IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
448
uchun ham kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tollimarjondagi bir
qator nasos stansiyalari vositasi bilan sug‘oriladi. Hozirgi kunda elektr quvvati
mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tollimarjon IESdan olinadi.
Respublikamizda bulardan tashqari Sirdaryo, Angren, Toshkent, Navoiy,
Taxiatosh IESlari, Andijon, Chorvoq, Xo‘jakent, Tuyamo‘yin va boshqa GESlar
mavjud. Bu esa rangli metallurgiya, kimyo kabi ―energiyatalab‖ tarmoqlarni
rivojlantirishga imkon beradi.
Demak, elektr-energiya omiliga bog‘liq holda, bir necha xil masalalarga
oydinlik kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |