Iqtisodiy talimot doc


A.Sen-Simon, Sh.Furye va R.Ouen iqtisodiy qarashlari



Download 1,61 Mb.
bet60/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

A.Sen-Simon, Sh.Furye va R.Ouen iqtisodiy qarashlari


Fransiyada burjua inqilobidan keyin kapitalizm yana tez rivojlandi. Jamiyat oldida doimiy ravishda ko`ndalang bo`lib qolgan yangi savollarga fransuz mutafakkiri Sen-Simon birinchi bo`lib javob berishga urindi.


Anri Klod de Rebrua Sen-Simon (1760-1825 yy.) Fransiya xayoliy sotsializmining namoyandasi bo`lib, 1789-1794 yillardagi fransuz inqilobi bilan zamondosh edi. U aristokratlar oilasidan kelib chiqqan bo`lib, quyidagi mashhur asarlarning muallifidir: "Sanoat sistemasi haqida", "Inson haqidagi fan ocherklari", "Sanoat yoki siyosiy, ma'naviy va falsafiy mulohazalar", "Yangi xristianlik" va boshqalar.
Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirmadi, balki asosiy e'tiborni ijtimoiy muammolarga qaratdi. U butun yaxshi jamiyat
to`g`risidagi umidini aql-idrokka, ma'rifatga bog`ladi; u insonning aql- idrokini tarixiy jarayonning to`la hokimi va rahbari sifatida bildi, jamiyatni yaxshi tarzda qayta qurish yo`llarini tashviqot qilishni esa o`z ta'limoti amalga oshirilishining bosh vositasi deb hisobladi.
Fransuz ma'rifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab chiqar- ishdagi inson faoliyati, mulkchilik formalari kabi iqtisodiy faktorlarga katta baho berdi. U "Ilk davr", "qulchilik", "O`rta asrlar", "Hozirgi davr" va "Oltin asr"larni alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarni ko`rsatib o`tdi. "Hozirgi davr" (ya'ni XIX asrning ikkinchi yarmi) o`tish davri deb belgilanib, "...bu davrda, deb yozadi Sen-Simon, olimlar, tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar shakllanadi, ular qirol hukumati bilan bir- galikda odil jamiyatni barpo etishlari kerak, bu esa o`z navbatida "Oltin asr"ga kirib kelishni ta'minlaydi."
Sen-Simon o`zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib, hozirgi davrni o`rganib borish uchun o`tgan davrga nazar tashlash kerakligini aytib, "har bir alohida olingan davr mulohazasida juda yuzaki, hatto noto`g`ri xulosalarni beradi, so`nib borayotgan o`tmish qoldiqlari tug`ilib kelayotgan kelajak bilan qorishtirib yuboriladi", deb ko`rsatadi.
Tarixiyligiga qaramay Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish kon- sepsiyasi idelistik edi, chunki uning asosini fan taraqqiyoti, ong va g`oyalar ravnaqi tashkil etardi.
236
Lekin uning idealistik tarixiy konsepsiyasida ayrim materialistik fikrlar ham yo`q emas. Jumladan, Sen-Simon shaharlar, sanoat va savdoning rivojlanishi burjuaziyaning shakllanishiga sabab bo`lganligini, iqtisodiy holat esa, mulkchilikka tobe' bo`lgan, o`ziga xos ijtimoiy-tarixiy formalarni vujudga keltirishini aytib o`tadi. "Hokimiyat va boshqaruniv belgilovchi qonun ham, - deb yozadi u, - mehnat farovonligini to`liq ta'minlay oladigan mulkchilik va undan foydalanishni belgilovchi qonundek katta ahamiyatga ega emas" (Haqiqatdan ham, hozirgi vaqtda respublikamiz va qo`shni mustaqil respublikalar iqtisodiy taraqqiyotida mulkchilik va mulkchilik formalari haqida qabul qilingan qonunlar ahamiyati kattaligini eslang).
Sen-Simnning bo`lajak adolatli jamiyati industrial sistema deb nomlanib, u industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi bazasi asosida rivojlanadi, sanoat - alohida reja asosida, boshqaruv esa yagona industrial markaz orqali amalga oshiriladi deb hisoblagan edi.
Sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlarni taqsimlash olimlar tomonidan olib boriladi. Katta tajribaga ega bo`lgan sanoat kapitalistlari boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg`ul bo`ladilar, ishchilar esa ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat qilishlari zarurdir.
Sen-Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda, ayniqsa sanoatda anarxiyaga (hokimiyatsizlikka) yo`l qo`yilmasligiga va reja asosidagi markaziy boshqaruvga katta e'tibor berishni taklif etadi. Sen- Simon qarashlariga ko`ra, erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzim bu tugab borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o`tish davridagina emas, balki inqilobiy harakatlardan holi minch va tez sur'atlarda ijtimoiy tenglikka asoslangan "industrial jamiyat"ga o`tish davri hamdir. Adolatli "industrial jamiyat" qurilishi haqidagi o`zining mulohazalarida u ilmu-fan va ilg`or nazariyalarga yuqori baho berib, bo`lg`usi yangiliklarni tarixiy muqarrar deb hisoblaydi. Shu bilan bir qatorda Sen-Simon o`zining "industrial jamiyat" ida boshqa xayoliy sotsialistlar kabi qarama-qarshi sinflarni yo`qolib ketishi va xokimiyat tomonidan siyosiy funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta e'tibor berishini taxmin qiladi. Lekin shuni alohida qayd etish zarurki, xayoliy sotsializmning boshqa barcha vakillardan farq qilib Sen-Simon sotsializmda xususiy mulkchilik bo`lishini inkor etmaydi, balki aynan xususiy mulkchilik va undan foydalanishni tartibga soladigan qonun zarurligini ko`rsatib o`tadi.
Shuningdek, olim o`z qarashlarida anarxiyaga insonlarga ziyon yetkazuvchi boshqaruv deb qarab uni tanqid qiladi. U mavjud o`zgarishlar
237
tezlik bilan rivojlanib davlatning to`liq kamolatini ta'minlaydi, insonlar esaerishishlari mumkin bo`lgan tenglik va ayniqsa mo`l-ko`lchilikka faqat shu "industrial jamiyat" yordamida yetib boradilar deydi. Garchi Sen- Simon yangi ijtimoiy tuzumning haddan tashqari mujmal manzarasini tasvirlagan, shu jamiyatga borishning noto`g`ri yo`lini ko`rsatgan bo`lsa ham, uning ba'zi taxminlari katta kelajakka molik edi. U proletariatning nazariyotchisi emas edi va shu sababli uning tarixiy rolini tushunmadi. Ayni vaqtda u ishchilar ahvolining naqadar og`irligini ko`rdi. "Mening maqsadim,- deb yozgan edi u, - Yevropadagina emas, butun dunyoda ham shu sinfning qismatini yengillashtirishdan iborat". U davlatni "odamlarni boshqarish quroli"dan ishlab chiqarishni tashkil etish, fan va san'at taraqqiyotini ta'minlash, ya'ni "narsalarni boshqarish quroli"ga aylantirish, tartib, osoyishtalikni nazorat qilishni esa jamoatchilikka topshirish kerak degan g`oyani ilgari surdi. Sen-Simonning yangi industrial sistemasi sotsialistik jamiyat emas edi, chunki unda xususiy mulkchilik, kapital jamg`arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi.Bu esa o`z navbatida umumxalq mehnatiga asoslangan rejali keng ishlab chiqarishni inkor etadi.
Sen-Simon asarlarining asosini kapitalizmni tanqid tashkil etadi. U ishlab chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat, xalq ommasining qashshoqlashuvi va ishchilarning ayanchli ahvoldaligini kapitalizm illati deb hisoblaydi. Olim ishchilar, kapitalistlar va savdogarlarni bir sinf vakillari deb, ularni industriallar deb atadi. Feodal jamiyatining hokim sinflari bo`lgan dvoryanlar, ruhoniylar va boshqa amaldorlarni esa befoyda, keraksiz sinflar deb hisobladi. Shuni aytish kerakki, Sen-Simon kapitalizmni ilmiy ravishda tanqid qilmadi. U burjua jamiyati bo`ysunishi zarur bo`lgan iqtisodiy qonunlarni e'tibordan chetda qoldirdi.
Sen-Simon ta'limotlarini tashviqot qilishda uning shogirdlari O.Rodrig, V.Anfonten va O.Bazarlar katta rol o`ynadilar. Ular "Sen-Simon ta'limoti" kitobini nashr qildirib, uning nazariy qarashlarini boyitdilar. lekin bu olimlar ham burjua jamiyatining asosiy sinflari va ular o`rtasidagi sinfiy kurash mohiyatini to`liq tushunmadilar, natijada XIX asrning 30-yillariga kelib, Sen-Simon maktabi tor doiraga aylandi va tarqalib ketdi.
Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyandasi Fransua Mari Sharl Furyedir (1772-1837 yy.). U Bezanson shahrida savdogar oilasida dunyoga kelib, butun hayoti
238
mobaynida savdo bilan shug`ullandi. Bo`sh vaqtlarida o`z ma'lumotini to`ldirib, mustaqil ravishda fizika, astronomiya va falsafa fanlari bilan shug`ullandi, ijtimoiy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Sharl Furye o`zining "To`g`ri harakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi", "Umumiy birlik nazariyasi", "Savdo qallobligi haqida", "Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo" nomli asarlari va qator maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. Uning tasvirlashicha, inson o`zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o`rnatish kerakki, bu tuzum insonning kamol topishiga, ehtiroslarini to`liq namoyon qilishiga, ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish