Iqtisоdiy tаhlil


Iqtisodiy tahlilning predmeti



Download 274,14 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana22.04.2022
Hajmi274,14 Kb.
#574161
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-MAVZU TAHLIL

2.Iqtisodiy tahlilning predmeti 
 
Har qanday fanning vujudga kеlishi uchun hayotiy zarurat tug’ilishi lozim. Shu 
tufayli fanning shakllanishi biror kishi yoki vazirlikning ijod mahsuli bo’ lib 
qolmasdan, obyektiv jarayonga tayanadi. 
Korхonalarni to’g ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaхshilash, 
raqobatbardoshlik quvvatini oshirish хo’jalik faoliyatini chuqurroq o’rganishni talab 
etadi. Bu esa buхgaltеriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba

zi 
ko’rsatkichlarga izoh bеrishni talab qiladi. Bular esa, o’z navbatida, hozirgi tahlil 
fanining vujudga kеlishi uchun obyektiv asos bo’lgan. 
Fanning predmeti, deganda shu fanda nima o’rgatilishi tushuniladi. Har qanday 
mustaqil fan o’zining predmetiga ega. 
Iqtisodiy tahlil fanining predmetiga keng ma‘noda qaraydigan bo’lsak, u 
iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan obyekt (korxona, birlashma, kompaniya
aksiyadorlik jamiyati, konsern, korporasiya kabilar) xo’jalik faoliyatining barcha 
sohalarini (iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologiya va h.k.) o’z ichiga oladi. 
Tahlil fani xo’jalik faoliyatida sodir bo’layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni o’z ichiga oladi. Ammo bu jarayonlarning sodir bo’lish paytini emas
balki uning natijasini o’rganadi. Obyektda sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar uning 
biznes rejasida ko’zda tutilgai ma‘lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo’lishini 
qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan buxgalteriya hisobi, statistika kabi fanlar 
shug’ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma‘lum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib 
boriladi va turli hisobotlarda o’z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan 
hisobotlarga, jamlangan hujjatlarga asoslanadi. 
Shunday qilib, iqtisodiy tahlil fanining predmeti, xo’jalik faoliyatida obyektiv 
(tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta‘sirida sodir bo’lgan, bo’layotgan va bo’ladigan 


ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ma‘lumotlar manbaida ifodalangan ko’rsatkichlar tizimi 
(sistemasi) orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo’llarini ishlab chiqishni 
o’rganishdan iboratdir. 
Tahlilning predmetida obyektiv (tashqi) va 
subyektiv (ichki) omillar alohida o’rin tutadi, 
chunki iqtisodiy jarayonlar o’ z-o’zidan sodir 
bo’ lmaydi. Ular ma‘lum ichki va tashqi omillar 
ta‘siri ostida ro’ y beradi. Shu omillar ta‘sirini 
boshqa fanlar o’rgatmaydi. Bu faqat tahlil fanida 
o’rganiladi va uning predmetining asosini 
tashkil qiladi. Shuningdek, xo’jalik faoliyati 
natijasiga to’g’ri baho bermasdan, unga ta‘sir 
qilgan ijobiy va salbiy omillarni o’ rganmasdan 
turib 
ko’zda 
tutilgan 
maqsadga 
erishib 
bo’lmaydi. Shu tufayli tahlil fani predmetining 
markazida obyektiv va subyektiv omillarni 
o’rganish lozimligi qayd qilinishi bejiz emas. 
Juda ko’p iqtisodiy fanlar mavjud. Lekin ularning ichida tahlil fani xo’jalik 
faoliyatining natijasiga odilona baho bera oladi. Undagi ijobiy va salbiy o’zgarishlarga 
omillar ta‘sirini aniqlaydi. Shularga asosan xo’jalik faoliyatini yaxshilash yo’llarini 
ishlab chiqadi. Bu xususiyatlar faqat tahlilga xos bo’lganligi uchun ham uning 
predmetida natijaga to’g’ri baho berish va yaxshilash yo’llarnni ishlab chiqish tegishli 
o’ringa ega. 
Har qanday fanning obyekti bo’lishi lozim. Fanning obyekti uning predmeti 
qayerlarda amalga oshishini ko’rsatadi. Tahlil fanining predmeti hozirgi bozor 
munosabatlari shakllanayotgan sharoitda ko’ p mulkchilikka asoslangan barcha yuridik 
va jismoniy shaxslarnnng xo’jalik faoliyatida mujassam. Shu tufayli iqtisodiy tahlil 
fanining obyektiga davlat, jamoat tashkilotlari, kompaniyalar, birjalar, korxonalar
tashkilotlar, birlashmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar kiradi. 

Download 274,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish