munosabatlarining yig’indisi jamiyatning iqtisodiy tuzulmasini, real bazisini tashkil
etadi, yuridik va siyosiy ustqurma shu real bazis ustiga quriladi hamda ijtimoiy
ongning muayyan shakllari shu bazisga muvofiq keladi. Moddiy hayotni ishlab
chiqarish usuli umuman hayotning ijtimoiy, siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi
bo’ladi. Kishilarning ongi ularning borlig’ini belgilamaydi, balki, aksincha ularning
ijtimoiy borlig’i ularning ongini belgilaydi. Jamiyatning moddiy ishlab chiqaruvchi
kuchlari o’z taraqqiyotining ma’lum bosqichida mavjud ishlab chiqarish
munosabatlariga yoki – buning yuridik ifodasigina bo’lgan – mulkchilik
munosabatlariga zid bo’lib qoladi; ular shu paytgacha mazkur munosabatlar bag’rida
rivojlanib kelgan edi. Bu munosabatlar ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish
shakllaridan ularning kishaniga aylanadi. Ana shu vaqtda sotsial inqilob davri
boshlanadi. Iqtisodiy asos o’zgarishi bilan butun bir g’oyat katta ustqurmada ham
ozmi-ko’pmi tezlik bilan tub o’zgarish yuz beradi… Ayrim odam haqida uning o’zi
to’g’risidagi fikriga qarab xulosa chiqarish mumkin bo’lmagani singari, bunday
o’zgarish davri to’g’risida ham shu davrning ongiga qarab hukm chiqarish mumkin
emas. Aksincha, bu ongning sababini moddiy hayot ziddiyatlaridan, ijtimoiy ishlab
chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasida bo’ladigan
ixtiloflardan topmoq kerak… Burjua ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy ishlab
chiqarish jarayonining so’nggi antagonistik shakli hisoblanadi,… lekin burjua
jamiyatning bag’rida rivojlanayotgan ishlab chiqaruvchi kuchlari shu bilan birga bu
antagonizmni echish uchun moddiy sharoit yaratadi».
Demak, K.Marksning nazariy kontseptsiyasida ishlab chiqarish shakli o’zining
maxsus xususiyatiga, o’zining ichki mantig’iga ega. Ishlab chiqarishning rivojlanishi
bilan yangi munosabatlar kelib chiqadi. Ishlab chiqarish munosabatlari yig’indisi
jamiyatning moddiy bazisini tashkil etadi, unga jamiyat ustqurmasi: huquq,
idealogiya, siyosat, din va boshqalar bog’liq bo’ladi. Huquq, siyosat, din bazis
tomonidan boshqarilib turiladi. Ishlab chiqarish omillari yig’indisi jamiyatning ishlab
chiqaruvchi kuchlarini tashkil etadi. Industrial tizimi ishlab chiqaruvchi kuchlarining
muhim elimenti deb, K.Marks ishlab chiqarish vositalarini, eng avvalo, mehnat
qurollarini, mashina va asbob-uskunalarni hisoblagan. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi
kuchlarining rivojlanishi (ya’ni hozirgi zamon tushunchasida iqtisodiy o’sish) ishlab
chiqarish munosabatlarining (yoki sotsial-iqtisodiy tuzumning) takomillashuvini
taqozo etadi. U o’z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga faol aks
ta’sir ko’rsatadi, iqtisodiy o’sishiga imkon berishi yoki to’sqinlik qilishi mumkin.
Ijtimoiy organizmning ikki tomoni o’rtasidagi o’zaro aloqa juda murakkab, ko’p
qirrali va ziddiyatlidir. Iqtisodiyot yagona aniqlovchi omil hisoblanmaydi.
Jamiyatda amal qiluvchi sotsiologik qonunlar ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan
ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi hamda ideologik va siyosiy ustqurma bilan
bazis o’rtasidagi muvofiqlik printsipini ifodalab beradi. Bunday muvofiqlik
printsipining amal qilishi iqtisodiy o’sishga olib keladi, ishlab chiqarish
munosabatlarining iqtisodiy o’sishiga to’sqinlik qilishi esa bunday printsipning
buzulganligini bildiradi. Shu boisdan, K.Marks fikricha, ular ijtimoiy taraqqiyot
dialektikasiga muvofiq o’z o’rnini boshqa progressiv ishlab chiqarish
munosabatlariga bo’shatib berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: