Iqtisodiy taʼlimotlar tarixida 17-19-asrlarda vujudga kelgan yoʻnalishlar. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii m



Download 49,65 Kb.
bet1/6
Sana01.08.2021
Hajmi49,65 Kb.
#134666
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-MAVZU. MERKANTILIZM


7.1. Siyosiy iqtisodning yuzaga kelishi.

7.1. Siyosiy iqtisodning yuzaga kelishi.

Klassik siyosiy iqtisod maktablari — iqtisodiy taʼlimotlar tarixida 17—19-asrlarda vujudga kelgan yoʻnalishlar. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini dastlabki tizimli oʻrganish qoʻllanilgan nazariyalar hisoblanadi. Bu maktablarning yuzaga kelishiga 17-asr oxiri—18-asr davomida kapitalistik iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki boʻldi. Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning namoyandalari oʻz asarlarida hozirgi bo-zor iqtisodiyoti asosida yotuvchi qonuniyatlarni oʻrganganlar, bu sohada muhim kashfiyotlar qilganlar va bu jihatdan ularning qarashlaridagi ilmiy qoidalar hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Klassik maktab vakillari vujudga kelayotgan yangi jamiyat — kapitalizmni ishlab chiqarishningabadiy va tabiiy shakli, inson tabiati (aqliy egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida qaraganlar.

Klassik maktab rivojlanishini 4 bosqichga ajratish va har bir bosqichni alohida maktab sifatida qarash mumkin. Birinchi bosqich vakillari ingliz iqtisodchisi V. Petti (1623— 87) va fransuz iqtisodchisi P. Buagilber (1646—1714) hisoblanadi. Bu bosqichda merkantilizm taʼlimotining xatolari yoritib beriladi. Kiimatning mehnat nazariyasi ilgari suriladi va har qanday qiymatning manbai va oʻlchovi tovar mahsuloti yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori deb qaraladi. Boylik va farovonlik asosi muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi koʻrsatiladi. Bu bosqich 18-asr oʻrtalari va 2-yarmida fransiyalik F. Kene va A. Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi (qarang Fiziokratlar). 2-bosqichni ingliz iqtisodchisi A. Smit asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalar, 3-bosqichni 19-asrning 1-yarmida yashagan fransuz iqtisodchisi J. B. Sey, ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, T. Maltus, N. Senior, amerikalik G. Keri asarlarida bayon etilgan qarashlar tashkil etadi. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m.ning rivojidagi 4-bosqichni J. S. Mill qarashlari yakunlaydi.

A. Smitning asosiy gʻoyalari "yoʻl bering , oʻtsinlar, yoʻl bering , bajarsinlar" (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan boʻlib, u "koʻrinmas qoʻl" nomini ham olgan. Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik jadallashadi. Smit iqtisodiy faoliyatga toʻsiq boʻluvchi asosiy kuch bu — davlat, deb hisoblaydi. Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va oʻsha davr hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos boʻlgan. D. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini oʻnga sarflangan mehnat harajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi. Rikardo kapitalistik ishlab chiqarishning asosida qiymat qonuni yotishini taʼkidlab, boshqa iqtisodiy kategoriyalarni ana shu qonoʻnga bogʻlab oʻrganadi.

Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) gʻoyalarida iqtisodiyotdagi toʻla erkinlik sharoitidagina ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali foydalanish mumkinligi va sinflar oʻrtasidagi munosabatlar uygʻunlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni" — "bozor qonuni" yoki "sotish nazariyasi" hisoblanadi.

Ingliz iqtisodchisi T. R. Maltus (1766—1834) iqtisodiy oʻsish va aholi koʻpayishi oʻrtasidagi aloqadorlik muammolarini xal etishgauringan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi tan olingan holda aholi oʻsishi va moddiy neʼmatlar (tirikchilik vositalari) yaratilishi oʻrtasida katta farq bor, aholi "geometrik", neʼmatlar "arifmetik" progressiyalarda oʻsadi, degan "nufus nazariyasi" ilgari suriladi. Klassik maktab gʻoyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790—1864), fransuz F. Bastia (1801 — 1850), amerikalik G. Keri (1793—1879) katta hissa qoʻshdilar.

Ingliz iqtisodchisi J.S.Mill (1806—73) klassik maktabning soʻnggi namoyandalaridan biri sifatida D. Rikardo gʻoyalarini rivojlantirdi, 1-oʻringa "ishlab chiqarish qonunlari"ni qoʻydi, bu masalani "taqsimot qonunlari"ga qarama-qarshi deb bildi.

19-asr oxirlarida klassik siyosiy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy gʻoyalar paydo boʻla boshladi, klassik maktabning bir qancha qonunqoidalari yangi sharoitlarga moslashtirilgan holda neoklassik qarashlarda oʻz aksini topdi (qarang Neoklassik iqtisodiy nazariya).

Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo‘lishi (Angliyada) XVII asrga to‘g‘ri keladi. XVI asming o‘rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda qishloq xo‘jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya dimyoda iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib bu yerda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo‘jaligida ham g‘alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yo‘l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta'limotlar endi taqozo etila boshladi.

Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlami rivojlantirish uchun, ya’ni iqtisodiyotni obyektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda yashab ijod qilgan ILPetti, A.Smit, D.Rikardo, Ғ.Кепе va klassik siyosiy iqtisod maktabining boshqa vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qildilar. Haqiqatan ham mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod maktabining boshlanganini bildiradi. Uning klassik, deb atalishining asosiy sababi eng avvalo, uning ko‘plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam ilmiy bo‘lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etishidir. Aynan klassik siyosiy iqtisod vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan maqomiga ega bo‘ldi. Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabining dastlabki vakili U.Petti bo‘lsa, Fransiyada - P.Buagilber, Ғ.Кепе, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik, bu maktab ta’limoti A.Smit, D.Rikardo J.B. Sey, T.Maltus tomonidan rivojlantirildi va J.S. Mill,

K.Marks tomonidan yakunlandi. Ularni biz keyingi mavzularda ko‘rib chiqamiz.

Iqtisodiyotning klassik davri yuz yildan ziyodroq vaqt mobaynida ilgari surilgan iqtisodiy g‘oyalami qamrab oladi, bu asosan Britaniyalik yirik hissadorlar va uning faoliyat yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan. Klassik maktabning uch yirik traktatlari: Adam Smit tomonidan yozilgan “Xalqlar boyligining tabiati” asari, David Rikardo muallifligidagi “Soliq va siyosiy iqtisodiyotning asosiy qonun-qoidalari” asari hamda “Siyosiy qonun-qoidalar (prinsiplari)” nomli asarlaridir. Shuningdek, Rikar- doning kitobi chop etilgandan so‘ng qisqa fursatlarda bir qator neoklassik nazariyaning kichik ko‘rinishlari paydo bo‘ldi. Jon Styuart Mil klassik davming oxirini izohlashga urindi, biroq u klassik qoidalaming ba’zilarini yoqlamagan. (Smit, Rikardo va J.S.Millar tomonidan 1776-yildan 19-asming so‘ngiga qadar iqtisodiy nazariyalar boshqarib turilgan Smit 1776-yildan deyarli 1820-yilgacha, Rikardo 1820-yildan deyarli 1850-yillargacha, J.S.Mil esa 1850-yillardan 1890 yillarga qadar).

Ikki yangi iqtisodchi olimlar T.Maltus va KMarksning ba’zi jihatlari klassik yo‘nalishda bo'lsada, ular klassik iqtisodiy maktab tarafdorlari emas, balki tanqidchilar sifatida ko‘zga ko‘rinadi. Tomas Maltusning “Nufus nazariyasi” klassik nazariya bilan bog‘liq, biroq Maltus nazariyalarida mulkdorlar sinfining o‘mi va mohiyati hamda uning makroiqtisodiy aspektlari tahlilida ortodoksal klassik an'analar ta’limoti ilgari suriladi. Maltusning “Nufus nazariyasi” klassik iqtisod vakillari bahs-munozaralariga asos bo‘ldi, biroq Maltus va Rikardo o‘rtasidagi mehnat resurslarini avtomatik tarzda to‘la bandlikka erishishi to‘g‘risidagi bahsli munozarani alohida tahlil qilib chiqamiz. Karl Marks klassik iqtsodiyotdan ba’zi elementlami chiqarib tashladi, turli xilistiqbolli va birqancha yangi tahliliy tushunchalar kiritdi va klassik nazariyaga mutlaqo teskari xulosalar taqdim etdi.

Biz iqtisodiy tizim elementlarining o‘zaro bog‘liqligini tushuna boshlash holatlarini keyinchalik merkantilistlar va hattoki, fiziokratlar yozishmalarida kuzatdik.

Sxalastiklar[1], fiziokratlar va merkantilistlaming iqtisodiy g‘oyalari klassik iqtisodchilar tomonidan ko‘proq yoki kamroq birlashtirilgan tizimlarga ajratilgan. Ulaming merkantilist g‘oyalaridan eng asosiy farqi iqtisodiy kuchlaming tabiiy ishlashidan oqib keluvchi natijalarga nlamingijobiy munosabatlaridir. Ko‘pchilik (asosiy) uyg‘un iqtisodiy tizimningklassik ko‘rinishi merkantilist va skalasfiklar e’tiqodidan keskin farq qiladi; ulaming e’tiqodiga ko‘ra ixtiloflar intervensiya (davlatning ichki ishlariga aralashuvi) yoki cheklovlar bilan xarakterlanadi.

Bozorlar boshqamviga sangvinik (optimistik) qarash uning turli aspektlari va tarmoqlanishlari mumtoz g‘oyalaming asosiy o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.

Bozorlaming bir-biriga bog‘liq tanqisligi sabab kelib chiqadigan ixtiloflami mos ravishda yechimini topa oladigan qarash(nazariya) ilk bor Fransiyalik fiziokratlar tomonidan olg‘a surilgan. Fiziokratlar fikriga ko‘ra davlat hokimiyati hukumat nazoratisiz ish olib borishga ruxsat berish siyosati - iqtisodiyotga aralashmaslik haqida umumiy qonunlar qabul qilishi kerak edi. Sxolastlar bu holat cherkov uchun iqtisodiy faoliyatni va madaniyatni boshqarishda, tartibga solishda qo‘l keladi, deb hisoblashsa, merkantilistlar hukumat aralashuvi muhimligini yoqlaydi, klassiklar esa fiziokratlar singari erkin, (har qanday) boshqamvlarsiz bozorlami, maksimum alohidalashga ozodlik tarafdori edilar.Ular ozodlik biznesga juda yaxshi ta’sir ko‘rsatishiga ishonardi. Erkinlik, ayniqsa iqtisodiy erkinlik sharoitida, iqtisodiyot ko‘p funksiyalami bajara olishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy shaxslar va biznes sohadagilaming tasdiqlashlaricha savdo hokimiyat

aralashuvlaridan xoli bo‘lishi kerak. Klassiklar esa siyosiy va iqtisodiy ozodlik ajralmas va bir-birini toidirib turadi, deb ta’kidlashgan. Garchi klassiklar o‘zlarining ilk qarashlarida iqtisodiy jarayonlami uyg‘un holda ishlashini targ‘ib qilsalarda, ular jamiyatdagi yer-mulk egalari va iqtisodiy o‘sish va o‘zgarishdan foyda oluvchi va shuni yoqlovchilar o‘rtasidagi ixtiloflardan juda yaxshi xabardor edilar. Kapitalizmning yakuniy tendensiyalari Smit va Rikardo tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ular shu qadar mos bo‘lmagan natijaga olib keldiki, bundan iqtisodiyot samarasiz ilm, deb atalishiga olib keldi. Maltus aholi nazariyasi masalasini ko‘tarib, iqtisoddagi o‘zaro tenglik tabiati muammosini ham o‘rtaga tashladi.

1776-1870-yillar oralig‘idagi davr mobaynida klassik g‘oyalar taraqqiy etdi. Bir tarafdan, ko‘pchilik tomonidan me'yoriy, deb qabul qilingan iqtisodiy g‘oyalar, iqtisodiy tizimni hamjihatlik bilan boshqarishning asosiy sharti sifatida qabul qilish davom etsada, iqtisodiy muammolarga bozor javob berishdan ko‘ra davlat javobgar bo‘lishini yoqlash g‘oyasi o‘sib borishi tufayli uning munosabati sekin zaiflashib bordi. Boshqa tomondan, turli ta’limotlarga amal qiluvchi klassiklar iqtisodiyot tomonidan qabul qilingan hamjihatlik g‘oyalarini rad etishgan va tizimning tashkiliy strukturalarida yirik o‘zgarishlar talab qiladigan fundamental yechimlar topishdi.

Keyns ta'limotining asosiy manbasi mana shu kengroq faktorlar, iqtisodiy faoliyat bosqichini belgilovchi kuchlarda edi. Ular iqtisodiyot ishchi kuchi yetarli joydan ko‘ra unga ehtiyojmand nuqtalarda, joylarda boshqaruvni kuchaytiradi, deb hisoblashadi. Iqtisodiyot o‘zining resurslarini to‘liq utilizatsiya qilishni boshqarishga qodir, deb taxmin qiluvchu klassik iqtisodchilar bu muammoga qiziqishmagan. Zamonaviy makroiqtisodiyot mana shu muammo va taxminlami qayta ko‘rib chiqa boshlaganidan beri va Keyns makroiqtisodiyotdan voz kechganidan boshlab zamonaviy makroiqtisodchilami ba’zida “yangi klassik iqtisodchilar” deb atashdi.

Klassik iqtisodchilaming iqtisodiyotning rivojlanishiga oid g‘oyalari ulami resurslar boshqamvchisi sifatida narx tizimi va bozorlarhaqidagi izlanishlarga olib keldi. Klassiklar bozorlar va narxlaming bir- biriga bog‘liqliga va kelib chiqishini iqtisodiy o‘sish sur’atiga ta’sirini tushunish maqsadida o‘raganishdi, tadqiq qilishdi. Ular daromad taqsimlanishining o‘zgarishidagi kuchlar va bir-biriga bog‘liq bo‘lgan narxlaming o‘zgarish sabablari bilan qiziqishdi.

Ular biz hozirda “makroiqitsodiyot deb ataydigan manba bilan bir qatorda merkantilistlar an'anasini ham davom ettirishdi.

Merkantilistlar nazariy stmkturasi zaif bo‘lishiga qaramay, ular iqtisod boshqamvini tushunishga qobiliyatlari borligiga ishonishgan. Bu ilmni egallagach, ular iqtisodiyot majburiyatlarini sinchiklab o‘rganganlarida aniqlangan har qanday nuqson va kamchiliklami bartaraf etuvchi vositaga tashkiliy tuzilmani o‘zgartirish yoki hokimiyatga aralashish uchun raxsat berish orqali erishiladi, deb hisoblashgan. Merkantailistlar o‘zlarini shifokor va bemorlarga qiyoslashni yoqtirishadi: ularda noto‘g‘ri yuritilgan iqtisod uchun dori- darmon mavjud, bu odatda hukumat aralashuviga olib keladi: Merkantilistlar nazariyasi siyosatchidan bozor uchun chiqargan qarorini o‘zgartirishini so‘ragan Adam Smit nazariyalaridan keskin farq qiladi. Adam Smit iqtisodiy o‘sish sur’atini ko‘rsatib berdi, David Rikardo esa kapitalizm ostidagi daromad taqsimotida eng so‘nggi o‘zgarishlarga qiziqib qoldi. Marksning iqtisodiy tahlili tarixiy o‘zgarishlar sabab bo‘lgan kengroq qiziqishlar va kuchlar haqida, biroq ba’zi dinamik muammolar klassiklar bilan bir qatorda Marksni ham o‘ziga jalb qildi: ish vaqtidan tashqarida bajariladigan ishga to‘lanadigan haq, daromad taqsimoti qanday bo‘ladi, ish vaqtidan tashqari vaqtda foyda miqdori qanday, omma sharoitini yaxshilash bosqichining kelgusi ko‘rinishi qanday va b.

diniy va dunyoviy ilroni teng olib boruvchilar

7.2. Taniqli merkantilistlar.




Download 49,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish