Iqtisodiy tahlil


Korxona faoliyatini tahlili



Download 1,13 Mb.
bet34/105
Sana19.04.2022
Hajmi1,13 Mb.
#564255
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Bog'liq
УМК Иқтисодий таҳлил 2016

Korxona faoliyatini tahlili. Korxonalar yuridik mustakil shaxs bo’lib, o’zlarining mustakil balanslariga ega, o’z ish faoliyatilarini nizom asosida olib boradilar.
Korxonalar davlat, kooperativ korxonalar bhlishi mumkin va bular o’z ish faoliyatlarini sanoatda, kurilishda, qishloq xujaligida, transportda, aloqada, savdo, moddiy-texnika ta`minoti va boshqa xizmat ko’rsatuvchi soxalarda amalga oshiradilar.
Ta`lilni o’ziga xos xususiyati korxonada analitik ishni olib borayotgan organlarning vazifalaridan kelib chikib qo’yidagilarga bog’liq buladi: korxona iqtisodiyotini o’rganish ketma-ketligiga, tahlil qilish tematikasiga analitik ish shaqllariga.
Ichki xo’jalik tahlili. Korxonalar xo’jalik faoliyatini tahlil qilishdan farqli ularok ichki xo’jalik tahlilini o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, bunda alohida bulinmalar ish faoliyatini (umumiy jamoa yutuqlariga ko’shgan xissasini baholashda) detallashtiriladi. Bu tahlilga xalk xujaligi asosiy buginini boshqarishni barcha bosqichlari, ya`ni oddiy ish joyigacha bulgan bosqichlari kiradi. (3.3-chizma)




3.3-chizma. Ichki xo’jalik tahlili uslubi


2. Xo’jalik sub`ektlarida iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil etishning zaruriyati
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti yaratish maqsadida iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.
Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo’jalik yurituvchi sub`ektning o’z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to’g’ri boshqarishni ta`minlashi zarur bo’ladi. Ammo ko’pgina korxona va tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar tuzish xuquqini qo’lga kiritganlaridan so’ng xo’jalik yuritishning yangi sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo’lib qoldi.
Bozor iqtisodiyoti soxasida boshqaruv sub`ektlariga faqat axborotga ega bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to’g’ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo’ladi. Samarali boshqarishda eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir.
Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xo’jalik faoliyatini o’rganishda hamda xulosalar chiqarishda asos bo’ladigan bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Tahliliy ishlarni muvafaqqiyatli, samarali o’tkazilishi uni har tomonlama o’ylab, sinchiklab tashkil qilinishiga bog’liq. Uni o’tkazilishi ilmiy xarakterga asoslangan va reja asosida amalga oshirilishi lozim. Tahlil ishlari olib borilayotganda, u bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. Ushbu bosqichlarni bosib o’tish jarayonida har bir bosqichning mazmuni oldindan aniqlanishi kerak va ularning bajarilishi ma`lum tomonlarga asoslangan bo’lishi lozim. Asoslanishi lozim bo’lgan tomonlar esa quyidagilardan iborat:

  1. Korxona faoliyatini tahlil qilish - boshqarishda qaror qabul qiladigan har bir rahbar, menejerning xizmat burchidir. Shunday qilib bundan chiqadigan zarur tamoyil bu tahlil ishlarini bajaruvchilar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlash;

  2. Ishlab chiqarish tarmoqlarida tahlil ishlarini tashkil qilishda eng zarur tamoyillardan biri uning tejamliligi, ya`ni kam xarajat qilib yuqori samaraga erishish;

  3. Tahlil ishlarini tashkil qilishda yana bir tamoyil uni o’tkazishni nazorat qilib borish.

Korxona iqtisodiy-moliyaviy ahvolini tahlil qilish bilan shug’ullanayotgan har bir xodim korxonaning boshqaruv va moliyaviy hisobot shakllarini erkin o’qishni, uning moddalarini tushunishni, shuningdek, xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishi kerak.
Korxonalarda iqtisodiy tahlilni tashkil etish ixtiyoriylik va amaliyotdagi tajriba hamda talabdan kelib chiqqan holda tahlil ishlari tashkil etiladi. Tahlilni tashkil etishda o’rganiladigan mavzularning qo’lami va ahamiyatiga qarab iqtisodchilar bilan bir qatorda korxonaning barcha mutaxassislari hamda oddiy ishchisigacha ishtirok etishlari mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning zaruriyati hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada ortgan bo’lib, chunki har bir faoliyatning korxona uchun manfaatlilik darajasini aniqlashdan, bu faoliyatning iqtisodiy nuqtai nazaridan to’g’ri tashkil etilganligiga baho berishdan iboratdir. Iqtisodiy tahlilni korxona miqyosida to’liq tashkil etishga bevosita javobgar bosh hisobchi yoki korxona boshqaruvchisi bo’lishi mumkin. Sherik korxonalarda esa bu masalaga bevosita korxona boshlig’i yoki iqtisodiy masalalar bo’yicha korxona boshlig’ining muovini shug’ullanishi mumkin bo’ladi.
Korxonalarda tsex yoki brigada ma`lumotlari bo’yicha iqtisodiy tahlilni esa shu bo’lim boshliqlari tashkil etishlari kerak bo’ladi.
Viloyat, tuman yoki tarmoqlar bo’yicha ma`lumotlarni umumlashtirib iqtisodiy tahlilni o’tkazishga istiqbolni belgilash va statistik tashkilotlar yoki yuqori tashkilotlar tarkibida tashkil etilgan iqtisodiy tahlil kengashi ish yuritadilar.
Boshqaruvning hamma bo’g’inlarida umumiy ishlab chiqarish sohasini samaradorligini oshirishda analitik ishni tashkil etish va iqtisodiy tahlilning roli oshib bormoqda. Ushbu holatdan kelib chiqib iqtisodiy tahlil tashqi va ichki tahlil turlariga bo’linadi.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish