Iqtisodiy tahlil va uni turlarga ajratish Iqtisodiy tahlilda axborot turlari va ularning manbalari Iqtisodiy tahlil shakllari



Download 22,08 Kb.
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi22,08 Kb.
#206276
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Kompleks tahlil   
Korxona faoliyatidagi yo‘nalishlarga ko‘ra bugungi kunda opera-
tsion tahlil, investitsiya tahlili, innovatsiya tahlili, moliyaviy tahlil kabi 
tahlil turlari yuzaga chiqib, tabora rivojlanib bormoqda. Bu esa har bir 
alohida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tahlilni batafsil o‘tka-
zishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda korxona faoliyatining barcha 
yo‘nalishlari, obyektlari va mablag‘ aylanish bosqichlarini bir-birlari bi-
lan uzviy bog‘liqlikda o‘rganish boshqaruv ehtiyojlari uchun zarur. Kor-
xona faoliyatini batafsil va har tomonlama o‘rganish bilan taktika va 
strategiyani olib borishda eng muhim hamda asosiy bo‘lgan ko‘r-
satkichlar (omillar) tizimi ishlab chiqiladi.  
Boshqaruv maqsadidagi xo‘jalik faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlil 
etishning metodik jihatdan tashkiliy bosqichlari quyidagilardan iborat: 
– kompleks iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalarini aniqlash
– qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ko‘rsatkichlar yig‘indisi-
ning asosliligini har tomonlama tahlil etish; 
– kompleks iqtisodiy tahlil o‘tkazish bosqichlarini belgilash; 
– kompleks iqtisodiy tahlil o‘tkazish muddatlarini belgilash; 
– tahlilni tashkil etish bosqichlarini ishlab chiqish va xizmat bo‘lim-
lari bo‘yicha vazifalarning taqsimlanishi; 
– tahlil natijalarini rasmiylashtirish va ularni baholash
– analitik ishning mehnat sig‘imini baholash, tahlil natijasining sa-
marasini jamlash.  
Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning maqsad va va-
zifasi avvalo korxonani ichki xo‘jalik muommolarini yechishga, ya’ni 
faoliyat natijaviyligi hamda uning iqtisodiy potensialini tashkil etuvchi 
resurslar, kapitaldan foydalanishga daromad, foyda kompaniya qiymatini, 
aksionerlarning aksiyadan oladigan daromadlarini oshirishga qaratilgan. 
Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning ayrim o‘ziga 
xos xususiyatlari:  
– tahlil natijalari korxonaning o‘z maqsadlari va manfaatlariga xiz-
mat qiladi; 
– tahlil o‘tkazishda barcha turdagi manbalardan, shu jumladan, ish-
lab chiqarish hisobi ma’lumotlaridan ham keng foydalaniladi; 
– tahlil o‘tkazishni davlat boshqaruv organlari tomonidan cheklan-
maganligi; 
– tahlil kompleks tarzda korxona faoliyatining barcha tomonlari bir-
biri bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi;
– tahlil natijalari sir saqlanadi. 
Korxona faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlilining asosiy vazifalari: 
1) ko‘rsatkichlarni bazis davridan farqlanishiga ijobiy va salbiy 
ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish; 
2) xo‘jalik faoliyati samaradorligini obyektiv ravishda baholash; 
3) biznes-rejani ilmiy jihatdan asoslanganligi, uning bajarilishini na-
zorat qilish; 
4) mahsulot hajmini oshirish, uning tannarxini pasaytirish bo‘yicha 
foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash, o‘tkazilgan sinov 
natijalarini atroflicha o‘rganish va ularni umumlashtirish.   Diagnostik tahlil     
Jahon moliyaviy-iqtsodiy inqirozining sabab-oqibatlarini o‘rganish-
dan olingan saboqlardan biri korxona faoliyatini iqtisodiy jihatdan 
o‘rganishda voqeliklarning yuzaga kelayotgan belgilari hamda simtop-
lari orqali, ularni tavsiflash asosida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ho-
latlar va ularning natijalarini oldindan ilmiy asosda bashoratlash zarurat 
ekanligidir. Oldindan bashoratlangan natijalar maqsadga muvofiq bo‘lsa, 
jarayon o‘z yo‘nalishda davom ettiriladi. Agar, jarayon natijasining sa-
maradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlansa, topilgan omil-
lar chora-tadbirlar vositasida faoliyatga joriy etiladi. Basharti, diagnos-
tika natijalari salbiy holatlarni ko‘rsatsa, unda reja va budjet ko‘rsatkich-
lari bozor talablari hamda korxona imkoniyatlari asosida qaytadan ko‘rib 
chiqiladi va zarur o‘zgartirishlar oldindan amalga oshiriladi. Diagnostik 
tahlil qisqa yoki uzoq muddatli voqeliklarni o‘rganib ularni iqtisodiy ho-
latning istiqbolli natijalarini hamda rivojlanishini ko‘rsatib beradi. 

Download 22,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish