Reja: 1. Iqtisodiy o’sish tushunchasi va o’lchanishi.
2. Iqtisodiy o’sishning omillari va tiplari.
3. Iqtisodiy o’sishning keynscha modellarining umumiy tavsifi.
E. Domar modeli.
4. Iqtisodiy o’sishning R. Xarrod modeli.
1. Iqtisodiy o’sish tushunchasi va o’lchanishi Iqtisodiy o’sish to’liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko’payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial YAIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o’sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek, jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan o’lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o’sish real YAIM ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o’sish aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real YAIM ning o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o’sish nazariyasi va modellarida YAIM o’rniga SIM, YAMD, SMD ko’rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o’sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo’linishiga bog’liq deb qaraladi.
Iqtisodiy o’sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o’lchanadi..
2. Iqtisodiy o’sishga omillari va tiplari Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o’sishi sur’atlarini, ko’lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy o’sish omillari deyiladi.
Iqtisodiy o’sish omillari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh omillari ihtisodiy o’sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:
jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o’sish potensialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi:
Agar o’sish qo’shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o’rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi.
YAIMning o’sishi iqtisodiyotda band bo’lganlar sonidan yuqori sur’atga ega bo’lsa intensiv ihtisodiy o’sish ro’y beradi.
“Iqtisodiy o’sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga bog’liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to’g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni ko’zda tutadi.
Iqtisodiy o’sishning bu ikki tipi sof holda ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sish uni ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko’proq ekstensiv, yoki ko’proq intensiv bo’lishi mumkin.