FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. I. A. Karimov. Prezident I.A. Karimovning 2011-yilda mamala- katimizni 2011-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2012- yilga mo'ljallangan eng muhim ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 0 ‘zbe- kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. - T.:— 0 ‘zbekiston, 2011.
2. Islom Karimov. « 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». — T.: « 0 ‘zbekiston», 2011-yil.
3. Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasining qarori. 19-aprel 2003-yil, N 189.
Mavzu: Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo’llaniladigan usullar
Reja
Iqtisodiy tahlil metodi.
Iqtisodiy tahlil metodining o`ziga xos xususiyatlari.
Iqtisodiy tahlilning maxsus usullari.
Iqtisodiy tahlil metodi Iqtisodiy tahlilning uslubiy asoslari dialektika va iqtisodiy nazariya faniga tayanadi.
Tahlil usuli deganda esa, biznes-rejaning bajarilishiga va mahsulot hajmining o`sishiga ta'sir ko`rsatuchi omillarni sistemali va kompleks tarzda o`rganish, o`lchash va umumlashtirish usuli bo`lib, ular hisob, hisobot va hisobdan tashqari ma'lumotlarni maxsus uslublar orqali qayta ishlanilib, amalga oshirilishi tushuniladi.
Ma'lumki, tahlil qilinayotgan ob'ektning faoliyatiga ichki va tashqi omillar ta'sir ko`rsatadi. Shuni ta'kidlash lozimki, tahlilda omillar deganda u yoki bu iqtisodiy ko`rsatkichga ijobiy hamda salbiy ta'sir ko`rsatuvchi faol harakat qiluvchi kuchlar nazarda tutiladi. «Sabab» termini nisbatan keng ko`lamdagi kompleks omillar tizimiga nisbatan qo`llanilib, ana bu kompleksni tashkil etuvchilar esa omillar, deb ataladi.
Xo`jalik yuritish samaradorligini oshirish imkoniyatini aniqlashda ijobiy ta'sir etuvchi omillar harakatini kuchaytirish va ularning salbiy ta'sirini tugatish r ye z ye r v l a r deb ataladi.
Deduktiv usul asosan moliya – iqtisodiy tahlilda qo’llaniladi. Bunda avvalo xo’jalik faoliyatini belgilovchi umumiy ko’rsatkichlar o’rganilib, so’ngra ular bo’laklarga bo’linadi. Ko’rsatkichlarni bo’laklarga bo’lish aslini olganda tahlil demakdir.
Induktiv usul ko`pincha texnik-iqtisodiy tahlilda qo`llaniladi, ya'ni avval, ayrim olingan ish uchastkalaridagi ko`rsatkichlar har tomonlama tekshirilib, so`ngra ana shu aniq ko`rsatkichlardan korxonaning xo`jalik faoliyatini belgilovchi umumlashgan iqtisodiy ko`rsatkichlar darajasiga chiqiladi.
Shunday qilib, iqtisodiy tahlil usuli mazkur predmetni o`rganish jarayoniga umumiy jihatdan yondoshishdir. Shu sababli tahlil usulini unga bo`ysinuvchi maxsus usullari bilan aralashtirib bo`lmaydi. Zero, aniq shart - sharoit natijasida u yoki bu usullarning o`zgarishi ehtimoldan holi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |