Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari (ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj
topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri - Zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» ham isbotlaydi. Olingan ma’lumotlarda
«Avesto» kitobining muallifi Zardusht (m. o. 589-512 y.) bo’lganligi qayd etiladi. U
Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan ilohiyatchi,
faylasuf, shoir va
tabiatshunos olim bo’lgan.
“Avesto”ni tadqiq etgan ko’pchilik olimlar uni O’rta Osiyoda paydo bo’lgan
xulosaga keladilar. Xususan, zardo’shtiylik to’g’risida mukammal asar yaratgan
ingliz olimi Meri Bays “Avesto”ni Amudaryo sohilida paydo bo’lgan deb hisoblaydi.
Nemis olimi F.Al’txayn ham shunday fikrda bo’lgan.
“Avesto” turkizamin xududlarida, aniqrog’i Xorazm vohasida vujudga kelgan
eng qadimiy din, zardo’shtiylikning muqaddas kitobidir. Unda O’rta Osiyo, Erkin,
Ozarbayjon, Afg’oniston, Shimoliy Xindiston xalqlari
ajdodlarining iqtisodiy va
qadimiy ilohiy tasavvurlari, falsafiy-ahloqiy qarashlari o’z aksini topgan. Bu asarga
ko’ra, diniy e’tiqodning etakchi tushunchalari tarixiy shaxs Zaratushtra nomi bilan
bog’liq ravishda berilgan. «Avesto»da Zaratushtra urug’ining nomi, ota va onasining
ismlari, oilasi va farzandlari haqida ham ma’lumotlar bor. U kohinlar oilasida
tug’ilgan va o’rta hol xayot kechirgan. U Spitama avlodidan
kelib chiqqan, uylangan,
farzandlari bo’lgan. Abu Rayxon Beruniy hisobiga ko’ra Zaratushtra milloddan avval
592 yilda tug’ilgan va u 77 yoshda vafot etgan. «Avesto»ning hozirgi bizga ma’lum
bo’lgan qadimiy nusxasi 1324 yilda ko’chirilgan bo’lib, Kopengachenda (Daniya)
saqlanmoqda.
1
«Avesto» boshidan oxirgacha er yuzida adolat qaror topishi uchun kishilarning
rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’iy nazar ularning ro’shnoli hayoti
uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g’oyasi
bilan sug’orilgan. Unda xalqlarning qadimgi davrdagi
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy
qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o’z
aksini topgan. «Avesto»da Er dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar
bilan o’ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatning nomi ko’rsatilgan bo’lib,
ulardan to’qqiztasi (masalan, Sug’diyona, Marg’iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va
boshqalar) Markaziy Osiyo hududiga joylashgan.
«Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati ilgarilab rivojlana bordi.
Ko’chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi o’rnini o’troq
yashash
egallay boshladi, sug’oriladigan dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod
qishloqlarning paydo bo’lishi o’troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko’rsata
bordi. Ana shu o’troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar
keltirayotgan ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini
ko’rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati kattadir.
«Avesto»da «…
erga yaxshi, sog’lom urug’lar sepishdan ortiq savob ish
yo’q…» deb, xalq xo’jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi
ko’rsatib beriladi. «Olam go’zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki erga urug’
1
«Avesto» - ulkan ma’naviy meros. T., 2001 y. 4 bet.
9
qadabdiki,
u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo’lgina haqiqat bo’lib,
qolgani sarobdir», deyiladi unda. Qo’riq va bo’z erlarni o’zlashtirish, uni jamoa
o’rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat
tayyorlash, uy xayvonlarini va chorva mollarini ko’paytirishga ham alohida e’tibor
berilgan.
«Avesto»da er, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish og’ir gunoh hisoblanadi.
Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, atrof muhitga vaxshiyona
munosabatda bo’lmaslikka chorlaydi.
Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi:
«g’mon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom baquvvat
bolalarga ega bo’ladi… g’mon ovqatlanishdan odob-ahloq ham aynib ketadi. Agar
non mo’l-ko’l bo’lsa, muqaddas so’zlar ham yaxshi qabul qilinadi».
Bu erda biz
sog’lom avlod to’g’risida, iqtisodiy va madaniy, ma’naviy yuksalish o’rtasida o’zaro
bog’liqlik mavjudligi to’g’risida fikr yuritilganligini ko’ramiz. O’sha davrda aytilgan
bunday fikrlar, ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo madaniyatida yuqori yutiqlarga
erishganligidan dalolat beradi.
Bu noyob kitobda patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning tugatilishi davrida
iqtisodiy
tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi.
Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IX-VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,
madaniy, ma’naviy hayot haqida g’oyat muhim ma’lumotlar beruvchi xalqimizning
merosiy boyligidir.
10