3. Iqtisodiy tahlilda axborot turlari va ularning manbalari
Iqtisodiy tahlil jarayonida turli xil axborotlar hamda ma’lumot-
lardan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning to‘g‘ri, aniq, ishonchli bo‘-
lishi hamda o‘z vaqtida olinishi tahlil natijalarining samaradorligini
oshiradi.
Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun muayyan shakl va mazmun-
ga ega iqtisodiy hodisa, voqea va xo‘jalik jarayonlarini qayd etish yok
qayta hisoblab tegishli manbalarda darak yoki ko‘rsatkich ko‘rinishida
aks ettirish iqtisodiy tahlil uchun ma’lumotlar hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilda foydalanuvchilarga uzatiladigan xabar tavsifiga
ega ma’lumotlar yoki ularning to‘plami axborot tushunchasini beradi.
Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar hamda axborotlarni
mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
– iqtisodiy ma’lumotlar;
– huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar;
– ilmiy-texnik ma’lumotlar;
– tabiiy-ekologik ma’lumotlar;
– benchmarking ma’lumotlari;
– boshqa ma’lumotlar.
Iqtisodiy ma’lumotlar ko‘lami kengligi jihatidan ikki yirik guruhga
bo‘linadi. Birinchisi – ichki iqtisodiy ma’lumotlar. Ularni biznes-reja,
hisob tizimi, budjet hisob-kitoblari, korxona dasturi ma’lumotlari, turli
xil texnologik ma’lumotlar va shu kabilar tashkil etadi. Ikkinchisi –
tashqi iqtisodiy ma’lumotlar. Misol uchun, tovar-xomashyo bozoridagi
ma’lumotlar, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ma’lumotlar, raqobatdosh
korxona ma’lumotlari, tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar va shu
kabilar. Bu manbalar tahlilda eng ko‘p foydalaniladi.
Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar xalqaro va mamlakatda amal qila-
yotgan barcha qonunlar, hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar hamda
aktlarda rasmiylashtirilgan axborotlar, korxona pasporti, ustavi, korxona
a’zo bo‘lgan turli uyushmalardagi shartnomalar va shu kabilardan iborat
bo‘ladi.
Ilmiy-texnik ma’lumotlar esa eng yangi taraqqiyot, ilm-fandagi o‘z-
garishlar, fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan axborot-
lardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqa ma’lumotlarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, ta-
biiy-ekologik, benchmarking kabi manbalarda aks etmagan ma’lumotlar
tushunilib, ularga ommaviy-axborot vositalari, gazeta va jurnallardagi,
radio va televideniyedagi keltirilgan axborotlar kiradi.
Turli axborot va ma’lumotlarni tahlil jarayonlarida qo‘llash natijalarning mazmunini boyitishga, boshqaruv qarorlarining xolisona bo‘li-
shiga asos sanaladi.
Iqtisodiy axborotlar boshqa turdagi axborotlardan quyidagi jihatlari
bilan ajralib turadi:
• Hujjatlashganligi. Barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir bo‘-
lishi bilan tegishli boshlang‘ich hujjatlarda qayd etiladi hamda axborot
sifatida rasmiylashadi.
• Turli xil bo‘lishi. Hodisa va voqealar ko‘p manbalarda qayd
etilishi, hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir-biridan farqlanadi.
• Ommaviyligi va hajmining kengligi. Ko‘pgina iqtisodiy axborotlar
tegishli shaklga ega bo‘lganligi, hisobot shakllarining yuqori organlar
tomonidan tasdiqlanganligi ularni tushunishni, bilishni osonlashtiradi.
• Davr oralig‘ida takrorlanib turishi. Tasdiqlangan me’yoriy hujjat-
lar muntazam to‘lg‘azilib tegishli yuqori tashkilotlarga belgilangan davr-
da topshiriladi. Hisobot davrlari – choraklar, yarim hamda yillik mud-
datlarga bo‘linib axborotlar tuziladi.
• Qonunlashganligi va chegaralanganligi. Barcha yuqori organga
topshiriladigan yoki ochiq e’lon qilinadigan iqtisodiy axborotlar davlat
tashkilotlari, moliya vazirligi, iqtisodiyot vazirligi va soliq qo‘mitasi to-
monidan tasdiqlangan talab hamda shakllarga asoslanib tuziladi. Bozor
munosabatlarida korxonalar uchun muhim sanalgan ayrim ma’lumotlar
boshqalar uchun maxfiy bo‘lib, faqat egasining ruxsati bilan e’lon qili-
nishi mumkin.
• Ko‘p qirraliligi va sermazmunligi. Iqtisodiy axborotlar miqdoriy
va qiymat o‘lchamlarida ko‘rsatiladi, boshlang‘ich hujjatlarda korxona
nomi, imzo chekuvchilarning naslnomasi, davri va mahsulotlarning
turlari ko‘rsatilgan holda rasmiylashadi.
Iqtisodiy ma’lumotlarning aksariyat qismini hisob tizimi axborotlari
tashkil etadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari esa iqtisodiy tahlilning
axborotlari tarkibida yirik salmoqni egallaydi.
Axborot va ma’lumotlar mazmuniga ko‘ra turli xil bo‘lishi, ularning
manbalariga ham ta’sir etadi. Chunki har bir ma’lumot miqdor va maz-
munini shakllantirib bera oladigan manbadan olinadi. Demak, manbalar
tasnifi ham mazmun tasnifiga o‘xshashdir.
Tahlil uchun kerakli manbalar quyidagi talablarni bajarishi lozim:
1. Haqqoniy va xolis bo‘lishi.
2. Manbalar tahlil maqsadlari uchun moslashtirilgan hamda keng
imkoniyatli bo‘lishi, ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va
jarayonlar mazmunini to‘liq yoritishi kerak
3. Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbalar aniq o‘l-
chamlarda aks ettirilishi lozim.
4. Barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bog‘liqligi saq-
laniladi hamda ulardagi axborotlar bir-birini to‘ldirib turilishi taqozo
etiladi.
5. Manbalardagi ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va aks etti-
riladigan davrlari mosligi ta’minlanishi zarur.
Ushbu talablarga javob beruvchi barcha axborot manbalari va ular-
dan foydalanish tahlil natijalarining aniq va sermazmun bo‘lishiga im-
kon yaratadi.
Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan barcha manbalarning ishonchli-
ligini, aniqliligini va to‘g‘riligini tekshirish natijalarining samarali bo‘-
lishiga zamin yaratadi. Barcha yig‘ma ma’lumotlarni har tomonlama
to‘g‘riligi texnik va mazmunan turlar ajratilib tekshiriladi.
Texnik tekshirish – axborot manbalarini arifmetik jihatidan to‘g‘ri-
ligini, rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinganligi va ko‘rsatkichlarni
bir-biriga o‘zaro mos kelishini e’tiborga olgan holda o‘rganishdir.
Foydalinilgan adabiyotlar:
www.ziyo.net
www.tsue.uz
www.tfi.uz
www.econimcs.com
B.J.Xakimov, B.B.Alimov, U.A.Xolmirzayev, A.X.Po‘latov IQTISODIY TAHLIL NAZARIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |