Iqtisodiy resurs tushunchasi va uning turlari


Iqtisodiy resurs tushunchasi va uning turlari



Download 238,42 Kb.
bet2/7
Sana20.06.2022
Hajmi238,42 Kb.
#682237
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'zbekistonda foydali qazilmalar

Iqtisodiy resurs tushunchasi va uning turlari.

Insoniyat bor ekan uning ehtiyojlari ma’lum bir darajada resurslar orqali qondiriladi. Biz avvalo “resurs” tushunchasini to’la anglab olishimiz kerak, sababi kurs ishi mavzusini to’la yoritishda resurslar borasidagi fundamental bilimlar kerak bo’ladi. Resurs tushunchasiga hamma har xil ta’rif bergan, lekin ularning mazmuni deyarli bir xildir.
Resurs - bu foyda keltiradigan manba yoki ta'minot. Resurslar mavjud bo'lganda keng tasniflanishi mumkin - ular qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan manbalarga ajratiladi. Ularni rivojlanish va foydalanish darajasiga ko'ra haqiqiy va potentsial deb tasniflash mumkin, kelib chiqishi asosida ular biotik va abiotik, hamda taqsimlanishi asosida esa mahalliy va mahalliylashtirilgan (xususiy resurslar, jamoat mulki, tabiiy resurslar, xalqaro resurslar). Biror narsa vaqt va rivojlanayotgan texnologiyalar bilan resursga aylanadi. Resurslardan foydalanishning afzalliklari boylikning ko'payishi, tizimning to'g'ri ishlashi yoki yaxshilangan farovonlikni o'z ichiga olishi mumkin. Inson nuqtai nazaridan, tabiiy resurs - bu atrof-muhitdan inson ehtiyojlari va ehtiyojlarini qondirish uchun olingan har qanday narsa. Kengroq biologik yoki ekologik nuqtai nazardan, resurs tirik organizmning ehtiyojlarini qondiradi.
Resurslar kontseptsiyasi iqtisodiyot, biologiya va ekologiya, informatika, menejment va inson resurslari sohalarida, masalan, raqobat, barqarorlik, saqlash va boshqarish tushunchalari bilan bog'liq bo'lgan ko'plab ish yo'nalishlari bo'yicha ishlab chiqilgan. Insoniyat jamiyatidagi tijorat yoki notijorat omillar resurslarni boshqarish orqali resurslarni taqsimlashni talab qiladi.
Resurslar – bu iqtisodiy faoliyat ( ishlab chiqarish) ning umumiy shart-sharoitlari, moddiy asosi va iqtisodiy omillaridir. Ularni umumlashtirib ishlab chiqarish resurslari va iqtisodiy resurslarga ajratiladi.

Ishlab chiqarish resurslari – jamiyat ixtiyorida mavjud bo’lgan tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishda foydalaniladigan qimmatliklardir. Har qanday kompaniyaning iqtisodiy faoliyati ishlab chiqarish resurslarini shakllantirish bilan boshlanadi.


Ishlab chiqarish resurslari funksional vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
Tabiiy resurslar – bu tabiat inomlari. Tabiiy resurslar ham o’z navbatida qayta hosil qilinadigan va qayta hosil qilinmaydigan, tiklanadigan va tiklanmaydigan turlarga bo’linadi.

  • Moddiy resurslar – inson tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish vositalari.

  • Mehnat resurslari – mehnatga layoqatli yoshdagi aholi.

  • Moliyaviy resurslar – ishlab chiqarishni tashkil qilishga ajratilgan pul mablag’lari.

Iqtisodiy resurslar – ma'lum davrda ma'lum bir mamlakat ixtiyorida to‘plangan va mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste'molchilarga yetkazib berish va iste'mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar, imkoniyatlar va manbalardir. Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi. Iqtisodiy resurslar iqtisodiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan moddiy va insoniy omillarning yaxlitligidir.


Iqtisodiy resurslami quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, o ‘rmon va biologik resurslar);
2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari majmui);
3) kapital (yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, xomashyo va materiallar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag‘lari va boshqalar);
4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul zaxiralari ham kiradi.
Iqtisodiy resurslar ishlab chiqarish jarayonida o’zlarining xususiyatlarini namoyon qilishga ko’ra obyektiv va subyektiv yoki moddiy va shaxsiy omillarga ajratiladi.
Iqtisodiy resurslar uchun umumiy bo’lgan xususiyat – ular kamyob yoki miqdori jihatidan cheklangan.
Iqtisodiy resurslarga ham hamma turlicha yondashgan. Yuqorida iqtisodiy resurs 4 guruhga bo’linishini ko’rdik, lekin klassik maktab iqtisodchilari iqtisodiy resursni uch toifaga bo’lib o’rganishgan.

  • Yer (Yer barcha tabiiy resurslarni o'z ichiga oladi va ishlab chiqarish joyi ham, xom ashyo manbai sifatida qaraladi).

  • Mehnat yoki inson resurslari (bu ish haqi to'lanadigan mahsulotni yaratishda berilgan inson mehnatidan iborat).

  • Kapital (Kapital inson tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar yoki ishlab chiqarish vositalaridan (mashinalar, binolar va boshqa infratuzilma), foizlar bo'yicha to'lanadigan boshqa tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladi).

Chet el nashrlarida xususan ingliz nashrlarini ko’radigan bo’lsak, unda ham iqtisodiy resurs tusunchasiga yanada boshqacharoq yondashgan, ya’ni yuqoridagi ma’lumotlarni umumlashtirib yoritib berilgan:
Iqtisodiy resurslar - bu mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishda foydalaniladigan omillar. Boshqacha qilib aytganda, ular narsalar yaratishda yoki sizga xizmatlarni taqdim etishda ishlatiladigan ma'lumotlardir. Iqtisodiy resurslarni mehnat resurslari va menejment kabi insoniy resurslarga, er, kapital tovarlari, moliyaviy resurslar va texnologiyalar kabi insoniy bo'lmagan resurslarga bo'lish mumkin.

Boshqa bir nazariyaga ko’ra esa iqtisodiy resurslar quyidagi omillarni o’z ichiga oladi:


1. Moddiy resurslar. Bularga tabiiy boyliklar, asbob-uskuna,mashina mexanizmi, bino-inshoat va har xil qurilmalar kiradi.Ular ishlab chiqarishning moddiy, buyumlashgan omilini tashkilqiladi.
2. Mehnat resurslari. Bularga mehnatga layoqatli aholi kiradi. Iqtisodiyot uchun resurs sifatida aholining faqat soni emas, balki uning bilimi, ish tajribasi va mehnat mahoratiahamiyatlidir.
3. Ishbilarmonlik qobiliyati. Bu tadbirkorlarning ishning ko‘zini bilishi, ishlab chiqarish, tijorat, bank ishi va boshqa faoliyatni samarali boshqara olishi, tavakkalchiligi, zarar ko‘rishdan qo‘rqmasligidir.
Resurslarning so‘nggi ikki turi ishlab chiqarishning shaxsiy, insoniy omili hisoblanadi. Resurslar sarfi texnika-texnologiyadarajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu daraja qanchalik yuqori bo‘lsa ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi yoki aksincha. Masalan, eski texnologiya sharoitida 10 so‘mlik mahsulot olish uchun 1 kVt elektr energiya sarf qilinsa, ilg‘or texnologiya sharoitida 0,5 kVt sarflanadi, demak, energiya resursbirligi evaziga 2 barobar ko‘p mahsulot olinadi. Resurslarning kamyobligi umumiy hodisa. Bu ekiladigan yerlarning yer osti va yer usti boyliklarining, mehnatga yaroqli aholi sonining cheklangan bo‘lishi, energiya resurslarining yetishmasligida ifoda etiladi.



  1. Download 238,42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish