«Umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovar pul deyiladi» qoidasi keng tarqalgan.Klassik nazariya vakillari pulning besh funktsiyasini: qiymat o’lchovi, muomala, to’lov vajamg’arish (xazina to’plash) vositasi, jahon pulini ajratib ko’rsatishgan.
1. Pul qiymat o’lchovi. Pul barcha tovarlarning qiymatini o’lchaydi. Buyumning pulda ifodalangan qadr-qimmati baho (narx) deyiladi.Tovarlarning bahosi umumiy ekvivalent rolini bajarayotgan tovar-oltinning miqdoridaifodalanadi. Qiymat o’lchovi funktsiyasini bajarish uchun naqd pulning o’zi kerak emas.Sotuvchi tovarga narx belgilar ekan, tovar narxiga teng bo’lgan pul miqdorini xayolan ko’zo’ngiga keltiradi. Bu pul ma’lum miqdordagi oltinga teng bo’lib, u davlat tomonidan belgilanganbaholar mashtabiga bog’liq. Baho mashstabi deb, pul birligida ifodalangan oltin miqdorigaaytiladi.
Masalan: AQShchda 1971 yilgacha dollar 0,818513 gramm sof oltinga teng bo’lgan, agarbiror buyum, aytaylik oyoq kiyimining bahosi 100 dollar bo’lsa, u 0,818513 x 100=81,8513gramm oltinga teng degan ma’noni beradi. Xar bir mamlakatning pul birligidagi oltin miqdoriturlicha bo’lgan.
2. Pul ayirboshlash vositasi funktsiyasini bajarganda xaridor va sotuvchilar qo’lida uzoqushlanib turmaydi. Pulning qo’ldan-qo’lga o’tib yurishi oxir oqibat to’laqonli pullarni to’laqonlibo’lmagan pullar bilan almatirishga olib keladi.
Dastlab, oltin ayirboshlash vositasi funktsiyasini tilla quymalar tarzida bajargan. Har safaralmashuv jarayonida quyma oltinlarni tarozida tortib, kerakli miqdorini ajratish borgan sariqiyinlashib borishi sabab avvaliga alohida savdogarlar, keyinchalik davlat uncha katta bo’lmaganoltin bo’lakchalariga ma’lum shakl berib, undagi oltin miqdorini belgilab muhr bosadiganbo’ldilar. Natijada har bir oldi-sotdidan so’ng oltin tortishdek mashaqqatli ish engillashtirildi.Oltin pul sifatida tanga moneta shaklini oldi. Keyinchalik, muomaladagi pullarni eyilib, undagitillani kamayishi, o’z og’irligini yo’qotishi muomalada qog’oz pullarni paydo bo’lishiga olibkeldi. Muomalada metall monetalarning o’rinbosari sifatida qog’oz pullar ishlatila boshladi.
3. Tovarlarni sotib olganda puli to’lanmay nasiyaga olinishi mumkin. Tovarlarni pulinima’lum muddati o’tgach to’lanishi mumkin, bunda pul to’lov vositasini bajaradi. Pulningharakati alohidalashadi. Masalan: ish haqi to’lanishi o’z navbatida turli moliyaviymajburiyatlarni (qarz bo’yicha, soliq, ijara va shunga o’xshash) bajarilishiga olib keladi.Qarz majburiyatlari o’z navbatida pulning yangi shakli kredit pullarni vujudga kelishigasabab bo’ladi.O’z tovarini qarzga sotgan sotuvchi xaridordan veksel (qarz majburiyati) olishi mumkin va uni o’z navbatida pul o’rnida ishlatishi mumkin. Lekin veksel ishlatish cheklangan, chunki ufaqat bitta veksel egasining mulki bilan qanoatlanadi. Banklar xususiy vekselllar o’rniga ularganisbatan kafolati mustahkam banknot (bank biletlari) chiqara boshladilar. Ular oltin bilanta’minlangan bo’lib, muomalada keng ishlatila boshlandi.
4. Pul xazina to’plash vositasi bo’la oladi. Agar xaridor puliga zarur tovar olishni keyinga surib, uni muomaladan chiqarar ekan, pul xazina to’plash funktsiyasini bajaradi. U umuman,boylik sifatida to’planadi. Bunda faqat oltin monetalar emas, quyma tillalar, quyma tillabuyumlar ham (pul yasaladigan xom ashyoning hamma ko’rinishlari) bu vazifani bajarishimumkin.
5. Xalqaro miqyosda pul jahon puli funktsiyasini bajaradi.Bunda pullar o’z «milliy kiyim»larini echib, natural shaklda, quyma oltinlar shaklida ishlatilgan. Mamlakatlar o’rtasida hisob-kitob har bir mamlakatning pul birligida ifodalangan oltin miqdori asosida yuritilgan. Banklar orqali o’zaro bir-birini qoplovchi hisob-kitoblar qilinibqarz qoplanmay qolgandagina oltin bilan to’langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |