Amaliy mashg’ulot topshiriqlari
Quyidagi savollarga javob bering:
Korxonaning materiallar bilan ta’minlanganligi va ulardan foydalanish tahlili oldida qanday asosiy vazifalar turadi?
Tahlilning asosiy bosqichlarini ayting.
Materiallardan foydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlariga nimalar kiradi?
Material sig’imining xususiy ko’rsatkichlarini ayting.
Solishtirma material sig’imi o’zgarishi sabablarini ayting.
Korxonalarda materiallar me’yoridan ortiqcha sarflanishiga olib keladigan qanday sabablar mavjud?
Material resurslar tejalishi zaxiralarining tashuvchilari hisoblanuvchi omillarning asosiy guruhlarini ayting.
1-masala. Quyidagi ma’lumotlar bo’yicha xom ashyo va materiallarning ombor holatini tahlil qiling.
Materiallar nomi
|
1-sana uchun haqiqatda qoldiq
|
Xarajat kunida haqiqatda qoldiq
|
Zaxira me’yori, kunlarda
|
Me’yordan og’ish, kunlarda
|
Natural ifodada me’yordan og’ish
|
maksimum
|
minimum
|
A
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
Po’lat U-10, kg
|
4800
|
96
|
35
|
15
|
|
|
Po’lat 8mm, kg
|
350
|
7
|
20
|
10
|
|
|
2-masala. Mahsulotning material sig’imi ko’rsatkichlarini aniqlang, u bo’yicha biznes-reja bajarilishini baholang, uning dinamikasini tahlil qiling.
Ko’rsatkich
|
O’tgan yil
|
Hisobot yili
|
O’tgan yilga nisbatan % da
|
Rejaga nisbatan % da
|
reja
|
haq..
|
1.Material sarfi, ming so’m
|
33400
|
33496
|
33473
|
|
|
2. Tovar mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming so’m
|
76430
|
76715
|
77468
|
|
|
3. Tovar mahsulot material sig’imi, so’m
|
|
|
|
|
|
3-masala. Oldingi jadval ma’lumotlari bo’yicha rejaga nisbatan material sig’imi o’zgarishining mahsulot hajmiga ta’sirini hisoblang.
4-masala.Korxona ma`lumotlariga asoslanib korxonaning moddiy-texnika resurslari bilan ta`minlanish rejasining bajarilishini, hamda materiallardan samarali foydalanganlik darajasini aniqlash, tahlil etish va xulosa yozish lozim.
Ko’rsatkichlar
|
Biznes reja bo’yicha
|
Haqiqatda
|
Farqi
(+,-)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1.Moddiy xarajatlar, ming sum
2.Tovar mahsuloti, ming sum
3.Tovar mahsuloti material sigimi, sum (1/2)
4.Material sarfi uzgarishining ta’siri ( +, - ):
tovar mahsuloti tannarxidagi moddiy xarajatlarning kimmatlashishi (+), pasayishi (-)
tovar mahsulotining hajmiga, ming sum
5. Material qaytimi (2 / 1)
|
1201416,8
3418716,3
x
x
x
|
1131713,1
3416816,3
x
x
x
|
x
|
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar:
Quyidagi mavzulardan ixtiyoriy biri bo'yicha taqdimot yoki mustaqil ish tayyorlang.
1.Xo'jalik yurituvchi sub`ektlarning moddiy resurslar bilan ta`minlanganligini tahlil etishning ahamiyati, vazifalari va axborot manbalari.
2.Korxonaning material resurslar bilan ta`minlanganligini tahlili.
3.Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi va ularni ishlab chiqarish hajmiga ta`sirini tahlili.
4.Material qaytimi va material sig'imining tahlili.
Quyidagi savollarga javob tayyorlang:
Korxonaning moddiy resurslari nima maqsadda tahlil etiladi?
Moddiy resurslarni tahlil qilishda tahlilning asosiy vazifalari nimalardan iborat bo’ladi?
Qaysi axborot manbalariga asoslanib korxonaning moddiy resurslar tahlil qilinadi?
Moddiy resurslar tarkibi va uning dinamik o’zgarishlari qanday tahlil etiladi?
Zahira holatini tahlil etish usullarini ayting.
Tovarlarni omborlarda saqlash harajati qanday aniqlanadi?
ABC – analiz, XVZ – analiz, logistika nimalarni anglatadi?
Materiallardan samarali foydalanish ko’rsatkichlari qanday aniqlanadi?
Material qaytimi va material sig’imi qanday aniqlanadi?
Material qaytimining mahsulot hajmiga ta`siri qanday tahlil etiladi?
Material sig’imini pasaytirish imkoniyatlarini ko’rsatib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |