Iqtisodiy ta'limotlar


Ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

19.2. Ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi 
2-jahon urushidan so`ng neoliberalizm prinsiplari dastlab G’arbiy 
Germaniya (GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu yerda 
1948 yildan boshlab bu g`oyalar Adenaurer-Erxard davlat doktrinasi sta-
tusiga aylantirildi. Neoliberalizmning taniqli nemis nazariyotchilari 
V.Rebne, A.Ryustov va boshqalar ozodlik va insonparvarlik bahonasida 
monopolizm vujudga kelishining barcha ko`rinishlarini tanqidiga bosh-
chilik qildilar. V.Oyken va uning safdoshlari Frayburg universitetida 1948 
yildan "Ordo" nomli yillik to`plamni chiqara boshladilar, bu jurnal barcha 
davlatlar uchun neoliberalizning nazariy minbari rolini o`ynaydi. V.Oyken 
tomonidan tanlangan "Ordo" so`zi yig`ma bo`lib, erkin bozor xo`jaligining 
"tabiiiy tizimi" ma'nosini beruvchi mazmunga ega edi. Neoliberilizm 
G’arbiy Germaniya doktrinasi "Oyken maktabi" ta'siri ostida hatto 
"Ordoliberalizm" deb atala boshlandi.
"Ijtimoiy bozor xo`jaligining" mohiyati GFR neoliberalizm nazari-
yotchilari "erkin bozor" va adolatli taqsimot prinsiplarini "ijtimoiy 
tenglik"prinsipi g`oyasi bilan birga qo`shimcha muvaffaq bo`ldilar. Bi-
rinchi marta uning konsepsial g`oyasi A.Myuller-Armakning "Xo`jalik 
boshqaruvi va bozor xo`jaligi" (1947) kitobida izohlanadi, bunda "Ijtimoiy 
bozor xo`jaligi" matni ham birinchi bor qo`llanilgan. Bu sohadagi ish-


342 
lanmalar V.Rebke, L.Erxard, V.Oyken (asli tarixchi) va boshqalar tomoni-
dan davom ettirildi.
V.Rebekning "nemis iqtisodiy siyosati to`g`rimi?"(1950) degan 
kitobi muqaddimasida GFR kansleri K.Adenauer "ijtimoiy bozor xo`jaligi" 
modeli mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qilin-
ganligini bayon etadi. 
V. Rebke xarakteristikasi bo`yicha, "ijtimoiy bozor xo`jaligi" - 
"iqtisodiy insonparvarlik" sari o`ldir. U o`zining "Insonparvar jamiyat" 
asarida kollektivizmga - persinolizm, hokimiyat konsentratsiyasiga - 
erkinlik, sentralizmga - desentralizm, tashkilotchilikka - o`zini-o`zi 
boshqarishni qarshi qo`yadi va boshqalar. 1957 y. XDS ning navbatdagi 
syezdida L.Erxard, V.Rebke g`oyalarini qullagan holda GFR da "ijtimoiy 
bozor xo`jaligi"ning 2- bosqichi boshlanganligini tasdiqladi. 60-yillarda 
L.Erxard o`z maqolasida avvalo "erkin musobaqa ijtimoiy bozor 
xo`jaligining eng asosiy elementi hisoblanadi" deb ta'kidlangan edi.
1965 y. partiyaning navbatdagi syezdida L.Erxard GFRda "Ijtimoiy bozor 
xo`jaligi" ni tashkil etish dasturining nihoyaga etganligini e'lon qildi. Bu 
dastur mamlakatni "rasmiylashgan jamiyat"ga aylantirildi.
"Rasmiylashgan jamiyat" doktrinasi L.Erxard va uning masla-
hatdoshlari bo`yicha bu eng yaxshi "tabiiy iqtisodiy tartib" ni izlash bo`lib, 
unga "ijtimoiy bozor xo`jaligi" orqali yetishish mumkin. Unda ijtimoiy 
tizim va ishlab chiqarish munosabatlarining besh shakli (tipi), sinflarining 
antogonizmi to`g`risidagi markscha g`oyalar qat'iyan inkor etiladi. Bu 
g`oyalar V.Oykenning inson jamiyati uchun faqat ikki tipdagi iqtisodiyot: 
"Markazdan boshqariladigan" (totalitarizm) va "Almashuv iqtisodiyoti" 
(boshqacha matn bo`yicha-"erkin, ochiq xo`jalik") xos, konkret tarixiy sha-
roitlarda biron tip belgilarining ustuvorligi bilan qo`shma shakli ham 
mavjud bo`ladi.
Valter Oyken (1891-1950) "Milliy iqtisodiyot asoslari" (1947) asa-
rida (9 mrta qayta nashr etilgan) iqtisodiyotni qayta tashkil etishning asosiy 
shakllarini tiplarga bo`lish muammolarini fundamental ishlab chiqdi. Asli 
tarixchi bu olim kitobning "Iqtisodiy tizimlar" bobida bir xil jamiyatda 
ikkita ideal iqtisodiyot tiplari o`zaro birga yashaydi, bular almashuv va 
markazdan boshqariladigan iqtisodiyotlardir. Markazdan boshqariladigan 
iqtisodiyotga xos narsa shuki, har kungi jamiyatning iqtisodiy hayoti bir 
markazdan keluvchi reja (plan)lar bilan tartibga solinadi. Agar jamiyat iqti-
sodiyoti ikki yoki undan ortiq alohida xo’jaliklardan iborat bo`lsa (ularning 
har biri o`z rejalarini tuzadi va amalgi oshiradi), bu "almashuv iqtisodiyoti" 
sistemasidir.


343 
Turli tarixiy sharoitlarda ko`pinsa bu sistemalar aralash holda 
bo`ladi, bu bir qancha misollar bilan isbotlab beriladi. Shu bilan birga
Oyken bo`yicha, eslab o`tilgan tiplar uch shaklda amalga oshadi, uning har 
biri quyidagicha ta'riflanadi: a)totalitar markazdan boshqariladigan iqti-
sodiyot (almashuv umuman inkor etiladi; mahsulotni ishlab chiqarish, 
taqsimot va iste'mol ohirgi maydo-chuydaga markaziy boshqarma 
buyruqlari asosida amalga oshiriladi); b) iqtisodiyotni markazdan 
boshqarish asosida iste'mol mollarini erkin almashuv (markaz tomonidan 
belgilanadigan "ishlab chiqarish kuchlaridan" foydalanish usullari, ishlab 
chiqarish jarayonining vaqtli tarkibi, maxsulotlarni taqsimlash usullari va 
boshqalar asosida amalgi oshiriladi. 1-variantdan farqli ravishda bu yerda 
iste'molchilar almashuv yo`li bilan ajratilgan iste'mol mollariga 
o`zgartirishlar kiritishlari mumkin); v) erkin iste'mol tanlovi asosidagi 
markazdan boshqariladigan iqtisodiyot (boyliklarni iste'mol uchun odatda 
markaziy inspatsiya ishlab chiqarishni belgilagan maxsulotlar ichidan erkin 
tashlash mumkin). 
"Eruiye bozor xo`jaligi" avtomatik ravishda faoliyat yurita ol-
masligini V.Rebke va L.Erxard, ishlab chiqarish anarxiyasining har qanday 
ko`rinishlariga qarshi davlatning shunga muvofiq choralarni qo`llash 
uchun iqtisodiyotga aralashuvi zarurligi tan olinadi. Bu aralashuv erkin va 
ijtimoiy zarur jamiyat tuzumi sintezi (qo`shilishi)ni ta'minlashi kerak. Reb-
ke-Erxardning obrazli ifodasiga ko`ra, davlat roli futbol maydonidagi 
sudya (arbitr) bilan tenglashtiriladi, arbitr futbol komandalari o`yinini 
ma'lum qoidalar asosida diqqat bilan kuzatib va boshqarib boradi, ammo, 
o`yinda bevosita ishtirok etishiga haqqi yo`q. Boshqa so`z bilan aytiladigan 
bo`lsa, davlat erkin bozor xo`jaligining ideal tipi bo`lgan "ijtimoiy bozor 
xo`jaligi" faoliyati sharoitini ta'minlash uchun erkin raqobat ("halol o`yin") 
"qoida"larining saqlanishi ustidan nazoratini olib borishi kerak. Undan 
tashqari davlat baho shakllanishi sharoitini nazorat qilishi, monopol baho 
o`rgatilishiga bo`lgan urunish harakat oldini olishi, monopoliyasiz tovar-
pul xo`jaligida xususiy mulkning qo`riqlanishi ustuvor ahamiyatini kafolat-
lashi kerak. 
60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi "ijtimoiy bozor xo`jaligi" 
modelini yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizmning "bar-
cha uchun farovonlik jamiyati" konsepsiyasi bilan hamohangdir. Chunki, 
ikkala modelda insonni inson tomonidan ekspluatatsiya va sinfiy an-
tegonizm inkor etiladi. Bu modellardan bundan tashqari davlatning faol 
ijtimoiy vazifasi (funksiyasi) g`oyasi bor. Davlat barcha fuqarolarga 
ijtimoiy xizmatni olish va ular farovonligini oshirish uchun teng huquq va 


344 
teng imkoniyatlar yaratishi zarurdir. Bunda jamiyatning turli qatlamlarida 
aksionerlar sonining ortishi bilan birga, barcha ijtimoiy institutlar bar-
qarorligining o`sishi, asosiy mehnatkash aholining ertangi kunga ishonchi 
va boshqalar ko`zda tutiladi. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish