Tabiiy sharoiti va resurslari
Kanada faqat o'rmon, mineral, mo'ynali hayvonga boy, uning hududida suv zaxiralari bo'lgan ko'plab daryolar mavjud. Janubda - unumdor erlarning keng qatlamlari. Kanadadagi kapitalizmning umumiy zaxirasida nikel va sinkerlik zaxiralari, uran va qo'rg'oshin zaxiralarining qariyb 60 foizi, ekran va qo'rg'oshin zaxiralarining qariyb 30 foizi, Titan, mis. Kanada Nikel qazib olish, asbest, rux, kaliy tuzlari, uran, molibden, mis, zaytun, kobalt, volgsten uchun dunyoning etakchi o'rinlaridan birini egallaydi. Kanada o'rmon mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda muhim o'rinni egallaydi. Shimoldagi Tayga va Tundra bo'sh joylari mavjudligi, janubiy qismlar bilan birgalikda Kanadaning asosiy tabiiy-iqtisodiy xususiyati - aniq ko'rsatuvni aniqlaydi.
Hudud maydoni 9,98 million km masofada aholi soni (dunyo aholisining 0,5 foizi) aholisi: konstitutsiyaviy monarxiya va parlament demokratiyasining kombinatsiyasi: ingliz, frantsuz dinlari - 0,3% Ishsizlik darajasi 8,3%
Kanadada yog'och eksporti dunyoda beshinchi darajali va aholi jon boshiga ishora bilan birinchi o'rinda turadi. O'rmon maydoni - 447 million gektar maydon; Sanoat o'rmonlari Mu Milli. Yog'ochni sanoat o'rmonlarining umumiy zaxirasi - 20 milliard m3.
Kanada hududining gʻarbiy qismi togʻli, sharqiy qismi tekislik, shimoliy va qisman shimoli-sharqiy sohillari pasttekislik, sharqiy qirgʻoqlari tik, gʻarbiy sohili esa juda baland. Materikning oʻrta qismi va Kanada Arktikasi arxipelagining materikka tutashgan joyi tekislik hamda platodan iborat.
Gudzon qoʻltigʻining atrofi pasttekislik. Lavrentiy qirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar bor.
Kanadaning gʻarbiy chekkasida Kordilyera togʻlari, janubi-sharqida Appalachi togʻlari joylashgan. Uran, temir, nikel, mis, rux, qoʻrgʻoshin, oltin va kumush, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz konlari bor.
Iqlimi-Kanadaning koʻp qismida arktika va subarktika, janubida moʻtadil, asosan, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati shimolda -30°, -35°, janubda -18°,-20°, iyulniki shimolda 4-7° va janubda 16-18°. Gʻarbiy sohilda yillik yogʻin 2500 mm dan ortiq, sharqiy sohilda 1250 mm gacha, markaziy rayonlarda 400-250 mm, shimolda esa 150 mm dan kam.
Kanadada daryo koʻp, asosan, qor-yomgʻir suvlaridan hosil boʻladi. San-Lavrentiy (Buyuk koʻllari bilan), Finli-Pis Rive-Qullar-Makenzi (Kichik Qullar, Atabaska, Katta Qullar va boshqa koʻllar bilan), Bou-Saskachevan-Nelson (Bou, Sidar, Vinnipeg va b. koʻllar bilan) daryo-koʻl tizimlari Atlantika va Shimoliy Muz okeani havzasiga kiradi. 200 dan ortiq yirik koʻllari bor.
Kanadaning chekka shimoli arktika sahrosi boʻlib, onda-sonda lishayniklar va boshqa oʻtlar uchraydi. Undan janubda tundra, soʻngra esa oʻrmon-tundra zonasi joylashgan. Podzol va botqoq tuproqlarda oq va qoraqaragʻay, amerika tilogʻochi oʻsadi. Janubi-sharqiy chekkasidagi podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlarda ignabargli va keng bargli daraxtlar bor.Tekisliklardagi unumdor tuproqli yerlarda dehqonchilik qilinadi. Kanadada shimol bugʻusi, mushkli buqa, oq ayiq, qutb tulkisi, lemming, qutb quyoni, kaklik, boyqush, los, bizon, jayra, qoplon, boʻri, qunduz va boshqa hayvonlar yashaydi. Daryo va koʻllari baliqlarga boy. Milliy bogʻlari: Banf, Vud-Baffalo, Gleysher, Jasper, Yoxo va boshqa, viloyat bogʻlari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |