Biznеs rеjа tuzish kоrхоnа fаоliyatining tаhlili bilаn bоshlаnаdi vа yakunlаnаdi.
Biznеs rеjаning аniq vа puхtа ishlаb chiqilishi kоrхоnаlаrning iqtisоdiy rivоjlаnishigа
zаmin yarаtib bеrаdi.
Tаbiаt vа jаmiyatdаgi vоqеlikni o’rgаnuvchi vа ulаrning
tаdqiq qilish obyekti
dеb qаrоvchi аlоhidа fаnning o’zi аmаl qilаdigаn tаmоyillаri mаvjud bo’lаdi.
Tаmоyillаr o’rgаnilаdigаn obyektni bir butunligi, rеаlligi vа vоqеligini tаvsiflаydi. Shu
jihаtdаn tаhlilning hаm iqtisоdiy hоdisа vа jаrаyonlаrni o’rgаnishdа o’zi аmаl
qilаdigаn tаmоyillаri bоr. Mаzkur tаmоyillаr tаhlil fаni obyektlаrning obyektivligi,
mаntiqliligi, shаkl-mаzmuni, miqdоr-sifаti vа
shu kаbi jihаtlаrni tаvsiflаb, rеаl
vоqеlikning yagоnа tushunchаsini hоsil qilаdi.
Korxonalarning xo’jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish uchun asos qilib
olingan quyidagi tamoyillar mavjud:
1.
Obyektning holatini dastlabki iqtisodiy nazariya jihatidan tahlil qilishning
zarurligi, o’rganiladigan hodisalarning mohiyati va bir-biriga o’zaro bog’liqligi.
2.
Tahlilning kompleks xarakterga ega ekanligi hamda o’zaro
bir-biriga uzviy
ravishda bog’liq tahliliy ko’rsatkichlar tizimining qo’llanishi.
3.
Iqtisodiy ma‘lumotlarni tahliliy jihatdan qayta ishlash jarayonida
o’rganiladigan hodisalarni guruhlashtirish va ularga ta‘sir ko’rsatuvchi omillarni
miqdor va sifat belgilariga qarab turkumlash.
4.
Korxonalar faoliyatini tahlil qilishda taqqoslash usulining ichki xo’jalik
rezervlarini aniqlashdagi ahamiyati.
5.
Tahlil natijalari asosida ilg’or tajribalarni
keng yoyish va ommani
korxonalarni boshqarishga yana ham keng jalb etish.
6.
Korxonalarni boshqarishda hisob va hisobotning hal qiluvchi roli, ularning
iqtisodiy tahlilda asosiy axborot manbai ekanligi.
Yuqorida qayd etilgan tamoyillar iqtisodiy tahlilning shakllanishiga va
uning
rivojlanish jarayoniga asos bo’ldi.
Iqtisodchi olimlar tomonidan O’zbekiston Resrublikasida iqtisodiy tahlil
quyidagi yo’nalishlardarivojlanishi lozimligi ko’rsatilgan
6
:
-
·raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirishda xo’jalik
yurituvchi subyektlarning faoliyatini iqtisodiy tahlil jihatidan tahlil etishni
takomillashtirish lozim;
-
hozirgi vaqtda respublikamizda ko’p mulkchilikka asoslangan bozor tizimidagi
korxonalar vujudga keldi. Iqtisodiy tahlil ham ana shu sohaga mos rivojlanishi lozim;
-
O’zbekistonda barcha sohalar bo’yicha, ayniqsa, buxgalteriya hisobining jahon
andozalariga mos tizimi qabul qilinmoqda. Bu esa xalqaro
andozaga mos iqtisodiy
tahlil tizimini ham yaratishni taqozo etadi;
-
olimlar sanoat, qurilish, transport, xizmat va boshqa iqtisodiyotning muhim
sohalari bo’yicha darslik va o’quv qo’lanmalar yaratishlari lozim;
-
iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda bu fanga tegishli ahamiyat berilishi va
davlat ta‘lim standartlariga hamda o’quv rejalariga kiritish lozim.
Ushbu tadbirlarning amalga oshishi mustaqil davlatimizning mustaqil fani –
iqtisodiy tahlilning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Bufanning kelajakda
ahamiyati
keskin oshadi, chunki iqtisodiyotni yanada rivojlantirisg va liberallashtirish sharoiti
har xil korxonalarning xo’jalik faoliyatini chuqur o’rganishni, tahlil qilishni taqozo
etmoqda.
6
Vаhаbоv А., Ishonqulov N., Ibrоhimоv А. Mоliyaviy vа bоshqаruv tаhlili. Darslik. -T.: Iqtisоd-mоliya,
2013.