Iqtisodiy va madaniy hayot



Download 107,86 Kb.
bet38/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

Yusuf Xos Hojib (taxm. 1020/21, Bolosog’un-?). Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf)-turkigo’y shoir, mutafakkir, davlat arbobi. «Qutadg’u bilig» dostoni muallifi. Uning hayoti va faoliyati haqida ma’­lumotlar beruvchi yagona manba xam «Qutadg’u bilig» kitobidir. Ushbu kitobga ko’ra, u zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha Urgangan, arab va fors tillarini mukam­mal bilgan. Mahmud Koshg’ariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniy-adabiy hayotdan o’ziga munosib urin egallashi uchun kurashgan.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» («Saodatga yo’llovchi bilim», 1069-1070) asari islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi taraqqiyot bosqichiga ham ko’tardi. U nafaqat turkiy halqlar adabiyoti an’analari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot tajribalarini ham ijodiy o’zlashtirgan holda yaratilgan. «Shohnoma» kabi mutaqorib vaznida yozilgan va «Turkiy Shohnoma» nomi bilan shuhrat qozongan (73 bob, 6520 bayt va to’rtliklardan iborat).
«Kutadg’u bilig»-XI asr so’z san’atining nodir namunasi bo’lib, unda o’z davrining ilg’or ijtmoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar ta­rixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va an’analari, turmush tarzi, kadriyatlari xususida batafsil ma’lumot berilgan. Yusuf Xos Hojib uni Bolosog’unda boshlab, Qashqarda yozib tugatgan va qoraxoniy hukmdor Tavg’och Bug’roxonga taqdim etgan. Bug’roxon muallifni taqdirlab, unga «Xos Hojib» («Eshik og’asi») unvonini bergan. Shundan keyin shoir «Yusuf Xos Hojib» nomi bilan mashhur bo’lgan. Lekin dostonning oxiridagi shikoyat ohanglariga qaraganda, shoir umrining oxiri bu davlatning tanazzuli davriga to’g’ri kelgan, shunga muvofiq hayoti ham og’ir kechgan. Shoirning Qashqardagi maqbarasi ziyoratgohga aylangan.
Burhoniddin Rabg’uziy (XIII asr oxiri-Xorazmning Raboto’g’uz mavzei-XIV asr boshlari). Rabg’uziy (taxallusi; asl ism-sharifi Nosiriddin Burhoniddin o’g’li)-shoir. Raboto’g’uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og’zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to’g’risidagi qissalarni chuqur o’rgangan. O’zi ham ko’pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo’lib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan.
Bizgacha «Qisasi Rabg’uziy» (1309-1310) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon mo’g’ulbeklaridan Nosiriddin To’qbug’aning topshirig’i bilan yozilib, 72 qissadan iborat.
Ahmad Yugnakiy (XII asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlog’i-XIII asr 1-yarmi, ?). Ahmad Yugnakiy-shoir, mutafakkir. Tarjimai holi haqida deyarli ma’lumot yo’q. «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») asari bizgacha yetib kelgan. Uning oxirida Adib Ahmad ismi tilga olinadi. Shoir «Hibat ul-haqoyiq» (14 bob, 512 misradan iborat)ni tugatib, uni hukmdori Dod Sipohsolorbekka taqdim etadi.
Mashhur Sharqshunos olim Ye.E. Bertels bu asar qadimgi o’zbek adabiy tilidan mumtoz o’zbek adabiy tiliga o’tishda bir ko’prik bo’lganini aytadi. Asar tilida qadimgi turkiy so’zlardan ko’ra, arab va fors so’zlarining ko’p qo’llangani shundan dalolat beradi. Yugnakiy bu asari bilan o’zbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qo’shgan.



Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish