Import kvota — bu har yili mamlakatga keltirishga ruxsat berilgan xorijiy mahsulot hajmini miqdor jihatdan cheklab qo'yishidir. Davlat mamlakatga mahsulot keltirishiga ijozat beruvchi litsenziyani cheklangan miqdorda beradi va litsenzi- yasiz importni taqiqlaydi.
Import kvota darajasi Kjm=I/Y aIM ;
Uning indeksi esa Jim= K-imi/Kjmo aniqlanadi.
Bu yerda I — import hajmi; Kjmo, Kjmi — bazis va joriy davrlarda import kvota darajalari.
Bulardan tashqari quyidagi xizmatlar ham tashqi savdo aylanmasiga kiritiladi: qurilish montaj ishlari, kemalarni, samolyotlarni, poezdlarni, avtomobillarni, uskunalarni ta ’mirlash. Bu xizmatlar hammasi tijorat asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar tashqi savdo aylanmasiga kiritilmaydi:
— bepul berilgan odamiylik yordamlari;
— ko‘rgazmaga keltirilgan mahsulotlar;
— aloqa boiim lari orqali yuborilgan shaxsiy mahsulotlar. Eksport — bu tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi bo-
zorga chiqarishdir.
Eksport kvota deganda, muayyan tovarni eksportga belgi- langan hajm (hissa)da ishlab chiqarish va yetkazib berish tu- shuniladi.
K-eks- Eks/YalM; Jeks- K-eks/Kekso
Bundan tashqari yana sanoat mahsuloti eksporti kvotasi hisoblanadi.
K-eks—Eks/SM; Jeks- Kgks/Kekso
Bunda, SM — sanoat mahsuloti hajmi, u rivojlangan niamlakatlarda taxminan 40—50%ga teng. Bu esa ishlab chiqarish barcha sanoat niahsulotlarining yarmi tashqi bo- zorga olib chiqib ketilishini anglatadi.
Proteksionizm — milliy iqtisodiyotni xorij raqobatidan himoya qilishga qaratilgan siyosatdir:
— davlat o 'z hokimiyatiga tovarlar importini ma’n etadi;
— import tovarlariga qo‘yiladigan bazis haqqi ko'paytiriladi;
— import tovarlarning ekologik tozaligiga talab oshiriladi;
— importning miqdori chegaralanadi, ya’ni kvota belgila- nadi;
— tovarlar importi uchun ajratilgan kvota cheklanadi;
— mamlakatdan chiqarilgan tovarlar uchun davlat sub- sidiya berib, xarajatni qisman qoplab, ulami arzonlashtiradi;
— davlat mahalliy tovarlar sotishni ko'paytirish uchun eksportga ham kvota o'rnatadi.
Proteksionizm, odatda, eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, import mahsulotlar o'rnini qis m an qoplash bilan qo'shib olib boriladi.
Demping deganda, tashqi bozorni cgallash uchun tovarni
ishlab chiqarish xarajatlaridan past (arzon) baholarda chetga eksport qilish yoki tovarlami tashqi bozorda ichki bozorga nisbatan arzon bahoda sotish tushuniladi. Demping tashqi bozor uchun kurash, raqobatchini sindirish vositalaridan biri hisoblanadi. Ko‘rilgan zarar davlat budjeti hisobidan qopla- nadi. Ichki bozorda yuqori narxlarda sotilgan tovardan olin gan foyda davlat budjetiga tushadi.
0 ‘zbekiston Davlat statistika qo'mitasining axborotnoma- siga qaraganda, respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2005- yilda 9500,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi (2004-yilning yanvar-dekabriga nisbatan 109,6%), shu jumladan M DH mamlakatlari bo'yicha 3403,4 mln. AQSH dollarini (113,3%) boshqa xorij mamlakatlari bo'yicha 6096,7 mln. AQSH dol larini (107,6%) tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |