Iqtisodiy talimot doc


Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi. P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari



Download 1,61 Mb.
bet30/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

6.3. Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi. P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari


Agar Angliyada klassik iqtisodiy g`oyalarning boshlanishi V.Petti nomi bilan bog`liq bo`lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, bu g`oyalar Angliyada Rikardo bilan intihosiga yetgan bo`lsa, Fransiyada Sismondi bilan yakunlanadi.


Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo`lib, qirollar ("qirol - quyosh - Ludovik XIV") va uning atrofidagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo`jaligining ziyoniga o`tkazildi, feodal munosabatlar to`la saqlab turildi (eslang, Angliya burjua inqilobi XVII asrda bo`lib o`tdi, vaholanki Fransiyada bu inqilob XVIII asr oxirida ro`y berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to`siq edi. Manufakturalar paydo bo`ldi, ammo rivoj topmadi. Sex tizimi saqlangan bo`lib, rivojga to`siq edi.
Yer masalasi to`la hal etilmadi, "Senyorsiz yer yo`q" tamoyili saqlandi, mayda yer egaligi, dehqonlarning turli soliq va yig`imlarga mahkum etilganligi ularni bu tizimda yerni yaxshilash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag`batlantirmas edi, vaholanki, aholining 3/4 qismi dehqonlar bo`lib, ular bu sohada tushkunlikda edi. Shu sababli, bu sohada islohotlar o`tkazish zarur bo`lgan, ammo unga shu davrdagi tizim halaqit berardi. Ichki bozor tor bo`lib, kapitalistik tadbirkorlikning o`sishiga yo`l bermasdi. Bu sinf asosiy soliq to`lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq to`lamagan, shahar burjuaziyasi hali nisbatan kam sonli, soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi.
Yana bir muhim to`siq - bu urushlar edi. Fransiya olib borgan urushlar tufayli mablag`larning asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. qi- rol saroyidagi bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon keltirar edi.
Demak, Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida feodal muno- sabatlar o`zining cho`qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring), va- holanki Angliyada burjua inqilobi bo`lib, kapitalistik munosabatlar tez shakllana boshladi. Fransiyada yuqori tabaqa barcha yerning egasiga ay-
123
landi, dehqonlar shaxsan ozod bo`lsalar ham, feodal majburiyatlar ni- hoyatda ko`p edi. Xo`jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin rivo- jlandi, ichki bozor hiyla tor edi, xalq xo`jaligida natural xo`jalik asosiy bo`lib, sanoat rivoji past bo`lgan. Faqat zeb-ziynat buyumlari va parfum- eriya mahsulotlari tayyorlash bo`yichagina Fransiya Yevropada yuqori o`rinda edi.
Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri - XVIII asr boshi- dagi sotsial-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi asoschilaridan biri bo`lgan Pyer Buagilber (1646-1714) ning iqtisodiy qarashlariga katta ta'sir ko`rsatdi. Pyer Lepezan - iqtisodchining asl famili- yasi bo`lib, de Buagilber - bu oila yer pomest'esining nomi edi. Lekin tarixda Pyer Buagilber nomi saqlanib qoldi. Pyer Lepezan de Buagilber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma'lumot olgach, adabiyot bilan shug`ullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-hunar sudya (hakam) lavozimini egalladi; dehqonlar ishini olib bordi; o`z ko`zi bilan ularning nochor ahvoliga guvoh bo`ldi; u bu lavozimni umri oxirigacha saqlab qoldi va katta o`g`liga topshirdi; o`zini "qishloq xo`jaligining advo- kati - himoyachisi" deb atadi.
Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boyligi kon- sepsiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massasi bilan emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, non, vino, go`sht, kiyim-kechak va boshqalardan iboratdir. Hatto yerga va pulga egalikning o`zi boylikni ta'minlaydi. Agar yer ishlanmasa, pul esa hayot uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak) aralashtiril- masa bunday "boylik" egasi qashshoqlikka mahkum etiladi.
Shu sababli jamiyatda pulni ko`paytirish emas, balki ishlab chiqar- ishni o`stirish masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi hisoblanishi kerak.
Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos:
·erkin raqobat sharoitida iqtisodiyotda avtomatik mo`'tadillik mavjud bo`ladi;
·tovarlar va xizmatlar qiymati (qimmati) ni belgilashda xarajatlar qoidasiga amal qilinadi;
·milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat manfaatlaridan ustunligi tan olinadi;
·xo`jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga yetarli baho berilmaydi va boshqalar.
Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo`li bilan qishloq xo`jaligining roli ataylab mutlaqlashtirgan.
124
Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat (egoizm)ning jamiyat uchun ahamiyatini ko`ra bildi.
1691 yilda u Fransiyani og`ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini taklif etdi. Dastlabki fikrlari bo`yicha turli islohotlar o`tkazib (ular burjua- demokratik xarakterga ega bo`lishi kerak edi), 1707 yilda esa uning g`oyalari yetilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi:

  1. Soliq tizimini o`tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq barchaga te- gishli bo`lishi kerak edi.

  2. Ichki savdoni har xil cheklashlardan ozod qilish (ichki savdo erk- inligi); bu chora ichki bozorni kengaytirish, mehnat taqsimotining o`sishini ta'minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi;

  3. Donning erkin sotilishiga yo`l berish, donga tabiiy baho ta'sirini cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun'iy ravishda baho bel- gilangan bo`lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas edi, don yetishtirish o`smay qo`ygan edi. Buagilberning fikricha, iqtisodiyot erkin raqobat sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida "haqiqiy qiymat"ga ega bo`lishi kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlarga homiylik qilishi zarur, deb hisobladi.

Bu islohotlar mamlakat va xalq farovonligini oshirish va xo`jalikni rivojlantirishning boshlang`ich shartlari bo`lishi kerak edi. Buagilber o`z g`oyasini reklama qilish maqsadida bu islohot bu oyda qirolga kerak bo`lgan summani yetkazib beradi, degan fikrni tarqatdi. Vazirlar esa ikki soat davomida kerakli qator qonunlarni tayyorlashi mumkin va xo`jalik "xuddi hamirturushdagi kabi" tez o`sadi, deydi u. U o`z takliflari bilan bir necha bor murojaat qildi. Ammo, uning bu harakatlari zoye ketdi. U o`z g`oyalarini kitoblarda bayon etdi va bu kitoblarni nashr ettirdi. Uning asosiy iqtisodiy asarlari "Fransiyaning to`la tavsifi", "Fransiya to`g`risida varaka", "Boyliklar tabiati to`g`risida traktat" va boshqalardir. Uning ayrim asarlari, masalan, 1707 y. 2 jildda chiqarilgan "Fransiya ayblari" kitobi ta'qiqlangan. Ularda Fransiyaning shu davrdagi og`ir iqtisodiy ahvoli to`la yoritib berilgan, ayniqsa qishloq xo`jaligining orqada qolish sabablari to`g`ri berilgan. Xalq xo`jaligi orqada qolishining bosh sababi - olib bori- layotgan iqtisodiy siyosatning, Kolber (moliya boshlig`i) va boshqalarning merkantilistik qarashlari fosh etilgan. U faqat sanoat rivojini bir to- monlama qo`llab-quvvatlashga qarshi chiqdi. qishloq xo`jaligi manfaat- larini himoya qildi, don eksportini cheklashga qarshi chiqdi, soliq tizimini isloh qilish tarafdori bo`ldi, u ezilgan xalq ommasining ahvolini yaxshilash tarafdori edi (V.Petti bilan solishtiring). Olib borilayotgan iqtisodiy siyosat
125
xo`jalik hayotining tabiiy rivojiga teskari edi. Buagilber aytadiki, avvalgi davrdagi to`kin-sochinlikni qaytarish uchun mo’jiza qilish shart emas, tabiat ustidan bo`layotgan doimiy zo`ravonlikka chek qo`yish yetarlidir. Olimning fikricha, shunday soliq va iqtisodiy siyosat tadbirlari kerakki, ular tabiatga qarama-qarshi bo`lmasligi kerak. Bu g`oya shundan iboratki, unga ko`ra iqtisodiyotda shunday qonunlar borki, ularni bemalol, jazosiz buzish mumkin emas (ekologiyada ham shunday).
Shunga mos ravishda u tabiatning talablari nimadan iborat ekanligini ochib berishga uringan, obyektiv qonuniyatlarni o`rganishga kirishib, ilmiy tahlil qilish yo`li sari yirik qadam tashlagan. Ammo shu bi- lan bir vaqtda u xo`jalikdagi xodisalarni tabiiy va tabiiy bo`lmaganlarga ajratib, avvalgisini himoya qildi va keyingisini qoraladi. Buagilyber o`zi taklif etgan siyosatni amalda isbotlovchi nazariyani yaratishga intildi. Un- ing iqtisodiy qarashlari ko`p jihatdan V.Pettiga o`xshab, mamlakatning iqtisodiy o`sishi nima bilan bog`liq degan savolga javob topish edi. Buagil- berni ko`proq va asosan Fransiya iqtisodining turg`unlik holati va uning orqaga ketishi sabablari qiziqtirardi. Bundan u umuman nazariy masalalar, masalan, xalq xo`jaligida qanday qonuniyatlar harakat qiladi va uning rivo- jini ta'minlaydi, degan masalaga o`tdi.
Buagilber bu muammoga javob berishda bosh e'tiborni "optimal baho paydo bo`lishi" masalasiga qaratdi. Uningcha iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyotning eng muhim sharti proporsional va normal baholar hisobla- nadi. Xo`sh, bu baholar nimadan iborat? Avvalo, bu baholar o`rtacha har bir sohadagi ishlab chiqarish harajatlarini qoplashga yordam berishi va ma'lum kirim, sof foyda keltirishi kerak. Aks holda ishlab chiqarish bo`lmaydi, undan so`ng, bu shunday baholarki, unda tovarlarni realizatsiya qilish jarayoni bekamu ko`st davom etishi va barqaror iste'mol talabi qon- dirilishi kerak. Va nihoyat, bu shunday baholarki, pullarning "o`z o`rni bo`lib", ular to`lov oborotini bajarishi va odamlar ustidan hukmronlik, zo`ravonlik qila olmasligi zarur.
Xalq xo`jaligi proporsionalligi ifodalangan baholar qonunini, aslida esa qiymat qonunini tushunish yangi va ilg`or g`oya edi. Olimning asosiy asarlari shu g`oyalar bilan bog`liq. Iqtisodiyotda "optimal baholar"ni qan- day ta'minlash mumkin? Buagilberning fikricha, baholarning bunday struk- turasi raqobat erkinligi sharoitida stixiyali ravishda tarkib topadi.
Erkin raqobat sharoitining buzilishi Fransiyada donga maksimal baholarning qo`yilganligidir, deydi u. Uningcha, donga erkin baholar bel- gilansa, baholar birmuncha oshadi, bu dehqonlarning da-romadini oshiradi va ularning sanoat tovarlariga talabini ko`taradi, oqibatda bu mahsulotlarni
126
ishlab chiqarish ortadi va hokazo. Bunday zanjirli reaksiyalar bir vaqtning o`zida "proporsional baholar" o`rnatilishiga va xo`jalikning ravnaqiga olib keladi.
Demak, Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funksi- yasini inkor etmadi: bu o`sha davr uchun, real hayotni tushungan amali- yotchi olim uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to`g`ri soliq tizimi orqali mamlakatda iste'mol va talabni yuqori darajada ta'minlashi mumkin. Agar iste'mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlarni sotish va ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar kambag`allar ko`proq ishlab topsalar, soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o`z daromadlarini tez sarflashga moyildirlar. Boylar esa, ak- sincha, o`z daromadlarini saqlashda va demak, mahsulotni sotishda qiy- inchilik tug`dirishiga olib keladi.
Buagilberning bu mulohazalari iqtisodiy ta'limotlarning keyingi yuz yillikdagi rivojiga katta ta'sir etdi. Jamiyat boyligi va iqtisodiy o`sish bo`yicha prinsipial jihatdan ikki xil qarash mavjud.
Birinchisi bo`yicha ishlab chiqarishning o`sishi jamg`arish hajmi (ya'ni jamg`arma va kapital qo`yilmalar)ga bog`liq. Bunda to`lovlarga ta- lab avtomatik ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsepsiyaga ko`ra, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo`lishi inkor etiladi.
Ikkinchi pozitsiya bo`yicha iste'mol talabi ishlab chiqarishning yu- qori sur'atlarda o`sishini qo`llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber ma'lum ma'noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda iqtisodiy inqirozlar muammosini keltirib chiqargan.
Buagilber inqiroz xodisasini xo`jalikning ichki qonuniyatlari bilan emas, balki yomon davlat siyosati bilan bog`laydi. Uningcha, yaxshi siyo- sat olib borish yo`li bilan talab kamomadini hal etish va inqirozlarni chet- lab o`tish mumkin. Bu masala juda murakkab bo`lib, Seyga tegishli (buni keyin qarab chiqamiz) "bozorlar qonuni"ga asos bo`lgan deyish mumkin, ya'ni erkin mahsulotlar almashuvi tizimida mahsulotlarning ortiqcha ishlab chiqarilishi mumkin emas (inqirozlar bo`lmaydi). Aksincha, Shumpetern- ing fikricha, Buagilber iste'mol talabining yetarli emasligi va jamg`arma ortiqchaligi sababli, o`sha davrdagi tizim uchun inqiroz xavfi bo`lib, tizim barqarorligiga shubha bildirgan, ya'ni Sey qonunini oldindan tanqid qilgan. Buagilber o`zining "Boylik, pul va o`lponlarning tabiati to`g`risida mulohaza" asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro`y berishini yorqin va obrazli ifodalab beradi, uningcha, odamlar faqat yetishmovchilikdangina emas, ortiqcha boylikdan ham o`lishi mumkin ekan. Tasavvur qilingki, deydi u, 10-12 odam bir-biridan ajratilib, zanjirband qilingan. Birida oziq-
127
ovqat ko`p, ammo boshqa hech narsa yo`q; ikkinchisida esa kiyim-kechak serob, uchinchisida ichimliklar ko`p va hokazo, ammo ular bu mahsulot- larni almasha olmaydilar. Zanjirlar bu oddiy insonlarga tushunarsiz inqi- rozlarni keltirib chiqaruvchi iqtisodiy kuchlardir. Buagilber insoniyat tarixida XX asrda bir necha bor ro`y bergan yirik iqtisodiy inqirozlarni old- indan ko`ra bilgandek (ma'lumki, ishsizlik va qashshoqlik sharoitida sutlar dengizga to`kilgan, ekin maydonlariga o`t qo`yilganligi aniq).
Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbayi almashuv sohasi emas, balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvni esa ishlab chiqarish rivojining sharti sifatidagina qaraydi.
Buagilber V.Pettidan holi, mustaqil ravishda qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi, u bozor bahosi va "haqiqiy baho"ni farqlagan, "haqiqiy baho mehnat sarfi bilan belgilanadi", degan. U haqiqiy baho de- ganda, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari o`rtasida mehnat taqsimotining to`g`ri proporsiyasini tushungan. Shunday proporsional taqsimotning zaru- riy shart-sharoiti sifatida ishlab chiqaruvchilar orasidagi erkin raqobat yo- tadi.
V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif etgan) Buagilber qiymatning pul shaklini qat'iy ravishda inkor etgan, shun- day zaruratga ehtiyoj yo`q degan. Agar V.Pettining diqqat markazida pul- lar v boshqa tovarlar o`rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo`lsa, Buagilberning e'tibori tovarlarning tovarga bevosita munosabati, ya'ni tovarlarning to`g`ridan-to`g`ri almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uchun shu narsa xarakterli ediki, u pulga keskin qarshi bo`lgan, pulda barcha yovuzlik va ofatlarning manbayi mujassamlangan, tovarlarning "haqiqiy baho" asosida almashuvi buzilishining sababi ham shunda deydi u. U oltin va kumushni buyuk yovuzlik deb baholaydi, pulga qarshi mutaassiblik (fa- natizm) bilan kurashadi. Pulning yagona yaxshi tomoni shundaki, u al- mashuvni osonlashtiradi. Oltin va kumush o`rnini qog`oz pul bemalol qoplaydi. Ko`rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini tushunib yetmaydi. Pul umumiy ekvivalent bo`lib, uning rolida qiymatga ega bo`lgan tovarlargina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli uningcha, tovar ishlab chiqarilishini saqlagan holda, pulni yo`q qilish kerak. Shu yerda u iqtisodiy munosabatlarning ikki shakli o`rtasidagi chambarchas aloqani tu- shunmadi, uning bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinchi (pul) shaklini yo`q qilmoqchi edi.
Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste'molni qon- dirishda deb xato o`ylagan (iste'mol va almashuv uchun).
128
Demak, Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sar- flangan ish vaqtiga tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay tomonini saqlagan holda uning salbiy tomonlarini tugatishni orzu qiladi. Agar Pettining iqtisodiy ta'limotida almashuv qiymati asosiy bo`lsa, Buagilberda iste'mol qiymati bosh rolni o`ynadi. Aslida ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi.
Buagilber qarashlaridagi cheklanganlik (faqat dehqonlarni himoya qilishi, sanoat va savdoni yetarlicha baholamasligi), bizningcha tarixan bo`lib, Fransiya kapitalizmi rivojining xususiyatlaridan kelib chiqadi, nazariy jihatdan orqaga qarash bor. Agar Angliyada sanoat, savdo va hatto qishloq xo`jaligida kapitalistik munosabatlar to`la g`alaba qozongan bo`lsa, uning iqtisodiyoti mehnat taqsimoti, raqobat, kapital va ishchi kuchlarining faolligi bilan xarakterlanar edi; Fransiyada esa bu munosabatlar endi shakllana boshlagan edi, xolos.


XULOSA


XVII-XVIII asrlarda qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dastlab Angliyada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo`la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g`oyalar V.Petti nomi bilan bog`liq (burjua inqilobi, manu- faktura va savdoning rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlarning chegara- lanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqlimiy sharoitlar).


Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g`oya mer- kantilizmdan prinsipial farq qiladi, agar merkantilizmda boylikning asosi muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, savdo saldosi)da vujudga ke- ladi deb qaralgan bo`lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga ke- ladi deb isbotlab berildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tad- birkorlikni, kapitalistlarni himoya qildi, xususiy mulkni "muqaddas" va "dahlsiz" deb bildi. U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlarni, ya'ni mavhum usullarni qo`llab har bir masalaning ichki bog`liqligiga asosiy e'tiborni qaratdi, matematik va statistik usullardan keng foydalandi.
V.Petti "tabiiy baho" (qiymat), "siyosiy baho" tushunchalarini kiritdi, tovar qiymatining unga sarflangan mehnat miqdori bilan o`lchanishi g`oyasiga, ya'ni qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. "Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi. Qi- ymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushundi.
Ish haqi ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo`lgan jismoniy mini- mum, ya'ni "yashash, mehnat qilish va ko`payish" uchun kerak darajada
129
to`lansa bas, degan g`oyani ilgari surdi. Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilarning soliq to`lashlarini zarur deb bildi.
Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to`g`ri hal etdi, ya'ni pul miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga to`g`ri, pulning aylanish oborotiga esa teskari proporsionalligini aniqladi. Pulning me'yorda bo`lishini qo`llab-quvvatladi.
Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (yer bahosini to`g`ri hal etmadi).
Petti "Siyosiy arifmetika" va boshqa asarlarida statistika, aniqrog`i demografik statistika faniga asos soldi. "Aholi - boylik asosi" masalasini to`g`ri qo`ydi. Milliy daromad masalasini qo`ydi va uni qisman hal etdi.
Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber ham muhim g`oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli An- gliyanikidan ancha katta farq qilardi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o`ziga xoslik seziladi. Agar Petti ko`proq sanoat va savdoni qo`llagan bo`lsa, Buagilber asosan qishloq xo`jaligi sohasini tadqiq etdi va o`zining muhim xulosalarini chiqardi. Qiymatni aynan iste'mol qiymati shaklida tu- shundi. "Proporsional baholar" tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baholarni qo`lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini to`g`ri tushun- tirib berdi, pulga salbiy munosabatda bo`ldi, oltin va kumushlarni yovuzlik sababi deb bildi. Noto`g`ri ravishda faqat qishloq xo`jaligini qo`llab- quvvatladi, sanoat va savdoga kam e'tibor qildi. Buagilberning iqtisodiy is- lohotlari bo`yicha takliflari o`z davri uchun nihoyatda ahamiyatlidir.



Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish