Xalqaro turizm.
Turizm – xalqaro xizmatlar savdosida muhim sohalardan
biri bo‗lib, ayni paytda, jahon iqtisodiyotining jadal sur‘atlarda o‗sayotgan
sohalridan biridir. Bu soha biznesning ko‗proq daromad keltiradigan turlaridan. U
yirik investitsiyalarni jalb etadi. O‗sib borayot-gan bandlikni ta‘minlaydi. Daromad
tushumini ko‗paytiradi va shu jumladan, mamlakatda davlat budjeti tushumini
ta‘minlaydi.
Turizm o‗zida jahon iqtisodiyotining murakkab va har tomonlama sohalarini
mujassam etgan holda, butun jahon xo‗jaligiga sezilarli ta‘sir o‗tkazadi. Turizm
alohida mamlakatlar xo‗jaligiga ham, hududlarga ham birday tegishli. Ayrim
mamlakatlarda turizm sohasi valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi.
Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyotning yuqori darajasi va xalq turmush
Do'stlaringiz bilan baham: |