Rangdor metallurgiya-O'rta dengiz sohillaridagi boksit konlari asosida rivojlanmoqda. Mamlakatning Alp va Pireneya tog'laridagi GESlar yaqinida alyuminiy zavodlari ishlab turibdi.
Mashinasozlik sanoati-butun sanoat mahsuloti qiymatining 1\3 qismidan ko'prog'ini va eksport maxsulotining asosiy qismini beradi. Ayniqsa radioelektron apparaturalar, avtomobillar, samolyotlar, temir yo'llarning yuruvchi sostavlari va qishloq xo'jalik mashinalari ishlab chiqarish keng yo'lga qo'yilgan.
Ximiya sanoati-xom-ashyolar yaqinida (ko'mir,tabiiy gaz, kaliy tuzlari qazib olinadigan joylarda) portlarda va GESlar yaqinida va katta shaharlar-Parij va Lionda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |