Iqtisodiy talimot doc


Klassik (mumtoz) iqtisodiy maktab paydo bo`lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning xarakteristikasi



Download 1,61 Mb.
bet28/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Klassik (mumtoz) iqtisodiy maktab paydo bo`lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning xarakteristikasi


Merkantilizm o`rniga klassik (lot. namunali, haqiqiy) iqtisodiy maktab vujudga keldi. Chunki, avvalgi ta'limot sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob bermay qo`ydi ("Klassik maktab" atamasi K.Marks tomonidan berilgan). Paydo bo`layotgan yangi muammolarni hal etish yangi yo`nalish tarafdorlari zimmasiga to`g`ri keldi. Uning namoyandalari o`z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib kishilikning ishlab chiqarish sohasini oldilar va kapitalizmni ilmiy tahlil qilish bo`yicha dastlabki muhim qadamni qo`ydilar. Klassik maktab ishlab chiqarishning yangi usuli shakllanayotgan va mustahkamlanayotgan davrda vujudga keldi. Kapitalizm ayrim mamlakatlarda tarixiy shart-sharoitlarga mos ravishda feodal munosabatlarning saqlanganlik darajasiga qarab turlicha rivojlandi. Bu jarayonlar dastlab XVI asrda Angliyada ro`y bera boshladi. Feodalizm yemirilib, uning zaminida kapitalistik, ya'ni bozor munosabatlar shakllana bordi. Uy hunarmandchiligi o`rniga manufakturaning kirib kelishi katta ijobiy voqea bo`ldi. Tarix, xalq xo`jaligi tarixi va boshqa ijtimoiy fanlarni o`qiganda hunarmandchilik, sex va manufaktura nima ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir


111
odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xomashyoni tayyorlash, qayta ishlash, sotish...), unda aniq mehnat taqsimoti yo`q, manufakturada esa (manu - qo`l, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti, kooperatsiya, yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari paydo bo`ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi (yer yirik lendlordlar qo`liga o`ta boshladi) ro`y berdi, yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga keldi (ular yerni lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga olgan), ular yollanma mehnatdan (krepostnoylik emas) keng foydalangan, keyinchalik texnikani, ilmiy texnika yangiliklarini keng qo`llaganlar. Agrar inqilob, islohot nomini olgan bu o`zgarish manufaktura sanoatining rivoji bilan bog`liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to`qish asosiy edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab oshdi, uni qondirish uchun, sanoat uchun kerakli xom ashyo bazasini yaratish talab qilindi. Xom ashyo esa jun bo`lib, qo`ylardan olinardi. Manufaktura rivojiga jun kerak, buning uchun qo`ylar sonini oshirish talab etildi, ko`p qo`y boqish uchun esa yangi keng yaylovlar zarur, oqibatda chakalakzor, botqoq, bo`z yerlar chegaralanib ("yerlarni chegaralash" degan ibora shundan kelib chiqqan) yaylovga aylantirildi, Dehqon (yomen)lar o`z yerlaridan haydab chiqarildilar, yerlari esa tortib olinib, yaylovlarga aylantirildi. Bu jarayonning muhim ahamiyati bor: 1. manufaktura (sanoat) uchun xom ashyo ko`paydi; 2. sanoatga ko`p va arzon ishchi kuchi yetkazib berildi ( yerdan mahrum bo`lgan, haydalgan dehqonlar ish qidirib shaharlarga borganlar). Oqibatda sanoat tez o`sa boshladi, yangi sinflar paydo bo`ldi. Demak, sanoatdagina emas (manufaktura), qishloq xo`jaligida ham kapitalistik munosabatlar g`alaba qozondi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yo`l ochib berildi. Lekin ko`plab dehqonlarning ekspropriatsiya qilinishi (yersizlantirilishi), ularni zo`rlik yo`li bilan yollanma mehnatga jalb etilishi (chunki boshqa iloj yo`q) qarama- qarshilikni kuchaytirdi, oqibatda 1641-1660 yillarda Angliyada inqilob bo`lib o`tdi. XVII asrdagi Niderlandiya keyingi ikkinchi bu inqilob burjua inqilobi bo`lib, u Angliyadagi feodal jamiyatga chek qo`ydi. Angliya respublika deb e'lon qilindi, parlament vujudga keldi, demokratik jarayon kuchaydi.
Angliya iqtisodiyotida, sohibkorlarning boyishida mustamlakachilik siyosati katta o`rin egalladi. Gollandiya, keyinchalik Fransiya ustidan dengizda erishilgan g`alaba tufayli Angliya jahondagi eng yirik va kuchli dengiz davlatiga aylandi. Inqilobgacha va to 1830 yillargacha bu yerda proteksionizm (savdoda chetga ko`proq chiqazib,
112
chetdan kamroq kiritish) siyosati (eksport importdan ko`p) o`tkazilgan, bu esa savdoning (ayniqsa o`z mustamlakalariga) keskin o`sishiga olib keldi. Demak, savdo, tovar-pul munosabatlari ham keskin oshdi.
Xalq xo`jaligining yuksak rivoji ilmiy kashfiyotlarni taqozo etdi. Shu davrda Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa mexanika, astronomiya va fizika tez rivoj topdi. Bu davrning eng buyuk vakili Isaak Nyutondir (1643- 1727yy.), Tomas Gobs (1588-1679yy.) ingliz faylasufi, mexanistik materializm sistemasining asoschisi sifatida katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, jamiyat mexanizmga o`xshash narsa, uning oddiy elementi inson degan g`oya yotadi. "Inson insonga bo`ri" iborasi shu olimga tegishli, uningcha egoizm insonni harakatlantiruvchi kuchdir. Bu olimda tarixga zid fikrlar mavjud bo`lishiga qaramay, uning fikricha, ijtimoiy hayotda ham xuddi tabiatdagi kabi obyektiv qonuniyatlar mavjuddir. Ana shunday sharoitda klassik iqtisodiy maktab shakllandi va rivojlandi.
Bu davrda merkantilizm ta'limoti talabga javob bermay qo`ydi va uning buzilishi ro`y berdi.
Merkantilistlardan farqli ravishda (ular iqtisodiyotning faqat muomala sohasinigina tahlil etganlar), klassik maktab namoyandalari feodalizm o`rniga kelgan nisbatan progressiv kapitalistik munosabatlarning ichki iqtisodiy aloqalarini o`rgandilar va o`z tadqiqotlarini asosan ishlab chiqarish sohasiga ko`chirdilar. Klassik iqtisodiy maktab deganda V.Pettidan boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi, bu ta'limot ishlab chiqarishdagi bozor munosabatlarining ichki aloqadorligini o`rganadi va tahlil etadi. V.Petti klassik maktab otasi va statistikaning kashfiyotchisidir. Angliyada V.Petti, Fransiyada P.Buagilber shu maktabning boshlovchilari bo`lsa, Fransiyada shu maktabning bir yo`nalishi bo`lgan fiziokratlar vujudga keldi (F.Kenye, A.Turgo) va u A.Smit, D.Rikardolar bilan yakunlanadi. Bu davr kapitalistik munosabatlar rivojiga yo`l ochib berdi. R.Xeylbroner va L.Turoularning fikricha ("Эко- номика для всех"), ishlab chiqarish omillari vujudga keldi: mehnat, yer va kapital tovarga aylantirildi, bungacha ular tovar bo`lmagan. Hozirgi davr tili bilan aytganda, bozor tizimi, bozor jamiyati barpo etila boshlandi.
Yangi ta'limotning klassik (mumtoz) deb atalishiga sabab avvalo shuki, hozirgi iqtisodiyotning asosida yotuvchi ko`pgina nazariya va metodologik qoidalarning haqiqiy ilmiy xarakteri bilan izohlanadi. Mana shu maktab namoyondalarining xizmatlari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan darajasiga ko`tarildi. Erkin xususiy tadbirkorlikning ahamiyati isbotlab berildi. P.Samuelson fikricha, yangi ta'limot to`la laisser faire (ya'ni tadbirkorlik faoliyatiga davlatning mutlaq aralashmasligi) sharoitiga
113
o`tishga va voqealarning boshqacha rivojiga olib keladi va faqat XIX asrning oxirlarida deyarli barcha mamlakatlarda davlat iqtisodiy funksiya- larining doimiy kengayishi ro`y berdi. Bu ta'limot namoyondalari Angliyada V.Pettidan to D.Rikardogacha, Fransiyada P.Buagilberdan S.Sismondigacha (XIX asrning o`rtalarigacha) yangi jamiyatning haqiqiy ishlab chiqarish munosabatlarini tadqiq etdilar. Ularning fikricha, erkin xo`jalik faoliyatida shu davrdagi tuzum mukammal deb qaraladi.
Ya.S.Yadgarov klassik maktab rivojlanishida (ma'lum shart bilan) 4 bosqichni ajratadi: 1-bosqich XVII asr oxiri - XVIII asr boshiga to`g`ri keladi. Bu bosqichda merkantilizm ta'limotining xatolari yoritib beriladi va uning asoschilari V.Petti va P.Buagilber bir-biridan bexabar qiymatning mehnat nazariyasini ilgari surdilar va har qanday qiymatning manbayi va o`lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi. Boylik va farovonlik muomala sohada emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko`rsatiladi.
Bu bosqich XVIII asr o`rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kenye va A.Turgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi. Sof mahsulot (milliy daromad) manbayini qidirish orqali asosiy e'tiborni mehnat bilan yerga qaratdilar. Merkantilizm tanqid qilinib, tahlilda ishlab chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to`la ajratib qo`yilgan.

  1. bosqich XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to`g`ri kelib, A.Smit asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarda aks etgan.

  2. bosqich XIX asrning 1-yarmiga to`g`ri kelib, fransiyalik J.B.Sey va F.Bastiya, inglizlar D.Rikardo, T.Maltus va N.Senior, amerikalik G.Keri va boshqalar asarlaridagi g`oyalar bilan bog`liq.

  3. yakunlovchi bosqich XIX asrning 2-yarmiga to`g`ri keladi va J.S.Mill g`oyalarida o`z nihoyasiga yetadi. K.Marks ham shu bosqich vakili sifatida qaraladi, lekin bizning fikrimizcha, bu unchalik to`g`ri emas. Bu bosqichlarning xususiyatlari tegishli boblarda yoritiladi.

Bizning kitobimizda sotsialistik g`oya vakillari bozor iqtisodiyotiga muqobil ta'limotlar guruhida qarab chiqiladi, chunki bu olimlarning asosiy fikri xususiy mulkchilikka va bozor stixiyasiga qarshi chiqib, yangi sotsialistik va kommunistik jamiyat yaratish bo`lgan.



      1. Download 1,61 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish