Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning strukturaviy tuzilishini o’rganish
Reja:
1. Fuqaro muhofazasi strukturasi kimlardan iborat;
2. Fuqaro muhofazasi tarkibi;
3. Fuqaro muhofazasi axborot markazi vazifasi;
4. Fuqaro muhofazasi xizmatining huquq va majburiyatlari.
Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat;
-Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy-me`yoriy hujjatlarning yagona konsepsiyasini belgilash, ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
-Respublika hududidagi mumkin bo`lgan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni ifodalash, bashoratlash ularning oqibatlarini baholash;
-Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavfsizligini ta`minlashga,xavfli texnologiyalar va boshqa ishlab chiqarishlarning barqarorligini ta`minlashga qaratilgan ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun muljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta`minlash;
-Aholini,boshqaruv organlari boshliqlarini, FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini yaratish;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
-Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
-Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
-Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan ,ularni bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
-Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida halqaro hamkorlik qilish.
Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarinig asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
-Tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, FV sharoitida xalq xo`jalik tarmoqlarining barqaror faoliyat ko`rsatishlarini ta`minlash;
-Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida Respublika maqsadli va ilmiy–texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
-Respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holda saqlash;
-Atrof-muhit hamda kuchli xavfli ob`yektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, FVlarni bashoratlash;
-Boshqaruv organlari, FVDT kuchlari va vositalarining FVlarda harakat qilishga tayyorgarligini ta`minlash;
-Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni, shu jumladan, evakuatsiya ishlarini o`tkazishga oid tadbirlarning bajarilishini ta`minlash, zarar ko`rgan aholi uchun hayot sharoitini yaratish;
- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Respublika moliyaviy va moddiy resurslar zahirasini yaratish;
-FVlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
-Favqulodda vaziyatlarda idoraga qarashli ob`yektlarning rahbarlari tarkibi, kuch va bositalarini, shuningdek xodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va boshqa ishlarni bajarish. FVDT boshqaruv organlarining ob`yektlar darajasidagi bazifalari quyidagilardan iborat:
-Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish,ob`yektlar ishining FVlar chog`ida ishonchliligi va barqarorliligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
-Boshqaruv organlarining, ob`yektlar kuch va vositalarining FV chog`ida harakatlarga tayyorgarligini ta`minlash;
-Avariya–qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarga shu jumladan, ob`yektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlikni amalga oshirish;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
-Ob`yektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini FVlardagi harakatlarga tayyorlashni tashkil etish;
-Har bir korxonaning FM boshligi FMni tashkil etilishini, uning holatini, kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor holatda bo`lishligini nazorat etadi, hamda qutqaruv va qayta tiklash ishlariga rahbarlik qiladi. Korxona FMning boshlig`i shu korxona joylashgan rayon FMga va shu korxonaning yuqori tashkiloti FMsiga bo`ysunadi.
FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
-Aloqa va tashviqot guruhi;
-Qutqaruv, qidiruv va o`ta shoshilinch ishlarni amalga oshirish guruhi; -Yong`inga qarshi va o`t o`chirish guruhi;
-Tibbiy xizmat ko`rsatish guruhi;
-Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta`siriga qarshi ish olib boruvchi guruh;
-Jamoa tartibini saqlash guruhi;
-Elektr ta`minoti guruhi;
-Avariya-texnikani ta`mirlash uruhi;
-Panada va qochoqlar maskanida xizmat ko`rsatish guruhi;
-Transportda xizmat ko`rsatish guruhi;
-Moddiy ta`minot va boshqa vazifalarni bajaruvchi guruhlar;
-Bularga maxsus topshirlarni bajarish vazifalari topshiriladi.
Yuqoridagi har bir xizmatga FM boshlig`i tomonidan rahbar etib ob`yektda doimo ishlab kelayotgan, bo`lim, sex, smena boshliqlari tayinlanadilar. FVDT kuchlariga quyidagilar kiradi:
1. Fuqaro muhofazasi qo`shinlari;
2. Hududiy va ob`yektlarning harbiylashmagan umumiy-maxsus maqsadli tizimlari;
3. Mahalliy hokimiyat organlarinig (viloyat, shahar, va tumanlar) FVV (favqulodda vaziyatlar vazirligi ) ning qutqaruvchi komandalarining tizimlari;
4. FVVga to`g`ridan-to`g`ri hamda tezkor bo`ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tizimlari;
5. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda, professional-ixtisoslashtirilgan avariya- qutqaruv va avariya tiklash bo`limlari;
6. Ob`yektlarning ixtisoslashtirilgan tizimlari;
7. Qizil yarim oy, hamda Qizil xoch jamiyati ko`ngilli otryadlari;
8. Vatanparvar, mudofaaga ko`maklashuvchi tashkiloti. Bularning tarkibida respublikamiz bo`yicha, “Najodkor”, RQQM-(Respublika qidiruv-qutqaruv markazi hamda) SQXT (Suvdan qutqarish xizmati tizimlari) tuzilgan bo`lib, Respublikamiz miqiyosida bo`ladigan har qanday FVlarda fuqarolarni qutqarish vazifalarini bajaradilar;
FVDT ning mablag`i quyidagilardan tarkib topgan:
-Davlat byudjeti hisobidan;
-Mahalliy byudjet hisobidan;
-Vazirlik va uning tarmoqlari hisobidan;
-Muassasa va tashkilotlarning shaxsiy mablag`lari hisobidan;
-Qizil xoch; va Qizil yarim oy;
-Jamiyatining birlamchi zaxiralar hisobidan;
-O`zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari va boshqalar.
Dunyoda shu davrga qadar tabiiy ofatlar doimiy ravishda bo`lib keldi va bundan keyin ham yuz berishi ehtimoli ko`p.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lganida harakat qilish bo‘yicha yaxlit davlat tizimi va uning muvofiqlashtiruvchi organi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi, sohaning zarur me’yoriy-huquqiy bazasi shakllantirildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarning favqulodda vaziyatlar profilaktikasi, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha imkoniyatlarini mustahkamlash borasida ko‘lami va mazmuniga ko‘ra salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar tizimi faoliyati samaradorligining tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublika aholisi va hududlarini muhofaza qilish sohasida bir qator muammoli masalalar mavjud:
birinchidan – tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashni prognozlash, xavfni baholash, kuzatish va nazoratini amalga oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyat yuritayotgan bo‘lishiga qaramasdan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlashning ta’sirchan tizimi yaratilmagan, buning oqibatida zilzilalar, xavfli gidrometeorologik hodisalar, ekzogen geologik jarayonlar, texnogen xususiyatli avariya va halokatlarning tahdidini har tomonlama tahlil qilish, ularning yuz berish xavfini aniqlash to‘liq amalga oshirilmayapti;
ikkinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining amaldagi tashkiliy-shtat birligi va shaxsiy tarkibining kamligi favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni keng ko‘lamli va samarali amalga oshirishni ta’minlamayapti;
uchinchidan – ayrim shahar va tumanlarda quyi bo‘g‘in mavjud emasligi va rivojlanmagani favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan profilaktik chora-tadbirlarni mamlakatimizda tizimli ravishda amalga oshirishga imkon bermayapti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish borasida aholi bilan keng qamrovli muloqot olib borish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlik qilishni ta’minlamayapti;
to‘rtinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining professional qutqaruv otryadlari ma’muriy markazlarda joylashgani olis tumanlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda qutqaruv otryadlarining jalb etilishida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirib, ularni faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarigagina jalb etish bilan cheklaniladi;
beshinchidan – hududlarda favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, prognozlash, oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalariga jalb etilishi lozim bo‘lgan boshqaruv organlari, kuch va vositalarni muvofiqlashtiruvchi ta’sirchan mexanizmlar mavjud emas;
oltinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarini zamonaviy avariya-qutqaruv texnikalari, asbob-uskunalari, anjomlari va aloqa vositalari bilan ta’minlash darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda;
ettinchidan – aholi va hududlarni tabiiy ofatlar va texnogen avariyalar xavfidan muhofaza qilish bo‘yicha muammolarni hal qilishda respublikaning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan amalda to‘liq foydalanilmayapti;
sakkizinchidan – favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash, ularning xavfi to‘g‘risida aholini xabardor qilish va ogohlantirish, shuningdek, qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilishi lozim bo‘lgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish va boshqarish ishlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish ishlari sust olib borilmoqda;
to‘qqizinchidan – aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, kelgusida ushbu sohada ishlovchi professional kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi mavjud emas.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini favqulodda vaziyatlar tahdidi va xavfini oldindan bartaraf etadigan, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va kompleks yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat olib boradigan, uning har bir xodimi “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida xizmat qiladigan mobil, zamonaviy professional xizmatga aylantirish;
aholi, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan muloqotlarni mustahkamlash va kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmasini takomillashtirish, aholi va hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen xususiyatli xavflar manbalari mavjudligini hisobga olgan holda, tuman va shaharlardagi kuch va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatuvchi turli xizmatlarning tezkor harakatini muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni yaratish;
favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfining chuqur tahlilini va aniqlashni nazarda tutuvchi favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini takomillashtirish, respublika hududlarini seysmik xavflar, texnogen avariya va halokatlar manbalari bo‘yicha rayonlashtirish;
fuqarolarning hayoti va sog‘ligi, mol-mulkiga xavflarni barvaqt profilaktika qilish va ularning oldini olish, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi obyektlar va tizimlarning barqaror ishlashini, tahdidlar va ularning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash, bartaraf etish borasida aniq choralar ko‘rish, aholining ushbu sohada ma’lumotlarga ega bo‘lish darajasini oshirishni ta’minlash;
Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, shuningdek, kichik hajmli kemalarni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va suv havzalarida odamlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida davlat nazorati va kuzatuvini kuchaytirish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish vakolatiga ega rahbarlar va mansabdor shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda fuqarolarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilishga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, shuningdek, vazirlik uchun kadrlarni shakllantirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, gidrometeorologik va seysmologik xizmatlarning moddiy-texnik ta’minotini yanada yaxshilash, o‘quv va ilmiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, ilmiy xodimlar, mutaxassislar va qutqaruvchilarning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlar yaratish;
Do'stlaringiz bilan baham: |