Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


Iqtisodiy tahlilning predmeti



Download 1,22 Mb.
bet2/51
Sana12.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#779348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
olim aka iqtisodiy tahlil

Iqtisodiy tahlilning predmeti.
Iqtisodiy tahlil fanining predmeti – iqtisodiy axborotlar tizimi bo‘lib aks etgan obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan va keladigan korxonalar faoliyatidagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli faoliyatlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda yakuniy moliyaviy natijalar hisoblanadi. Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil korxonalarning asosiy xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli faoliyatlari hamda ularning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ularni tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlarini xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamda investitsiya faoliyati, soliq to‘lovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi. Korxona faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan xo‘jalik jarayonlari mazmuni quyidagicha izohlanadi. Obyektiv omillar mavjud bo‘lgan iqtisodiy qonunlar bo‘lib ular asosida xo‘jalik jarayonlari yuzaga keltiriladi va boshqariladi. Misol uchun, talab va taklif qonuni. Bozorda talab oshsa mahsulotga bo‘lgan narx ham oshadi. Bu bilan korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlari hamda sotib oladigan xomashyolar bahosini belgilab olib shu asosda faoliyatini rejalashtiradi. Shuningdek, korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklar ham obyektiv omillar bo‘lib hisoblanadi. Misol uchun, davlatning soliqlar bo‘yicha siyosati va undagi zaruriy o‘zgarishlar yoki hamkorlikdagi korxonalarda kutilmagan o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi va shu kabilar.
Subyektiv omillar shaxslar faoliyati (korxona xodimlari) bilan bog‘langan bo‘lib, ularning voqelikka ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Misol uchun, garchand xo‘jalik amaliyoti obyektiv shartlar, omillar asosida bashoratlanib rejalashtirilsada, ularning iqtisodiy munosabatlar tarzida yuzaga chiqarilishi, amalga oshirilishi subyektiv tarzda sodir bo‘ladi. Ya’ni xo‘jalik faoliyatining asosi obyektiv omillardan tashkil topsada, ulardan ilmiy asosda foydalanish bu shaxslarning bilimi, malakasi, tadbirkorligiga bog‘liq. Yakuniy moliyaviy natijalar korxona faoliyatining hisobot davri davomida erishgan foyda yoki zararini ifodalab beradi. Mazkur ko‘rsatkichlar iqtisodiy tahlilda turli tomondan tizimli va kompleks o‘rganiladi. Bundan tashqari moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar asosida korxona moliyaviy holati keng ko‘lamda tahlil qilinadi. Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlarning natijalari rejalashtirishdan oldin hamda rejaning bajarilishi bo‘yicha ham samaradorligini o‘rganish tahlilda muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Bu bilan har bir faoliyat va ularga ta’sir etgan omillar bo‘yicha muhim xulosalar olinadi. Samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish korxona faoliyatlari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘ta muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti ta’rifida iqtisodiy axborotlar tizimi bo‘lib aks etgan, obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan xo‘jalik subyektlaridagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlar,ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik hamda yakuniy moliyaviy natijalar hisoblanadi, deb ta’kidlab o‘tildi. Darhaqiqat, korxonalardagi barcha xo‘jalik munosabatlari iqtisodiy axborotlar ko‘rinishida aks etadi va ular yaxlit tizimni tashkil qiladi. Mazkur tizimda turli xildagi, turli darajadagi, turli vaqtdagi iqtisodiy munosabatlar axborotlar ko‘rsatkichlar tarzida ifodalab beriladi. Ushbu tizimdagi axborotlar iqtisodiy tahlil uchun baza bo‘lib hisoblanib, ular asosida tadqiq ishlari amalga oshiriladi. Boshqaruv subyektiga kelib tushgan axborotlar belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib foydalaniladi.
Shuning uchun korxonada axborotlarning sifati, yetarli bo‘lishi, o‘z vaqtida yetkazib berilishi kabi tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etilishi iqtisodiy tahlilni davr talablari darajasida bo‘lishiga, pirovard natijada esa maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish