279
to`liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi. Shunday qilib yangi
yo`nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz,
nemis va fransuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Marjinalizm va uning rivojlanish davrini ikki bosqichga bo`lib
o`rganish maqsadga muofiqdir.
Birinchi bosqich XIX asrning 70-80-yillarini o`z
ichiga olib
iqtisodiy tahlilning dastlabki marjinalistik g`oyalarini mujassam qilgan
dastlabki ilmiy asarlar yaratildi.(K.Menger, U.Jevons va L.Valras asarlari).
Bu davrda asosiy kechib uni bu ko`rinishi inson psixalogik xususiyati,
ya'ni uning hissiyoti va qabul qilishi asosida o`rganiladi. Shuning uchun
marjinalizmning bu bosqichini iqtisodiy ta'limotlardagi "subyektiv
yo`nalish" deb ataldi.
Ikkinchi bosqich XIX asrning 90-yillariga to`g`ri kelib, bu davrdan
boshlab marjinalizm ko`pgina mamlakatlardamahur va aso-siy ta'limotga
aylandi. Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutug`lari
subektiv-
psixologik yo`nalishdan vos kechib iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu
iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida
tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yangicha iqtisodiy g`oyalar
namoyondalari klassik iqtisodiy maktabning
davomchilari sifatida
baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Marjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini ya'ni neoklassik
iqtisodiy ta'limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, Dj.
B.Klark va V.Pareto katta hissa qo`shdilar. Marjinal iqtisodiy g`oyalarni
yuqorida qayd etilgan ikkala bosqichini o`ziga xos xususiyatlarini
quyidagicha ta'riflanimiz mumkin.
Birinchi. Dastlabki marjinalistlar o`zlarining subyektiv oqimlarida
asosiy e'tiborni iqtisodiy tahlil jarayonida istemol (talab)ning tutgan o`rnini
o`rganishga qaratib klassiklardan farqli ravishda ishlab chiqarish (taklif)ni
ikkinchi darajali qilib qo`ydilar. Keyinchalik
neoklassiklar har ikkala
jarayonni birgalikda o`rganib ancha mukammal ta'limot yaratdilar.
Ikkinchi. Birinchi bosqich marjinalistlari subyektiv yo`nalish
vakillari klassiklar singari sabab oqibatga asoslangan ilmiy tahlilni qo`llab
ularning g`oyalarini ma'lum darajada takrorladilar. Lekin birgina katta farq
subyektiv maktab qo`llagan iste'mol va tovarlarning foydaliligi usuli ularni
klassik maktab usulidan farqladi. O`z navbatida marjinalistlarning
neoklassik yo`nalishi funksional ilmiy tadqiqotni maydonga tashlash bilan
birga ishlab chiqarish va iste'molni yaxlit holda o`rganib meyoriy iqtisodiy
o`lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tadbiq etdilar.
280
Uchinchi. Marjinal inqilobning birinchi bosqichidan farq qilib,
ikkinchi bosqichda funksional ilmiy uslub bilan birga iqtisodiy tahlilga
iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish usuli ham olib kirildi. Shu
jumladan, har ikkala bosqich nazariyotchilari "erkin" raqobat yordamidagi
iqtisodiy o`sishni haligacha avtomatik avishda qo`llab
kelinmoqda degan
fikrga keldilar.
To`rtinchi. Neoklassiklar iqtisodiy ta'limotlar tarixida alohida o`rin
egallagan klassiklardan iqtisodiy liberalizm tamoyillariga sodiq qolishni
meros qilish bilan birga tadqiqot mavzuini yanada kengaytirib, unda
funksional tadqiqot usulidan va iqtisodiy ko`rsatkichlarni taqqoslash usuli
va nihoyat sistemali matematik usuldan
keng foydalanishni amalga
oshirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: