8 – mavzu. Iqtisodiy siyosat
Reja:
Iqtisodiy siyosat tushunchasi.
Klassik siyosiy iqtisod.
Iqtisodiy siyosatning asosiy elementlari
Iqtisodiy siyosatni amalga oshirish vositalari
Iqtisodiyotni siyosiy mexanizmlar yordamida tartibga solish
Siyosatning birinchi darsi iqtisodiyotning birinchi
darsiga e'tibor bermaslikdan iborat (Thomas Sowell,
Stenford Universitetining iqtisodiyot fanlari professori)
Iqtisodiy siyosat - iqtisodiyotni boshqarish, mamlakat maqsaddari, vazifalari, manfaatlariga muvo-fiq holda iqtisodiy jarayonlarga mu-ayyan yoʻnalish berish sohasida davlat, hukumat faoliyatining bosh yoʻnalishi, tadbirlari tizimi; iqtisodiyot fani soxalaridan biri. Tarkibiy, investitsiya, moliya-kredit, ijtimoiy, tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnika, soliq, byudjet sohalardagi siyosatni qamraydi .Iqtisodiy siyosat tarkibi: 1.Mercantilizm 2.Fiziocretizm 3.Classik 4.Marjinalizm 5.Neoklassik 6.Keynschilik.
Iqtisodiy siyosat empirik jihatdan - makroiqtisodiy darajada iqtisodiy qarorlarni tanlash va amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui, hukumat harakatlari. Iqtisodiy siyosatni amalga oshirish ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadlarga erishishni nazarda tutadi. Iqtisodiy siyosatning maqsadlari mamlakat iqtisodiyotining hozirgi holati bilan belgilanadi
19-asrning oxirida "siyosiy iqtisod" atamasi asta-sekin iqtisodiyot atamasini bilan o’rin almasha boshladi. Hozirgi kunda "iqtisodiyot" atamasi odatda boshqa siyosiy va ijtimoiy fikrlar mavjud bo'lmagan iqtisodiyotni tor doirada o'rganishni anglatadi, "siyosiy iqtisod" atamasi esa o'zgacha va raqobatdosh yondashuvni anglatadi. Oddiy til bilan aytganda, "siyosiy iqtisod" shunchaki iqtisodchilarning yoki siyosatshunoslar tomonidan ishlab chiqilgan aniq iqtisodiy takliflar bo'yicha hukumatga va jamoatchilikka bergan tavsiyalariga murojaat qilishi mumkin bo’lgan kontekslarda yaqqol ko’zga tashlanadi. 1970-yillardan boshlab jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiyot fanlari turli siyosiy boshqaruv modellarini afzalliklarini isbotlash asnosida kengayib bordi.
Butun bozor tizimi uchun hal qiluvchi saboq 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi bo'ldi. Ushbu saboqning natijasi davlat ishtirokining rolini yangi sifat darajasiga ko'tarish, ikkita ijtimoiy-iqtisodiy hodisa (bozor va davlat) o'rtasidagi munosabatlarning yanada samarali variantini topish kerakligi haqidagi xulosa edi. Bozorning jadal rivojlanishi sharoitida hukumat choralari davlatning aralashmaslik, neytral xatti-harakatlari doirasidan tashqariga chiqishi kerak edi. Iqtisodiyot hukumatning yanada murakkab chora-tadbirlar majmuasiga muhtoj bo'la boshladi.
Iqtisodiy siyosat sohasida dastlabki qadamlar 19-asr oxirida qoʻyildi. Bu borada ko‘plab davlatlardan oldinda borayotgan Germaniya bunga misol bo‘la oladi. Otto fon Bismark tashabbusi bilan qonunlar qabul qilindi, ular asosida yangi soha - ijtimoiy sug'urta paydo bo'ldi. Xususan, 1883 yilda qonun kasallikdan sug'urtalashni, 1884 yilda - baxtsiz hodisalardan sug'urtalashni va nihoyat, 1889 yilda - sanoat ishchilarining nogironligi va ularning pensiya xizmatlarini sug'urtalashni joriy qildi.
Ikki jahon urushi o'zining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolari bilan umumiy iqtisodiy siyosatning shakllanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi nafaqat mintaqaviy, balki umumiy iqtisodiy, biroz kechroq xalqaro xarakterga ham ega bo'la boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |