Aristotel (Arastu)
Aristotel qadimgi Gretsiyadagi quldorlarning eng yirik mafkurachisi edi. Uni jahongir Iskandar Zulqarnaynning tarbiyachisi va o`qituvchisi ekanligini alohida ta'kidlab o`tmoqchimiz. Avval Makedoniyada yashagan olim, keyin Afinaga ko`chib o`tgan. Olimning iqtisodiy g`oyalari "Nikomaxov ahloqi" va "Siyosat" kitoblarida mavjud. U "qul tirik qurol, qandaydir tirik mulk", degan edi. Uning fikricha, amiyatning quldor va qullarga bo`linishi - bu
j
tabiiy va qonuniy ahvol bo`lib, odamlarning tabiatan turli-tumanligidandir. U "haqiqiy boylik" (tabiiy) ni tan olgan, uni is-te'mol qiymatlarining yig`indisi deb bilgan va bu bilan bog`liq faoliyatni iqtisodiyotga tegishli
26
soha deb bilgan. Quldorlik xo`jaligini mustahkamlash uchun o`rtacha ta'minlangan quldorlar sinfini yuksaltirish kerak, buning uchun davlat to- monidan odil almashinuvni ta'minlash zarur. Olim masalani axloqiy rav- ishda hal etishga urinsa-da, birinchi marta almashuv qiymatini tahlil etdi va qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini yaratdi. Tovarlarning almashuv qiymati tovar bahosining yaratilish shakli ekanligini tushunib yetdi. K.Marksning formulalarini qo`llaydigan bo`lsak, T-T munosabati T-P-T ga aylanadi va 5 ta "loja" 1 uyga yoki ma'lum miqdordagi pulga tenglashtiril- ishi mumkin. Platonga nisbatan Aristotel pulning mohiyatini kengroq va chuqurroq anglab yetdi. Ammo, u tovar ishlab chiqarishining rivojlanma- ganligi va qiymatni to`la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul tufayli bir- biri bilan solishtirilishi mumkin, degan xato xulosaga keldi. Natural xo`jalik tarafdori bo`lgan olim muomalaning T-P-T shaklinigina tan olgan (talabni qondirishga mo`ljallangan holat), savdo va sudxo`rlik tabiatga zid bo`lib, bularni pul qilish san'atiga xos narsa deb bilgan va uni xrematisti- kaga tegishli, degan.
Aristotel uchun ideal (bekamu ko`st) xo`jalik - bu uncha katta bo`lmagan dehqonchilik xo`jaligi (unda albatta qullar ishlagan) bo`lib, u deyarli kerakli barcha mahsulotni yaratuvchi (natural xo`jalik) bo`lishi shart edi. Ayrim yetishmagan narsalarni esa, qo`shnilardan "odil al- mashuv" asosida olish kerak.
Bu olimning xizmati shundaki, u birinchilardan iqtisodiyotning ay- rim kategoriyalarini berdi va ma'lum darajada ular o`rtasidagi o`zaro bog`lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiy tizimi bilan A.Smitning "Xalqlar boyligi" asaridagi fikrlar hamohangligini ko`rish, qiymat qonun- ining hosil bo`lishi mexanizmini tushunish mumkin.
Qiymat (qimmat) iqtisodiyotning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Tarixan uni talqin etishda ikki yo`nalish bor. Birinchi yo`nalishda tovar qi- ymati obyektiv bo`lib, uning manbayi shu tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat hisoblanadi. Ikkinchi yo`nalishda qiymat tushunchasi subyektiv narsa bo`lib, odamlar tomonidan tovarning foydaliligi boshqa bi- ron foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga keladi.
Aristotelning g`oyalarida ikkala yo`nalish kurtaklari mavjud. U qi- ymat qonuni muammosini qo`yadi, lekin unga to`la javob topa olmaydi. U almashuvda tovar qiymatlari tenglashtirilishini ko`radi. "Nikomaxov ah- loqi" asarida u shunday fikr yuritadi: "Jamiyat ikki vrachdan tashkil bo`lmaydi, balki vrach va dehqondan, umuman bir xil va teng bo`lmaganlardan tashkil topadi. Ana shunday odamlarni bir-biriga tenglashtirish zarur. Shuning uchun almashuvga uchraydigan barcha nar-
27
salarni tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror narsa bilan o`lchanishi kerak. Etikdo`z mahsulotining dehqon mahsulotiga, dehqon mahsulotining etikdo`z mahsulotiga bo`lgan to`g`ri munosabati, to`g`ri tenglamasi topilishi kerak". Lekin o`sha narsa nima ekanligi aytil- maydi. Savolga javob izlab, u o`z fikrini shunday davom ettiradi: "Biz nima uchun almashamiz, chunki menga sening tovaring, senga esa mening tovarim kerak", degan oddiy xulosaga keladi. Tovarlarning tengligi pul tu- fayli amalga oshadi, deydi u. Hamma narsa biron narsa bilan o`lchanishi kerak. Bu avvalo ehtiyoj, u barcha narsani bog`lovchi asos. Ehtiyojni al- mashtirish uchun (odamlar kelishuvi bilan) pul - chaqa paydo bo`ldi. Aris- totelning bu fikrida hozirgi zamon marjinalizm g`oyalari yotadi, ya'ni tovarlarning foydaliligi asosiy o`ringa chiqadi.
Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qarama- qarshi qo`yishi xarakterlidir. U o`ylab topgan "xrematistika" matni "xrema" so`zidan olingan bo`lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo`lgan mahsulotlar (iste'mol qiymatlari)ni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan tabiiy xo`jalik faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik va mayda savdo). Bu almashuvni ham o`z ichiga oladi, ammo zarur shaxsiy talab-ehtiyojlarni qondirish chegarasidan chiqmasligi kerak. Bu faoliyat chegaralari ham tabiiy soha bo`lib, insonning ongli shaxsiy iste'moli doirasida bo`lishi kerak.
Xrematistika esa (amaliyotda kam qo`llaniladi) "mulk orttirish san'ati", ya'ni ayniqsa pul shaklida foyda orttirish, boylik (pul) to`plashga yo`naltirilgan faoliyatdir. Boshqacha aytganda, xrematistika - bu kapital qo`yish, sudxo`rlik va jamg`arish "san'ati"dir.
Antik davrda hali sanoat kapitali mavjud emas edi, ammo savdo va sudxo`rlik (pul) kapitali sezilarli rolni o`ynagan. Shularni hisobga olib, olim savdo bilan bog`liq bo`lgan mol-mulk orttirish san'atida maqsadga er- ishish borasida hech qachon chegara bo`lmaydi, chunki cheksiz boylik va pulga egalik asosiy maqsaddir, deydi. Pul oboroti bilan shug`ullanuvchilarning hammasi o`z kapitalini cheksiz o`stirishga intiladi- lar (notabiiy soha).
Aristotel bularni notabiiy deb hisoblagan, ammo sof "ekonomika" ham bo`lmasligini yetarli tushungan, ming afsuslar bo`lsinki, ekonomika- dan doimo xrematistika o`sib chiqadi va bu asta-sekin tabiiy holatga aylan- gan. Aristotelning bu g`oyasi tarix sinovidan o`tmadi. Olimlar qanchalik urinmasinlar (bu harakat o`rta asrda ham bo`lgan), xrematistikani qanchalik notabiiy deb hisoblamasinlar, kapitalizm munosabatlari rivoji bi-
28
lan u "tabiiy huquq"qa aylana boshladi. Hatto XVII-XVIII asrlarda iqtiso- diy odam yetishib chiqdi, uning barcha xatti-harakatlari faqat boyish bilan bog`liq edi.
"Ekonomiya" so`zi dastlab uy xo`jaligini yuritish san'ati sifatida yuzaga kelgan bo`lsa, keyingi davrda u ko`proq va asosan "ekonomika" ma'nosida qo`llaniladi va odatda harajatlarni qisqartirish, ma'lum re- surslarni sarflashda tejamkorlikni anglatadi. Hozirgi davrda bu matn ko`proq quyidagilarni anglatadi:
Tuman, hudud, mamlakat, mamlakatlar guruhi yoki jahon xo`- jaligi (masalan, jahon iqtisodiyoti, O`zbekiston iqtisodiyoti va boshqalar);
Xalq xo`jaligining, to`la ishlab chiqarishning ayrim shart- sharoitlari va elementlari (aholi, mehnat, boshqarish va boshqalar), ayrim tarmoqlar (sanoat, mashinasozlik, qishloq xo`jaligi, chorvachilik, ta'lim va boshqalar) ni tadqiq etadigan ilmiy soha;3. Ma'lum iqtisodiy tizimni tashkil etuvchi ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv, iste'mol jarayonidan tashkil topuvchi odamlar o`rtasidagi ma'lum tarixiy-iqtisodiy munosabatlar ma- jmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |