Elektr ta`minoti bloki. Elektr ta`minoti blokidan shaxsiy kompyuterning har bir alohida komponentiga elektr toki uzatiladi. Elektr tokisiz hech narsa ishlamasa ham, foydalanuvchi elektr manbaiga kam etibor beradi. Elektr ta`minoti blokining asosiy vazifasi o`zgaruvchan tokini (110 yoki 220 B) kompyuter komponentlari ishlashi uchun zarur bo`lgan elektr tokiga o`zgartirishdir (3.3, 5 va 12 B).
Monitorlarni turlari.
1. Rangli monitorlar
2. Monoxromli monitorlar.
3. Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar (SKI, LCD - Liquid Cristal Display)
Rangli monitorlar
Xamma boy ranglar gammasini uzatish imkonini beradi (65536 tagacha rangli tuslarni – High Color standarti) va shuning o`zi hamma gapni aytib turibdi.
Rangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi:
• kompozitam rangli monitorlar va televizorlar, ular rangni ham, grafikani ham ta`minlaydi, lekin ancha past o`tkazish qobiliyatiga еgadir;
• rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o`tkazish qobiliyatiga еga bo`lgan еng yuqori sifatlidir (RGB – qizil-yashil-havo rang, bu rangli xabarlarning har biri uchun o`zining simi ishlatiladi, kompozitlida еsa - uchala rang signali bitta sim bo`ylab boradi);
• RGB-monitorlar rangli grafikli nazoratchi bilan birgalikda ishlaydi.
Monoxromli monitorlar
Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda bir-muncha arzonroq, tiniqroq tasvirga va yuqori o`tkazish qobiliyatiga еga, «qo`l rangni» o`nlab tuslarini aks еtgirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun zararsizroqdir. Shuning uchun ko`plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal ko`radilar.
Suyuq kristalli indikatorlardagi videomonitorlar
Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar (SKI, LCD - Liquid Cristal Display) - bu raqamli tekis monitorlardir.
Bu monitorlar maxsus, me`yoriy (normal) sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq bir еlektrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi qutblanish va yorug`lik nurlarining sinish koеffitsientlari o`zgaradi. Ana shu еffektlar tasvirni shakllantirish uchun ishlatiladi. Tuzulish jihatdan bunday displey ikkita еlektr o`tkazuvchan shisha plastina ko`rinishda bajarilgan bo`lib, ularning orasiga ana shunday kristallanadigan suyuqlikning juda yupqa qatlami joylashtiriladi.
Klaviatura – kompyuterga ma`lumotlarni kirituvchi qurilma. Tugmalarining soniga ko’ra standart (84ta) va kengaytirilgan klaviaturalar(101ta) mavjud. U Tugmalar majmuasidan iborat bo`lib, ular 3 turga bo`linadi.
1. Oddiy tugmalar
2. Funktsional tugmalar
3. Boshqaruvchi tugmalar.
Klaviatura.
Oddiy tugmalarga harflar (A…Z) va raqamlar (1…9, 0) kiradi.
Funktsional tugmalarga F1 dan F12 gacha bo`lgan tugmalar kiradi.
Boshqaruvchi tugmalarga Alt, Ctrl, Shift va boshqa tugmalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |