J.S.Mill va ijtimoiy masalalar.
Ko’pchilik klassiklarning kontseptsiyasida mehnatning qiymati ishchining
hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan narsalarning qiymati bilan aniqlanadi. Ish haqi
talab va taklif nisbatiga bog’liq holda mehnat qiymati atrofida tebranib turadi. Bu
qonunning amal qilishi kishilarning xohishiga bog’liq bo’lmaydi va shuning uchun
yollanma ishchilarning ahvolini yaxshilash uchun yo’naltirilgan har qanday ijtimoiy
chora tadbirlar befoyda. Ishchilarning ahvolini yaxshilash iqtisodiyotda kapital
qo’yilmasini kengaytirish (mehnatga talab oshadi), yoki aholi o’sishini kamaytirish
(mehnat taklifi qisqaradi) bilan amalga oshirilishi mumkin. J.S.Mill dastlab ushbu
printsipni yoqlab chiqqan bo’lsada, ammo keyinchalik undan voz kechadi.
Sotsialistlar g’oyasining ta’siri va taqsimot qonunlarining tarixiy xarakterini
tan olishi (tarixiy bo’lganidan ularni o’zgartirish mumkin), ingliz iqtisodchisini
klassik maktabning bir qator qoidalaridan voz kechishga majbur etdi. U ijtimoiy
isloxotlarning keng dasturini ilgari surdi va o’z takliflarini bildirdi. Ular quyidagilarni
o’z ichiga oladi:
1. Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish yo’li bilan yollanma mehnatni
tugatish. g’llanish, J.S.Mill fikricha, mehnatga bo’lgan qiziqishni yo’qotadi.
Shuning uchun kapitalistik korxonalar o’rniga kooperativ birlashmalarni tashkil
etish zarur, unda ishchilar bir vaqtning o’zida mulk egasi ham hisoblanadi. U,
kasaba uyushmalarining rivojlanishi, kapitalistik korxonalarning foydasini
taqsimlashda ishchilarning ishtirok etishi tarafdori bo’lgan.
2. Er rentasini er solig’i yordamida umumlashtirish. Renta yollanma mehnat kabi
iqtisodiy erkinlik printsiplarga zid. Renta er egasiga emas, balki jamoaga (qishloq
kooperativlariga) yoki barcha jamiyatga tegishli bo’lishi kerak.
3. J.S.Mill mayda er egalarini qo’llab quvvatlaydi. Uning fikricha, o’z erida
ishlovchi ko’pchilik dehqonlar renta to’lashdan ozod, ular mustaqil va
tashabbuskor, shuningdek yollanma ishchilardan farqli ravishda haddan tashqari
o’z oilasini kengaytirishga moyil emas.
J.S.Mill o’zining ijtimoiy islohotlar dasturida «amaldagi individual erkinlik bilan
er sharidagi tabiiy boyliklarga egalik qilishning umumiyligini va mehnat
daromadlarida barchaning baravar ishtirok etishini birlashtirish»ga harakat qildi.
Bunda u go’yoki bir-biriga qarshi ikki yo’nalishni birlashtirmoqchi bo’lgandek
tuyuladi: iqtisodiy erkinlik printsipi bilan ijtimoiy adolat printsipini. Ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti tajribasi buning mumkin ekanligini ko’rsatib
berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: