366
Tarixan birinchi bo`lib neoklassik ta'limotlar
vujudga keldi. Ularning asosi B.Olin (Shvetesiya),
K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya-AQSH) as-
arlarida o`z aksini topgan. Ular o`z ta'limotlarida
marjinalizm
konsepsiyasiga
asoslangan
holda,
kapitalning harakatchanligi, "kapitalning eng yuqori
unumi" (foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi) u yoki bu
mamlakat kapitalining mo`l-ko`lligining turlicha
ekanligi bilan izohlaydilar. Kapitalning "mo`l-
ko`lligi" yoki "kamligi" uning migratsiya sababi qilib
ko`rsatiladi. Bu jarayon to kapital unumi bir xil bo`lguncha davom etadi.
Bu esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining o`sishi, milliy daro-
madning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining tekis-
lanishiga olib keladi.
Kapital chiqarishning neokeynschilik ta'limoti 30-50-yillarda
shakllandi, F.Maxlup, Ye.Domar va R.Xarrot bu nazariyaning asoschilari
hisoblanadilar. Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda
savdo, to`lov balansining o`zgarishi tufayli, ya'ni aktiv savdo balansi
bo`lgan mamlakatlarda kapital ortiqchaligi (jamg`armalarning investitsiya-
lardan ko`pligi), passiv balansli mamlakatlarda esa aksincha, kapital yet-
ishmasligi sababli kapital harakati ro`y beradi. "Jamg`armalar"ning or-
tiqchaligi mamlakatni iqtisodiy depressiya va ishsizlikka olib boradigan
eng muhim omil deb qaraladi. Unga qarshi kurash yoki uning oldini olish
uchun "jamg`armalar" hisobiga qo`shimcha tovar eksportini moliyalash za-
rur deb topiladi. Ammo, bunda import oshmasligi, ya'ni kapital chiqarish
yo`li bilan hal etilishi kerak.
Bu yo`nalish vakillari kapitalistik tuzumda kapitalni realizatsiya qi-
lishdagi qarama-qarshiliklarni tan oladilar va buni hal etish uchun kapital
chiqariladi, bu esa ortiqcha tovarni ko`paytirish hisobiga ro`y beradi. Bu
nazariya rivojlanayotgan mamlakatlarga "yordam" konsepsiyasini isbotlash
uchun ham asos bo`ladi.
60-70-yillarda kapital chiqarishning "dinamik modeli" ommalashdi,
unda R.Xarrotning iqtisodiy dinamika nazariyasi asosida mamlakatlar
o`rtasidagi o`zaro kapital eksporti sabablari va oqibatlarini aniqlashga
urinish bor. U kapital eksporti va importini yalpi milliy mahsulot o`sishi,
investitsion daromad va to`lovlar bilan bog`lashga intiladi. Unda ne-
okeynschilikning xalqaro kapital harakati konsepsiyasiga asoslanadilar.
Shu vaqtning o`zida iqtisodiy o`sishning neoklassik nazariyasi ham
hisobga olinadi. Bularning hammasi unlab o`zgaruvchi parametrlarni o`z
Do'stlaringiz bilan baham: