Ixtisoslashuv ham ishlab chiqarishni tashkil etishning m u him shakli bo‘lib, u m ehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlar- ning tarkib topishi bilan chambarchas bog'liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi deganda korxona, shahar yoki rayon miqyosidagi ixtisosla- shuvi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, ularning har biriga hududiy yoki ijtimoiy m ehnat taqsim oti natijasida ma'lum bir mahsulotning ishlab chiqarilishi biriktiriladi. 0 ‘z navbatida, ixtisoslashuv shu korxona (u jamoa xo‘jaligi bo‘lishi ham mumkin), shahar rayonlarning «qiyofasini», ularning mehnat taqsimotida tutgan o ‘rnini belgilab beradi.
Ixtisoslashuvning uch turi — bu qism (detal), texnologik yoki yarim tayyor m ahsulot va predmet (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidir. Ixtisoslashuvning bunday ko‘rinishlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ular turli hududiy bosqichda o ‘zgacha xususiyatga ega.
Ixtisoslashuv oqibatida xalq xo‘jaligining tarmoqlari vujud ga keladi, iqtisodiy rayonlar,shaharlarning funksional turlari shakllanadi. Shu bilan birga u tashqi transport iqtisodiy aloqa- larini taqozo etadi, chunki ishab chiqarilgan va mahalliy iste'moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi va m az kur rayonda yetishmaydigan mahsulot esa boshqa joylardan keltiriladi.
Ixtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharo- itlar zurur. Muhimi — mahsulot faqat shu joy talabini qondi- ribgina qolmay, balki ortiqchasi boshqa rayonlarga — bozorga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. M asa lan, respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va boshqa sohalarga ixtisoslashgan. Uni ip yoki ipak gazlamasi, un, neft sanoatiga ixtisoslashgan deyish bir oz mushkulroq, sababi — bu mahsuiotlar 0 ‘zbekis- tonda hozircha yetarlicha ishlab chiqarilm aydi va ular mahalliy talabni to ‘la qondira olmaydi.
Ixtisoslashuv, albatta faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U barcha ijtim oiy jabhalarga ham molik xususiyatdir. Qolaversa, ayrim oliygohlar o'qituvchi, boshqa- lari — agronom, m uhandis, tabobatchi kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. Chunki bu oliygohlar aynan ana shunday xodim- larni tayyorlashga ixtisoslashgan. Ixtisoslashuvning ham
56
mujassamlashuv kabi o'zining chegarasi bo‘lishi lozim; o‘ta tor ixtisoslashuv bir tomonlamalikka (ijtimoiy hayotda tor fikrlashga) yo‘l xarajatlarining ko'payishiga olib keladi. Ulkan korxonalarni qurish qanday zararli bo‘lsa, haddan tashqari tor ixtisoslashuv, yakkahokimlik ham shuncha xatarlidir. Afsuski, yaqin o'tm ishda mamlakatimiz qudrati, uning rivoj- langanlik darajasi shu «yirik», «eng katta», «yagona» kabi tushunchalar bilan ifodalanar, «birinchi» bo'lishi esa ko‘p hollarda qolgan barcha sohalarda qoloqlikni anglatar edi. Ammo bu mulohazalardan noto‘g‘ri xulosa chiqarish ham kerak emas, chunki ixtisoslashuvsiz shahar, tuman, viloyat, iqtisodiy rayonlarning, qolaversa, jam iyat va kishilarning o ‘zini ham rivojlanganligini tasavvur qilish qiyin.Shuning uchun ixtisoslashgan tarm oqlar bilan birgalikda boshqa yordamchi yoki ikkilamchi sohalar ham hech bo‘lmaganda mahalliy ehtiyoj doirasida rivojlangan bo'lishi lozim. Bu yerda ixtisoslashgan tarm oqni daraxtning tanasiga, daryoga, qo‘- shimcha tarmoqlarni esa daraxtning shox va shoxchalariga, daryolarning irmoqlariga o'xshatish o ‘rinli. 0 ‘z -o ‘zidan ma'~ lumki, tanasiz shox ham bo‘lmaydi, shoxsiz daraxt esa — bu oddiy butadir, irmoqsiz daryo ham barkamol daryo tizimini shakllantirmaydi.
Demak, ixtisoslashuv kompleks, har tomonlam a rivojla- nish bilan uyg‘unlashuvi kerak. Zero, ixtisoslashuvda yo‘l qo‘yilgan xatolar oqibatini hozirgi kunda sezib turibmiz. Bu kamchiliklar ayniqsa, sobiq Ittifoq respublikalarining o'zaro iqtisodiy aloqalarining buzilishida o ‘z aksini topmoqda. Shu sababli e'tibor ko‘proq har bir respublikaning mumkin qadar atroflicha rivojlanishiga qaratilmoqda. Albatta, bunday taraq- qiyot respublikani jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakat- lardan farq qildiruvchi, uning o ‘rnini belgilab beruvchi ixti soslashgan tarm oqlarni takomillashtirish orqali amalga oshi- rilishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |