297
kerakki A. Marshall o`zida oldin o`tgan ortodoksal klassiklardan farqli rav-
ishda, iqtisodiy kategoriya larni "Isbot" talab etuvchi u yoki bu asosiy che-
garalanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Olim tadqiqotlarida bozorda erkin
baho shakllanish muammosi
asosiy o`rinni egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona organizm sifati-
da, xo`jalik yurituvchi subektlar chaqqan va bir-biri to`g`sida yaxshi
ma'lumotga ega ded qaraladi.
Bozor bahosi eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va
eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish natijasi
deb qaraladi. Bu "Marshall xochi" deb yuritilada, talab va taklif chiziqla-
rining kesishganliging grafik (chizma) shaklidir. chiziqlar kesishgan joyda
ular
orasidagi muvozanat, ya'ni muvozanatli, mo`ta'dil baho o`rnatiladi.
Shu yerda olimning tovar qimmatining mohiyati to`g`risidagi
g`oyasi xarakterlidir. Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab
chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig`i) birdek faoldir. U qaychini misol
sifatida keltirib, qaychining qog`oz qirqanda qaysi (ustki yoki pasti) tig`i
(lezviyasi) asosiy rolni o`ynaydi, deb savol beradi.
Marshall tomonidan "iste'mol ortiqchaligi" tushunchasini kiritadi,
bu xaridor olishi zarur bo`lgan ilojsiz narsa uchun to`langan va amalda
to`layotgan baholar o`rtasidagi farqdir, ya'ni xaridorning qo`shimcha
talabini qondirishning iqtisodiy o`lchovidir.
Ilk
majinalistlarning baho, talab va taklif kabi omillarning
funksional bog`lanish umumlashtiriladi. U xususan, baho pasayishi bilan
talab ortishi (baho ortishi bilan talab pasayishi), baho pasayishi bilan taklif
pasayishi (baho ortishi bilan taklif ortishi)ni ko`rsatib berdi. Mo'tadil (mu-
vozanat) baho talab va taklif nuqtalari kesishgan yerda o`rnatiladi (yuqori
aytildi). Shularga mos ravishda bozorda baholarning o`zgarishi ro`y beradi.
Daromadlar nazariyasida kapitalga foiz,
ish haqi marjinalistik hal
etiladi. Avvalgi klassiklarning tovar qiymati sarflangan mehnat bilan
o`lchanishi qat'iyan rad etiladi.
Foiz stavkasi darajasi to`g`risida fikr yuritilib, foiz kamayishi bilan
insonlar kam jamg`aradilar (va aksincha) degan xulosa chiqariladi. Bu
qoida keyinchalik uning shogirdi J.M.Keyns tomonidan keng foydalanildi
(yuqorida berilgan).
"Talab bahosi" rivojlantirilib "talabning elastikligi (qayishqoqligi)"
konsepsiyasi ilgari suriladi, bu talab hajmining baho (narx) o`zgarishiga
bog`liqligi ko`rsatkichidir. Elastiklikning turli omillarga qanchalik
bog`liqligi tahlil etiladi (iste'mol tarkibi, daromad darajasi va b. ). Eng kam
elastiklik keng iste'mol mollariga tegishli (ammo
xuddi shu holatni zebi-
298
ziynat mollariga nisbatan ko`rib chiqmagan). Bu bog`lanish vaqt davomida
o`zgarib turishi aytiladi.
O`rganilayotgan davr qanchalik kichik bo`lsa, talabning bahoga
ta'siri shunchalik kattadir, davr qanchalik katta bo`lsa, ishlab chiqarish xa-
rajatlari (taklif) ning ta'siri asosiydir.
Korxonada ishlab chiqarish hajmlarining o`stirish davomida
solishtirma ishlab chiqarish xarajatlari o`zgarishi qonuniyatlari aniqlandi.
Korxona ishlab chiqarish masshtabini oshirganda undan keladigan nafning
miqdori muammosi qarab chiqiladi. Marshall xususan shuni qayd qiladiki,
odatda raqobatli iqtisodiyotda yirik korxona (firma) o`z tovar mahsulotiga
bahoni pasaytirishni ta'minlaydi, bu esa raqobatchilar oldida ustunlikka
olib keladi (malaka oshuvi, maxsus mashina va asbob-uskunalarni qo`llay
olish tufayli). Eng muhimi bunday iqtisoddan
butun jamiyat manfaat
ko`radi.
"Repreztativ firma" (o`rtacha firmaning turi) tushunchasi kiritiladi.
Uning hajmi ma'lum tovarni ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan ortadi, bu
esa ham ichki ham tashqi foyda keltiradi, chunki mehnat sarflari va boshqa
ishlab chiqarish xarajatlari pasayadi.
Bundan olim ikkita iqtisodiy qonun borligi to`g`risida xulosa
chiqaradi: 1) o`sib boruvchi foyda va 2) doimiy foyda. Birinchisiga ko`ra,
mehnat va kapital sarflari hajmi ortishi bilan odatda ishlab chiqarishni
tashkil etishni mukammallashtirishga olib keladi, mehnat va kapitaldan
foydalanish
samarodorligini oshiradi, proporsional (mutanosib) ravishda
yuqoriroq foyda keltiriladi. Ikkinchisiga ko`ra, mehnat va boshqa xarajatlar
mahsulot hajmini proporsional o`sishiga olib keladi. Olim fikricha, real
hayotda bu ikki tendensiya doimo bir-biriga qarama-qarshi turadi.
Raqobat sharoitida ishlab chiqarish yiriklashuvi bilan nisbiy xa-
rajatlar yo pasayib boradi, yoki paralel o`sadi, ammo mahsulot hajmi o`sish
sur'atlaridan ilgarilab ketmaydi. Keyinchalik
mana shu fikrlar asosida
mikroiqtisodiy nazariya ishlab chiqarish va korxona o`lchamlari (katta-
kichikligi)ni optimallashtirish muammosini yechish bo`yicha ancha aniq
uslubiy yechimlarni ilgari surdi. Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy va
o`zgaruvchi deb qarab, uzoq muddat davomida doimiy xarajatlar
o`zgaruvchan bo`lib qoladi. Firma bozorni tark
etishining asosiy sababi -
xarajatlarning bozor bahosi darajasidan yuqorilab ketishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: