Iqtisodiy talimot doc


F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi



Download 1,61 Mb.
bet32/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi.


Uning "Iqtisodiy jadval" asaridagi g`oyalar


(1694-1774 yy.) har tomonlama keng bilimli olim bo`lib, Versal yaqinida kambag`al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan meditsi- naga havas qo`ydi, qishloq jarrohidan dars oldi, tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo`ldi va Versal saroyiga (Ludovik XV qirol saroyiga) o`tdi. 1718 yilda vrachlik kasbini oldi. 1744 yilda med- itsina doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752 yildan esa Ludovik XV xonadonida tabiblik qildi (Leybmedik). Tibbiyot va biologiyaga oid ko`pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshdan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug`ullana
boshladi.

dastlabki iqtisodiy m
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, F.Kenyening iqtisodiy g`oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. Bizningcha, bu yerda obyektiv iqtisodiy informatsiya yetarli bo`lgan va olim ulardan yaxshi foydalanib o`z ta'limotlarini yaratgan. 1766 yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo`lgan edi. Didro va D`Alamber tomonidan chop etilgan "qomus"da F.Kenyening aqolalari: "Fermerlar", "Don", "Aholi", "Soliqlar"
paydo bo`ldi (1756-1757yy). 1758 yilda uning asosiy va eng muhim asari - "Iqtisodiy jadval" kitobi dunyoga keldi. F.Kenye bu asarlarida fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasturini ta'riflab berdi. Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning taniqli davlat arbobi A.Turgo (1727-1781 yy.) davom ettirdi. Fiziokratizm g`oyalarini (ayniqsa F.Kenye ta'limotini) Dupon de Nemur, D`Alamber, V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ`ib etdilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o`sha davr tili bilan aytganda "iqtisod- chilar maktabi" tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70 yillariga to`g`ri keladi.
Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi muammolari tadqiqot predmeti sifatida qaraladi. Shu bilan birga, xalq xo`jaligi tarmoqlarining o`zaro chambarchas bog`liqligi deyarli e'tiborga olinmaydi
133
F.Kenye "tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning us- lubiy platformasi edi ("tabiiy huquq" konsepsiyasini eslang), bunda u paydo bo`layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosining stixiyali o`zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni qo`llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istar edi. Iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak xohishiga bog`liq bo`lmagan tabiiy jarayon bo`lib, uning ma'lum qonuniyatlarga bo`ysunishini tan olish fiziokratlarn- ing so`zsiz yutug`i edi. Bu qonunlar ularning fikricha tarixiy bo`lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapital- istik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko`p jihatdan isbotlamoqda).
F.Kenye almashuvning ekvivalentligi ta'limotini ilgari surdi. U al- mashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni hech narsa ishlab chiqarmaydi, deb hisoblagan. Erkin raqobat sha-roitida al- mashuv sohasida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro`y beradi. Bu qiymat tovarlarda ular bozorlarga kirmasdan oldin ham mavjud bo`ladi (V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo`ladi, degan fikri noto`g`ridir). Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida boylik yaratilmaydi va foyda paydo bo`lmaydi. Almashuvning ekvivalentligi to`g`risidagi ta'limot mekantilistlarning qarashlarini inkor etish uchun nazariy asos bo`ldi. Bu holat shu bilan birga fiziokratlardan boylik man- bayini muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo, F.Kenye miqdorli qiymatlarning almashuvi sababini to`g`ri tushuntirib bera olmadi, chunki qiymat nazariyasi hali to`la ishlab chiqilmagan edi va u qiymatni ishlab chiqarish harajatlari bilan aynan bir deb hisobladi.
Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida "sof mahsulot" to`g`risidagi ta'limot markaziy o`rinni egallaydi. F.Kenye yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish harajatlari o`rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, boshqacha qilib aytganda bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha mahsulotdir. F.Kenye "sof mahsulot" faqat qishloq xo`jaligida, dehqon- chilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta'sirida iste'mol qiymatlari miqdori ko`payadi, deb ta'kidlaydi. Sanoatda esa iste'mol qiymatlari faqat turli kombinatsiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o`zgaradi, lekin uning miqdori ko`paymaydi, shuning uchun "sof mahsulot" paydo bo`lmaydi va boylik yaratilmaydi (kuchli, ammo noto`g`ri mantiq bor).
A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) unumsiz, foyda bermaydigan sinf deb qaralgan. Aslida esa fiziokratlar bu
134
sinfning borligini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga sof qo`shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. A.Turgo esa bu sinfga yuqori baho berib, "haq to`lanadigan sinf" deb qaraydi.
Fiziokratlar qiymatni iste'mol qiymatiga, hatto tabiat mahsulotiga tenglashtirganlar (almashuv qiymati ham bor). Ularni faqat miqdoriy soha, ya'ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste'mol qiymatlarining ortiqcha qiymati (iste'mol qilingandan ortig`i) qiziqtirgan. Bu narsa asosan dehqon- chilikda aniq namoyon bo`ladi. Ammo F.Kenye ta'limotining boshqa to- moni ham bor, uning fikricha "sof mahsulot" miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog`liqdir, bu chiqimlarga xom ashyo sarflari, materiallar va ish haqi kiradi. Materiallarning qiymati belgilanganligi tu- fayli, ish haqi tirikchilikning minimum harajatlariga keltirilgan ekan, "sof mahsulot" (qo`shimcha qiymat) qo`shimcha mehnatning samarasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, fiziokratlarda qo`shimcha qiymat tushun- chasi qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni tabiatning sof hadyasi ham- dir, ya'ni dehqonlarning qo`shimcha mehnati natijasidir, deb qaraganlar (qo`shimcha qiymat yaratishda tabiat ham ishtirok etadi). Fiziokratlarning bunday fikrlashi qiymatning ijtimoiy tabiatini tushunmaslikdan va qiymat tushunchasini iste'mol qiymati bilan qorishtirib yuborish oqibatida yuzaga keldi. Foyda tushunchasi mustaqil kategoriyaga ajratilmagan, hatto inkor etilgan. Renta qo`shimcha qiymatning yagona shakli sifatida qabul qilin- gan ekan, foyda ishlab chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi bo`lishi mumkin edi. Ular foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar, foyda go`yoki odatdagi ish haqidan o`zining kattaroq miqdori bilan farq qilgan va u kapitalistlar tomonidan foyda sifatida to`la iste'mol qilingan.
Fiziokratlarning "unumli" va "unumsiz" mehnat to`g`risidagi ta'li- moti "sof mahsulot" to`g`risidagi ta'limot bilan chambarchas bog`liq bo`lib, uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda ular "sof mahsulot" yaratuvchi mehnat unumli bo`ladi, ya'ni qo`shimcha qiymatni yaratadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati to`g`risidagi masalaga prinsipial to`g`ri yondashish yo`li edi. Ammo renta qo`shimcha qiymatning yakkayuyagona aniq shakli sifatida tan olinganligi sababli dehqon mehnati birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanadi, ishlab chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat "unumsiz", ya'ni samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat tur- lariga qarshi qo`yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarish- ning qaysi sohasida qo`llanmasin, qo`shimcha qiymat yaratadi, demak bu ham mehnat, bu soha ham unumli mehnatdir.
135
F.Kenye "sof mahsulot" to`g`risidagi o`z qarashlari asosida jami- yatni uch sinfga bo`ladi: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unum- siz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo`jalik ishchilari ham, fermer- lar ham, ya'ni uningcha "sof mahsulot" yaratuvchilarning hammasi kiradi. Yer egalari "sof mahsulot" yarat-maganligiga qaramasdan, shu bilan birga bu mahsulotning iste'molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to`lovi sifatida oladilar. Samarasiz, "unumsiz" sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular "sof mahsulot" yaratmaydilar.
Jamiyatning sinfiy tuzilishi to`g`risidagi bu ta'limotning asosiy kamchiligi shuki, F.Kenye yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko`ra bil- maydi, to`g`rirog`i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yol- lanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o`sha davrda kam bo`lsa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabat- lar rivojlanmaganidan burjua jamiyatining boshqa sinflarga qarshi tura oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi. Sinflar to`g`risidagi ta'limotning bu kamchiliklaridan qat'i nazar, jamiyatni sinflarga bo`lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko`rsatishga urinish ijobiy voqea hisoblanadi.
Fiziokratlarning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilar- dan bo`lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita "kapi- tal" so`zi qo`llanilmagan, ammo yerlarning zaxini qochirish, ya'ni yer si- fatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona uchun ma'lum tipdagi dastlabki avans (bo`nak) hamda urug`lik va ishchibatraklarga beriladigan avans boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan harajat bir necha yilda bir marta bo`lib, o`z-o`zini asta-sekin qoplaydi (asosiy kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo`lib, har bir hosil tufayli qoplan- gan. Shu sababli F.Kenye ularni dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtayi nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb atadi. Bu g`oya A.Smit tomonidan rivojlantirildi. Bu o`sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Shunisi muhimki, aylanma kapital bilan birga asosiy kapital ham doim harakatda deb qaraladi. Dehqonchilikda qo`llaniladigan kapi- talning moddiy elementlariga qishloq xo`jaligi qurollari va inventar, mol, urug`lik, odamlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. F.Kenye merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bilan aynan bir deb hisoblaganlar), pullarning o`zi emas, balki pulga olinadigan ishlab chiqar- ish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo kapitalning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy elementlari sifatida, kapi-
136
talistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan ajral- gan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya'ni tarixiy bo`lmagan kate- goriya deb ko`rsatiladi.
Ishlab chiqarish chiqimlari (xarajatlari)ni tadqiq qilish orqali kapi- talning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo`ldi, bunda kapi- talning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlang`ich avans (bo`nak) hisoblanib, unga qishloq xo`jalik inventari, qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarflar kiradi, shulardan 10 foizi yillik amortizatsiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapitalning boshqa qismiga urug`lik olish, asosiy qishloq xo`jalik ishlari, ishchi kuchi uchun harajatlar kiradi.
Boshlang`ich avans bilan bog`liq kapital sarfi ishlab chiqarish sikli bir qancha (qator yillar) ichida to`la aylansa, yillik avansga sarflangan kapital esa bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to`la aylanadi. Bu yerda amalda doimiy va aylanma kapital to`g`risidagi g`oya berilgan, ammo bu tushunchalar boshqa so`zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi diqqatga sazovorki, F.Kenye kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo`lganda faqat ishlab chiqarish kapitali bilan bog`lagan holda bergan, uni muomala kapitali (savdo kapitali) bilan qo`shib yubormagan. Shu sababli u pul va tovarni ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmas- dan, to`g`ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma kapitalga oid muammoni nazariy jihatdan yechishga asos soldilar.
F.Kenye iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko`rsatish uchun bir- inchilardan bo`lib urinib ko`rdi. U o`sha davr jamiyati fuqarolarini uch sin- fga bo`ladi: birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda "Iqtisodiy jad- val"da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot- ning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko`rsatilgan, buning oqibatida ishlab chiqarishning avvalgi hajmida qayta boshlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
"Iqtisodiy jadval"ning bir necha variantlari mavjud, biri Versalda 1758-1759 yillarda chop etilgan. 1894 yilda bu jadvalning boshqa varianti topildi. Birinchi variant bo`yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi quyidagicha ro`y beradi. qishloq xo`jaligida yaratilgan jami qimmat 5 mingga teng bo`lib, shundan 3 mingi yerni ishlashga ketgan xarajatdir. Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital uchun foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni
137
(asbob-anjomni) ta'mirlash uchun kerakli asbob-uskuna olinadi. Bu yerda fermerlar faqat "boshqarish uchun haq olganliklari" sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki yerdir. qoldiq esa yer egasiga renta sifatida to`lanadi.

“Yillik bo`nak” Yer egasi daromadi Unumsiz sinf


bo`naklari

Yer egasi daromadi va boshlang`ich bo`nak foizlarini to`lash uchun foy- dalaniladigan summa- lar


Yillik bo`naklarning qoplanishi


2 ming

1 ming


1 ming





  1. ming

  2. ming

2 ming 1 ming

1 ming


1 ming



Yakun 5 ming 2 ming



Izoh: Strelkalar xarajatlarning yo`nalishini ko`rsatadi
Bundan bir ming kelasi yil aylanma capital sifatida reinvestitsiya qilinadi




Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish