Iqtisodiy talimot doc


BOB. A. SMITNING IQTISODIY TA'LIMOTI (2-bosqich)



Download 1,61 Mb.
bet39/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

BOB. A. SMITNING IQTISODIY TA'LIMOTI (2-bosqich)





    1. Klassik maktab g`oyalari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari. Klassik iqtisodiy maktabning to`la shakllanishi

XVIII asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britani- yalik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho`qqiga ko`tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o`zgarishlar ro`y berayotgan edi.


Angliya jahonda eng rivojlangan va sanoatlashgan davlatga aylana boshladi, iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda kapitalistik munosabatlar hal qiluvchi o`rinlarni egalladi. Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq xo`jaligi va tez o`sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib bori- lardi. Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo`lib, ishchilar, sohibkor- lar, yer egalari - lendlordlar va fermerlar bor edi. XVIII asr o`rtalariga ke- lib Angliyada amalda dehqonlar, ya'ni yomenlar sinfi chegaralash agrar is- lohoti tufayli tarix sahnasidan tushdi.
Kapitalning dastlabki jamg`arilishi natijasida hosil bo`lgan pul kapitali (manbalari: past ish haqi, mustamlaka siyosati, ayniqsa noekviva- lent savdo, qul savdosi, yerlarning dehqonlardan tortib olinishi, bosqinchilik urushlari va boshqalar) tobora ko`p miqdorda sanoat va qish- loq xo`jaligiga qo`yila boshladi. Yirik markazlashgan manufakturalar va kapitalistik fermalar tobora muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Agar XVIII asr boshida mamlakat hali agrar holatda bo`lsa, sanoatning iqtisodiyotdagi hissasi tobora tez o`sib bordi. Angliya industrial agrar davlatga aylandi. Manufakturalar soni oshdi, ulardagi ishchilar soni ko`paydi, ishchilarning ahvoli nihoyatda og`ir bo`lib, qattiq ekspluatatsiyaga duchor qilindi.

151
Manufakturalar soni tez oshib borgani bilan ichki va tashqi bozord- agi o`sib borayotgan mahsulotlarga bo`lgan talab to`la qondirilmas edi, taklif esa yetarli emas edi.


Asr o`rtasida Angliya boshqa mamlakatlarga nisbatan manufak- turadan fabrikaga o`tishga yaqin turar edi. Angliya sanoat inqilobi arafasida edi. Mamlakatning sanoat mahsulotlari jahon bozorida yuqori baholangan va talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan savdo-sotiqdagi proteksionizm siyosati, feodalizm davridagi bir qancha tartib va cheklashlar, qonunlar davr talabiga javob bermay qo`ydi, ularning borligi kapitalizm rivojiga to`sqinlik qilar edi. Hali kam sonli savdo va sanoatdagi sohibkorlar sinfi bu davrda progressiv o`zgarishlar tarafdori edi, ammo ekspluatatsiya usullari ishchilar sinfining qarshiligiga uchray bosh- ladi. Undan tashqari, yangi o`zgarishlarga hali ancha kuchli va uyushgan dvoryanlar sinfi ham to`siq edi. Angliya sanoati egalari erkin sohibkorlik faoliyatini kuchaytirishni, feodalizm qoldiqlarini tugatishni talab qilardi. Shu sababli sohibkorlar sinfi yangi kapitalistik ishlab chiqarish usulini ilmiy jihatdan to`la tahlil qiladigan iqtisodiy ta'limotlarga muhtoj edi.
Shunday qilib XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning bir- inchi choragida Buyuk Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy g`oyalarning rivojlanishi uchun nihoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu g`oyalar A.Smit va D.Rikardo ta'limotlarida o`z aksini topdi. Bu tadqiqot- lar aslida sohibkorlar mafkurasini himoya qilgan bo`lsa ham, bu mafkuran- ing apologetlari (ko`r-ko`rona ataylab yoqlovchilari) emasdilar, ular o`z asarlari va yaratgan ta'limotlarida bu tuzumning barcha faoliyatini to`la- to`kis ma'qullamadilar, uni bo`yab ko`rsatishga urinmadilar, bu jamiyat- dagi ilg`or tomonlarni ko`rsatish bilan birga undagi ko`pgina qarama- qarshilik va nuqsonlarni ochib tashladilar, ishchilar sinfiga, uning ahvoliga achinish, rahm-shafqat va xayrihohlik munosabatida bo`lganlar. Ular to- monidan yaratilgan ta'limot ingliz klassik iqtisodiyotining asosi bo`ldi va jahon iqtisodiyot fikriga katta ta'sir ko`rsatdi.
Bu olimlar o`zlaridan avvalgi merkantilizm, ilk klassik maktab va fiziokratizm g`oyalarini mukammal o`rganib, shular asosida yangi iqtiso- diy maktabning shakllanishini nihoyasiga yetkazdilar. Aslini olganda ular bozor iqtisodiyoti asosini yaratdilar. Klassik maktabning to`la shakllan- ishida ayniqsa sanoat inqilobi katta rol o`ynadi (bu ibora muomalaga 75- 80 yil ilgari taniqli tarixchi A.Toynbi tomonidan kiritildi va Toynbining o`zi buni 1760 yilda Shotlandiyadagi yirik Kerron metallurgiya zavodining ishga tushishi bilan bog`laydi). R.Xeylbroner va L.Turoularning fikriga
152
ko`ra shu davrda bozor jamiyati ("рыночное общество") vujudga keldi (bozor iqtisodiyoti avvaldan mavjud).
Avvalgi barcha tizimlarda iqtisodiy hayotni tashkil etish usulida an'analar hokimiyati va buyruqlar doim ustun bo`lgan.
Bozor tizimida esa barcha erkin bozor talablari doirasida sohibkor- lik bilan ixtiyoriy shug`ullanadilar, an'analar yoki kimlarningdir buyrug`iga bo`ysungan holda ish yuritmaydilar. Bu tizimda odamlar ish tanlashda to`la erkinlikka ega bo`libgina qolmasdan, ishni ham o`zlari qidirishi kerak. Bunga qarama-qarshi bo`lgan jamiyatda qullar yoki an'analar bilan chek- langan hunarmandlar oldindan o`zlarining ma'lum vazifalarini bajarganlar va uni o`zgartirish juda katta qiyinchiliklarni tug`dirgan. Bozor tizimida har bir inson yerni erkin sotib olishi yoki sotishi, ferma esa o`z navbatida osonlik bilan savdo markaziga aylanishi mumkin.
Bu tizimda kapital bozori paydo bo`ladi va ishlab chiqarishda do- imo boylik oqimi, ya'ni banklar va boshqa moliya kompaniyalari to- monidan tashkil etiladigan jamg`arma va investitsiyalar oqimi vujudga ke- ladi, qarz oluvchilar bu boyliklardan foydalanganligi uchun foiz to`laydilar.
Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan mehnat sar- flari, yer va kapitallar ishlab chiqarish faktorlari (omillari) deb ataladi (bu masalalar keyinroq qarab chiqiladi).
Kapitalizmgacha ishlab chiqarish faktorlari umuman bo`lmagan, degan xulosa chiqariladi. Albatta inson mehnati, tabiiy resurslar, shuning- dek yer va ishlovchilar san'ati doim bo`lgan, ammo mehnat, yer va kapital tovar emas edi. Mehnat krepostnoy yoki qullarning ijtimoiy vazifasiga ay- lanib, bu mehnatga haq to`lanmagan. Krepostnoy dehqon undan tashqari o`z xo`jayiniga yerdan va qurol-yarog`dan foydalanganligi uchun obrok to`lagan. Yer harbiy yoki fuqarolik hokimiyatining asosi hisoblangan. Kapital xazina yoki hunarmandlarning asbob-uskunalari sifatida qaralgan va u bozor bahosiga ega bo`lmagan.
Kanday qilib haq to`lanmaydigan mehnat, renta puli keltirmaydigan yer va shaxsiy xazina ishlab chiqarish faktoriga aylanib qoldi? Bu kapital- istik tuzumni keltirib chiqargan inqilob bilan bog`liq. Bu o`zgarishlar tarixan uzoq davrni (XV-XVI asrlar) o`z ichiga olib, ba'zida asta-sekin, ba'zan esa to`fon kabi o`rta asrlarning urf-odatlarini yemirib bordi va jami- yatni hozir biz biladigan bozor jamiyatiga olib keldi. Ayniqsa Angliyada bu jarayon ertaroq boshlandi va biz yuqorida eslatgan dehqonlarni shafqat- sizlik bilan o`z yerlaridan siqib chiqarish yo`li bilan amalga oshirildi. Asosiy maqsad bu yerlarni lendlordlarga berish va yaylovga aylantirib,
153
qo`y boqish, uning junidan manufakturalarda mato to`kish edi. O`z yerlari- dan mahrum bo`lgan ijarachilar shaharlarga ketishga va u yerda o`z ishchi kuchini ishlab chiqarish faktori sifatida sotishga majbur edilar.
Fransiyada ham shu kabi o`zgarishlar ro`y bera boshladi, demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bozor jamiyati uchun hayotiy zarur bo`lgan ishlab chiqarish omillari tarixiy o`zgarish-lar tufayli yuzaga keldi. Oqibatda mehnat tovarga aylandi, avloddan avlodga meros bo`lib o`tadigan yer ko`chmas mulk bo`lib qoldi va uni sotish, sotib olish mumkin bo`lib qoldi, xazina esa kapitalga aylandi. Ammo kapitalizmning iqtisodiy erkinligi ba'zilar uchun yutuq, ko`pchilik uchun esa qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Ko`tarilayotgan savdo sohibkorlar uchun yangi hayotga yo`llanma va yangi ijtimoiy holat bo`lsa, kambag`allar sinfi uchun esa o`z holatidan chiqib olish uchun imkoniyatdir, chunki avvalgi holatda bunday asos yo`q edi. Lekin iqtisodiy erkinlikning muhim tomoni yana shuki, unda har kim birovning hech qanday yordamisiz hayot girdobida yashash uchun ku- rashishi kerak bo`ladi. Ko`pincha savdogarlar va boshqa xodimlar bu to`fonda o`z-o`zidan yo`q bo`lib ketadi.
Shunday qilib, bozor tizimi bir tomondan turli qiyinchilik, ishonch- sizlik, azob-uqubat sababi bo`lsa, shu vaqtning o`zida taraqqiyot, imkoni- yat va yutuqlar manbayi hamdir.
XVIII asrning ikkinchi yarmida "Texnik yo`nalishda"gi ishbilar- monlar guruhi iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga keltirdi.
Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoatda, xususan, to`qimachilik so- hasida boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nihoyalandi. J.Key to`quv mokisini, 1733 yilda J.Xargrivs o`z qizining nomi bilan atal- gan "Jenni" mexanik to`quv dastgohini kashf etdi. Mexanik K.Vud uni 1772 yilda takomillashtirdi, 1783 yilda esa S.Krompton "mul-mashina"ni yaratdi, 1785 yilda E.Kartrayt mexanik to`quv stanogini ijod qildi, bu dast- goh 40 odamning ishini bajarardi. R.Arkraydning to`quv mashinasi esa bu sohaning unumdorligini keskin oshirdi.
Ishlab chiqarishning energetik bazasi qo`l va suv oqimidan 1782 yilda J.Uatt tomonidan ishlab chiqilgan bug` mashinasi ixtiyoriga o`tishi muhim o`zgarish bo`ldi, bu mashina asosida 1805 yilda bug` kemasi- paroxod yaratildi, 1811 yilda J.Stefenson parovoz yasadi, 1830 yilda esa Manchester-Liverpul temir yo`li qurildi.
Metallurgiya sohasida 1735 yilda A.Derbi pistako`mir o`rniga to- shko`mirdan foydalanib, domna pechidan nisbatan sifatli va ko`proq miqdorda metall olish yo`lini topdi. J.Uilkinson hamma narsa, ko`prik, qu-
154
vur va hatto paroxod ham metalldan bo`lishi kerak, degan g`oyani ilgari surdi. Temirdan paroxod yasalganida uning suvda suza olishiga hech kim ishonmadi.
Sanoat inqilobi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda keskin o`zgarishlarga olib keldi. 1701-1802 yillar oralig`ida to`qimachilik rivoji tufayli Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga o`sdi. 1788- 1838 yillarda cho`yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming tonnagacha oshdi.
Fransiyada 1815 yildan keyingi 30 yil ichida temir olish 5 marta, toshko`mir qazish 7 marta, yuk tashish hajmi 10 marta ko`paydi. Va- holanki, A.Smit davrida Shotlandiyaning ayrim joylarida mix pul o`rnida ishlatilgan. Bu o`zgarishlar, ya'ni texnikaning kirib kelishi buyum - tovar- lar turini keskin oshirdi, ilgari ayrim odamlargagina tegishli bo`lgan nar- salar (poyafzal, qog`oz, stul, deraza oynalari) kundalik buyumlarga aylanib qoldi. Asta-sekin kapitalizm hayot darajasining o`sishiga olib keldi, mod- diy ne'matlar turi sistematik ravishda doimo ko`paydi, sifati yaxshilandi, eng muhimi bu imkoniyatlardan jamiyatning aksariyat qismi foydalandi. Bunday jarayon ilgari hech ham bo`lmagan edi.
Jamiyat ishlab chiqarish apparatining absolut ko`rsatkichlari tex- nika ta'siri ostida keskin oshdi. Bu jarayon ishlab chiqarishda qo`llaniladigan asbob-uskunaning ko`payishi, asosan temir, keyin pulatdan yasalgan texnologiyalar ortishi bilan boshlandi. Temir oluvchi oddiygina pechlar o`rniga gigant inshootlar paydo bo`ldi, oddiy to`quv dastgohlari ham katta uylarga zo`rg`a joylanadigan mexanizmlar bilan almashtirildi.
Agar avvalgi korxonada bor-yo`g`i 10 kishi ishlagan bo`lsa, XIX asrning birinchi choragida to`qimachilik fabrikalarida 700 dan ortiq ishchi bo`lgan. Ayrim korxonalardagi ishchilar soni kichikroq shahar aholisiga tenglashdi. Masalan, 1929 yil "Ford-Motor Kompani"da 174 ming odam ishlar edi, hozir ularning soni 800 mingtaga yetgan. Mehnat taqsimoti ni- hoyatda kuchaydi, bu esa mehnat unumdorligining asosiy sababidir.
Siyosiy sohada ham muhim o`zgarishlar ro`y berdi, demokratik, parlamentar institutlar yuzaga kela boshladi. Lekin shuni ham aytib o`tish kerakki, bu inqilobiy o`zgarishlarni hamma ham to`la tushunib yetmadi. Masalan, A.Smit mashina va fabrikalarni ko`rgani holda manufakturani qo`lladi, Angliya kelajagi qishloq xo`jaligi bilan bog`liq deb o`yladi.
155

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish