy geografiya kafedralarining nom lari avval ishlab ch iqarish ku ch larin i jo y lash tirish g a , un d an keyin esa mintaqaviy iqtisodiyotga o ‘zgartirildi.
Mazkur fanlarda «ishlab chiqarish kuchlarini joylashti rish» bilan bir qatorda «ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil qilish» tushunchasi qo‘llaniladi. Chindan ham bu ikki tushuncha bir-biriga juda o ‘xshash. Ayniqsa, «joylashtirish» hududiy tashkil qilishga yaqin, chunki bu ma'lum bir sub'yekt (shaxs, davlat) tom onidan amalga oshiriladi.
Hududiy tashkil qilish joylashtirish, joylanishning yuqori, mukammal shaklidir. Uning eng muhim xususiyati boshqaruv, nazorat (m onitoring)da o ‘z ifodasini topadi. Shu sababli hududiy tashkil qilish umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan tizim yoki tizim -tarkib g‘oyasiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |