Iqtisodiy o'sish


Таълим ва малака тайёргарлик



Download 154 Kb.
bet4/4
Sana21.02.2022
Hajmi154 Kb.
#6372
1   2   3   4
Таълим ва малака тайёргарлик

  • Ресурсларнинг жойлаштириш самарадорлиги.

  • Бошља омиллар.

    Меќнат сарфлари

    Бу чизма кўрсатадики, реал маҳсулот икки асосий усулда кўпайтирилиши мумкин:

    1. ресурсларнинг кўпроқ ҳажмини жалб этилиши;

    2. улардан анча унумли фойдаланиш йўли билан.

    Мамлакатнинг иқтисодий ўсиш суръатини характерлайдиган кўрсаткичлар (реал ЯММ ва аҳоли жон бошига реал ЯММнинг ўсиши) миқдорий кўрсаткичлар бўлиб, улар

      • биринчидан маҳсулот сифатининг ошишини тўлиқ ҳисобга олмайди ва шу сабабли фаровонликнииг ҳақиқий ўсишини тўлиқ, характерлаб беролмайди;

      • иккинчидан, реал ЯММ ва ахоли жон бошига ЯММнинг ўсиши бўш вақтнинг сезиларли кўпайишини акс эттирмайди ва фаровонлик реал даражасининг пасайтириб кўрсатилишига олиб келади, учинчидан, иқтисодий ўсишни миқдорий ҳисоблаш бошқа томондан унинг атроф мухитга ва инсоннинг хаётига салбий таъсирини хисобга олмайди.

    ahon Banki: O'zbekiston iqtisodiy o'sish bo'yicha mintaqada ikkinchi
    Malik Mansur
    Amerika Ovozi
    28/07/2007
    O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy o`sishga doir rasmiy ko`rsatkichlarni ma`lum qilgan. Mutaxassislar bu raqamlarni shubha ostiga olmoqda. Bu orada Jahon Bankining yalpi ichki mahsulot hajmi bo’yicha yillik hisobotiga qaraganda, hozir Markaziy Osiyoda eng ko’p daromad ko’rayotgan va iqtisodiy jihatdan kuchli davlat Qozog’iston. Keyingi o’rinni O’zbekiston band etgan.
    O`zbekistonning iqtisodiy o`sishiga oid rasmiy ko`rsatkichlar Vazirlar Mahkamasining yarim yillik yakunlariga bag`ishlangan yig’ilishida e’lon qilingan.
    Rasmiy xabarlarga ko’ra, bu yil O`zbekistonda don hosli har qachongidan ham yuqori bo’lgan.
    Vazirlar Mahkamasi yig`ilishidagi xulosaga ko`ra, yalpi ichki mahsulot o’sishi 9,7 foizni, inflayatsiya 2,7 foizni tashkil etgan.
    Kuzatuvchilar fikricha, yalpi ichki mahsulot salkam 10 foiz ekani rivojlanishdan darak beradi. Biroq bu ko`rsatkichlar real vaziyatdan yiroq.
    Rasmiy Toshkent e’lon qilgan iqtisodiy raqamlar qator xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan ham ehtiyotkorlik bilan qabul qilinmoqda.
    Xalqaro valyuta jamg`armasi O`zbekistonda umumiy o`sish kuzatilayotganini qayd etadi.
    Jahon bankining hisobotida O`zbekiston dunyoda yalpi ichki mahsulot sur’ati o`sayotgan davlatlar qatoriga kiritilgan.
    Jahon banki ma’lumotiga ko`ra, O`zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi bo`yicha 17 millard dollardan oshiq ko`rsatkich bilan dunyoda 89-orinni, mintaqada esa 77 millard dollar ko`rsatkich bilan 55-o`rinni egallagan Qozog`istondan keyin ikkinchi o`rinni band etadi.
    Ayrimlar nazarida xalqaro moliyaviy tashkilotlarning bu xulosalari rasmiy Toshkent va Yevropa Ittifoqi o`rtasida muloqot yo`lga qo`yilayotgani uchun ham aytilmoqda.
    Aholi esa iqtisodiy ko`rsatkichlar real hayotda his etilmayotganidan norozi.
    “Ish yo’q, odamlar nima qilishini bilmaydi. Ayollar, erkaklarning mardikor bozori to`lib ketgan. Avvallari ishlagan zavodlarning hammasi sun’iy krizisga uchrab, arzimagan pulga sotib yuborildi, o`rniga imoratlar qurilmoqda. Toshkentdagi chinni zavodi avval eski shahardagi ko`pchilik ayollarni ish bilan ta’minlab turgan edi. Hozir ko`pchilik ishsiz”, - deydi poytaxtliklardan biri.
    O`zbekistonda bu yil 6 million 250 ming tonna don hosili olingan.
    Mutaxassislar O`zbekiston yerlarida sho`rlanish kuzatilayotgan, yer hosildorligi keskin pasaygan bir sharoitda bu raqamlarni shubha ostiga olmoqda.
    Fermerlar qanday yo`l bilan bo`lmasin, don rejasini bajarishga majbur. Hosil bayramidan biroz o`tib, prokuratura ommaviy tarzda qo`shib yozishlar bo`yicha ish boshlaydi, deydi ayrimlar.
    “O`zi yetishtirgan narsani yana qaytarib o`lsa, uni qayta ishlab, mahsulotini o`n karra qimmat qilib yana dehqonga sotsa… Bu dehqonni tayoqlash uchun qilinayaptimi? Paxta zavodlari, yog` zavodlari aksiyadorlik jamiyati bo`lgan deyishadi. Ularning aksiyalari kimning qo`lida?”
    Dehqondan arzon narxda olingan xomashyo bu korxonalar qo’liga topshiriladi. Bu davlatning qo`li bilan qilinadi, deydi kuzatuvchilardan biri.
    “Demak davlatga tegishli odamlar bo`lsa kerak. Nega ular o`z mahsulotini erkin narxda sotadi? Dehqonlarga esa majburiy narx belgilaydi? Bu savollarga hech kim javob bermaydi”, - deydi kuzatuvchi.
    “Xonadonlardagi vaziyat… Erkaklarda yashashga bo`lgan intilish susayib ketmoqda. Bu tahlil qilinmayapti. Bu esa jamiyatning parchlanishiga olib keladi”, - deydi huquq himoyachisi Jahongir Shosalimov.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot
    2006 yil 19 iyulda respublika hukumatining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari har tomonlama muhokama qilindi va 2006 yil uchun belgilangan prognoz parametrlariga erishishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
    2006 yil 10 fevraldagi hukumat majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari va eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishning borishini tanqidiy tahlil qilish majlis qatnashchilarining diqqat markazida bo‘ldi.
    Majlisni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.Mirziyoyev olib bordi.
    Joriy yilning birinchi yarim yilligida, ayniqsa, ikkinchi choragida tarkibiy islohotlar ko‘lamlarini kengaytirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va erkinlashtirish, mulkchilikning xususiy sektorini mustahkamlash, qulay investitsiya muhitini shakllantirish hamda aholi turmush darajasini oshirishning muhim omili sifatida fuqarolarni ish bilan ta’minlashni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga erishishga ko‘maklashdi.
    Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar borasida erishilgan yutuqlar buning isbotidir. Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 2005 yilning I yarim yilligidagiga nisbatan 6,6 foizni tashkil qildi. Iqtisodiy o‘sish investitsiyalarning - 6,9 foiz, sanoat mahsulotlarining - 9,7 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining - 7,2 foiz, savdoning - 11,6 foiz, xizmatlar ko‘rsatishning - 13,3 foiz o‘sishi hisobiga ta’minlandi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida boshoqli don ekinlari bilan bir qatorda meva-sabzavot, poliz va chorvachilik mahsulotlari salmog‘i oshdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 883,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,2 foiz profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi 3,5 foizni tashkil etdi.
    Tekshirishlarni keskin qisqartirish, sanksiyalarni sud tomonidan belgilash mexanizmini joriy etish, statistik va moliyaviy hisobotlarni qisqartirish bo‘yicha o‘tgan yil oxirida va joriy yil boshida qabul qilingan normativ hujjatlar kichik biznes va tadbirkorlikni yanada keng rivojlantirishni ta’minladi. Banklar tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 240 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Ixtisoslashtirilgan «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki tashkil etildi va faoliyat ko‘rsata boshladi. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes korxonalari soni qariyb 25 foizga, ular mahsulotlarining yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i esa o‘tgan yilning tegishli davridagiga nisbatan 3,2 foizga ko‘paydi.
    O‘tgan davr mobaynida 240 ta korxona va yirik obyektlar xususiy mulk etib sotildi, ulardan 107 tasi investitsiya majburiyatlari ostida bepul berildi. Moddiy resurslarni sotishning bozor mexanizmlari yanada faol joriy etilmoqda. Yuqori likvidli mahsulotlarni Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali sotish hajmi 61,7 foizga ko‘paydi va 483 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Birja eksporti aylanmasi ancha ko‘paydi.
    Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini jadal modernizatsiyalash va texnika bilan qayta jihozlash strategiyasi, amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tashkil etildi. Markazlashtirilmagan investitsiyalar salmog‘i ko‘paydi. Neft-gaz tarmog‘ida Rossiya kompaniyalari bilan birga loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqla. To‘qimachilik sanoatida bir qator loyihalar tugallanmoqda.
    «Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on» temir yo‘li, «O‘zbekiston» elektr quvvati uzatish liniyasi va bir qator muhim obyektlar qurilishi yuqori sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Mahalliylashtirish dasturi doirasida mahsulotlar ishlab chiqarish 1,4 baravar ko‘paydi va 675,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
    O‘tgan yarim yillikda aholining turli qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish, ularning ish bilan bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha bir qator kompleks chora-tadbirlar ko‘rildi. Mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini joriy qilish davomida o‘qituvchilar va sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari ish haqi ko‘paytirildi. Maktablarning direktor jamg‘armasidan 202 ming o‘qituvchiga yoki ular umumiy sonining 44 foiziga qo‘shimcha to‘lov belgilandi, ular hajmi 28,3 mlrd.so‘mni tashkil qildi. «Homiylar va shifokorlar yili» tadbirlari doirasida aholining yordamga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ancha kengaydi va u 106 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
    Shu bilan bir qatorda, Vazirlar Mahkamasi majlisi qatnashchilarining asosiy e’tibori amalda hal etishni talab qiladigan mavjud kamchiliklar va muammolarga qaratildi.
    Ma’lumki, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning yaqin bir necha yilga mo‘ljallangan maqsadli kompleks dasturlarini tasdiqlash bo‘yicha bir qator muhim farmonlar va qarorlar qabul qilindi. Ko‘rsatib o‘tilgan dasturlarni asosiy bog‘lovchi omil – bu ularning ijtimoiy yo‘naltirilganligidir.
    Iqtisodiyot vaziri B.Xo‘jayev, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri S.Ismoilov, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O.Obidov, Surxondaryo, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlari, shuningdek, respublikaning bir qator shahar va tumanlari hokimlari hisobotlarida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, xizmatlar va servis sohasini, ayniqsa, qishloq joylarda rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi daromadlarini ko‘paytirish, meva-sabzavotchilik va uzumchilikda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarining birinchi bosqichlari amalga oshirilishi tanqidiy tahlil qilindi.
    Majlisda qayd etilganidek, kimoshdi savdolarida aholiga 12,0 ming boshdan ortiq qoramol sotildi. Faqat Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi tomonidan ushbu maqsadlar uchun 6,15 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi va o‘zlashtirildi. Omuxta ozuqalar bilan kafolatli ta’minlash masalalari ishlab chiqildi va hal etilmoqda. Respublikaning kam ta’minlangan oilalariga sigirlarni bepul ajratish ishlari kengaymoqda.
    Kasanachilik sohasida, shu jumladan yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalash yo‘li bilan 78,3 ming ish o‘rinlari, shu jumladan korxonalar bilan mehnat shartnomalari bo‘yicha 22,4 ming ish o‘rinlari tashkil etildi. Aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish hajmi ancha ko‘paydi va u qariyb 890 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
    Ixtisoslashtirilgan 210 ta meva-sabzavotchilik va uzumchilik qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) negizida 39,0 ming fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Qayta ishlovchi sanoat korxonalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar muassislari bo‘lgan 195 ta agrosanoat firmalari faoliyat ko‘rsata boshladi. Ular tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlash hajmi ko‘paydi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmoyishga muvofiq chet el tajribasini o‘rganish asosida fermer xo‘jaliklarini, kichik korxonalar va agrofirmalarni jihozlash uchun asbob-uskunalar, mini-texnologiyalar va ixcham ishlab chiqarish vositalari xarid qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda.
    Shu bilan birga, vazirliklar va idoralarning, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining tashkilotchilik ishlari yetarli emasligi sababli ushbu ijtimoiy jihatdan muhim dasturlarning belgilangan vazifalari va prognoz parametrlari belgilangan muddatlarda va talab qilingan hajmda bajarilmayapti. Shu munosabat bilan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (S.Ismoilov), «O‘zeltexsanoat» ushmasi (SH.Umarov), Andijon (S.Begaliyev), Toshkent (M.Kuchchiyev), Surxondaryo (A.Eshmurodov) viloyatlari, Ulug‘nor (S.Esonov), Sirdaryo (H.Razzoqov) va Yangiqo‘rg‘on (I.Mamajonov) tumanlari hokimliklari faoliyati qattiq tanqid qilindi.
    Majlis qatnashchilari oldiga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning maqsadli kompleks dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, respublika aholisini ish bilan ta’minlash ko‘lamlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni tizimli asosda ta’minlash vazifalari qo‘yildi.
    Hukumat majlisida, shuningdek, joriy yil investitsiya dasturini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Ma’lumki, ushbu dastur bilan tasdiqlangan investitsiya loyihalarining, ayniqsa, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi hamda xorijiy ilg‘or, yuqori samarali texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yirik xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog‘liq investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi muayyan darajada ushbu sohalar va tarmoqlarning o‘zini yanada izchil rivojlantirishga, shuningdek, respublikaning iqtisodiy salohiyatini oshirishga ko‘maklashadi.
    Majlisda qayd etilganidek, Investitsiya dasturi doirasida hozirdayoq moliyalashtirishning barcha manbalari hisobiga qariyb 1625,0 mlrd. so‘m miqdorida o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar bilan birga, bir qator muhim investitsiya loyihalari yetarli sur’atlar bilan amalga oshirilmayapti. «O‘zbekengilsanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (R.Ro‘ziqulov), «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasi (E.Akramov), «O‘zkommunxizmat» agentligi (O‘.Holmuhamedov) tizimidagi, shuningdek, Buxoro (S.Husenov) va Namangan (I.Najmiddinov) viloyatlaridagi loyihalar shular jumlasidandir.
    Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga yo‘l qo‘yilgan qoloqlikning o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, joriy yil Investitsiya dasturida nazarda tutilgan ustuvor ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarining so‘zsiz foydalanishga topshirilishini ta’minlash yuklandi. Shu bilan birga, texnik-iqtisodiy asoslashlarni puxta tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar chiqarishni kafolatlaydigan nou-xau va texnologiyalardan foydalanish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek, hokimliklarning shaxsiy javobgarligi belgilangan holda iqtisodiyot tarmoqlarini va butun ijtimoiy sohani oldindagi kuz-qish davriga zarur darajada tayyorlashni ta’minlash masalalari kompleksi muhokama qilindi.
    Bosh vazir o‘rinbosarlari E.Shoismatov, N.Xanov nutqlarida bir qator vazirliklar va idoralar rahbarlarining, shuningdek, Toshkent shahar (A.To‘xtayev), Uchtepa (SH.Muhamedxonov) va Chilonzor (H.Mahkamov) tumanlari hokimliklarining e’tibori o‘tgan yilgi xatolarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka, energetika, gaz va isitish tizimlarini, barcha uy-joy fondi, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash obyektlarini mukammal va joriy ta’mirlashni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish zarurligiga qaratildi. Shu munosabat bilan respublikada tashkil etilgan, yaqinda qabul qilingan qonunga muvofiq yangicha sharoitlarda faoliyat ko‘rsatadigan 3026 xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga alohida mas’uliyat yuklanishi ta’kidlab o‘tildi.
    Respublika hukumati majlisida kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilindi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qo‘yilgan 2006 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ustuvor vazifalarni so‘zsiz bajarish va kelgusi 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish uchun mustahkam zamin yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlar kompleksi belgilandi.
    Bu http://uz.ref.uz/download.php?id=12690 faylining GTBT(HTML) versiyasidir..
    G o o g l e dunyo to'rini o'rmalar ekan avtomatik ravishda dokumentlarning GTBT(HTML) versiyasini hosil qiladi.
    MAVZULAR MAVZULARI
    № Ma’ruza mavzulari Soat
    1 Bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiyot faning o’rni va vazifalari 2
    2 O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tish modeli va unda davlatning roli 2
    3 Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar 2
    4 Makroiqtisodiyotda bandlik muammolari 2
    5 Inflyatsiya 2
    6 Iste’mol , Jamg’arma va Investitsiya 2
    7 Fiskal siyosat va davlat byudjeti 2
    8 Pul bozori. Davlatning pul – kredit siyosati 2
    9 Ochiq iqtisodiyot 2
    10 Iqtisodiy o’sish 2
    Jami: 20
    ADABIYOTLAR
    I.A. Karimov. “O’zbekiston siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”. T:”O’zbekiston”, 1995.
    I.A. Karimov. “O’zbekiston buyuk kelajak sari”. T:” O’zbekiston”.1998.
    O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi I chaqiriq VII Sessiyasi ma’lumotlari. Toshkent oqshomi ro’znomasi. 7 dekabr 2001.
    “Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me’yoriy xo’jjatlar to’plami” (I–II qism). T:”Sharq”. 1998.
    Komibell R. Makkonell Stenli. T.Bryu. “Ekonomiks”. Tallin. 1993.
    “Mikro-makro ekonomika ”. Praktikum. AO”Litera-Plyus”. Sank-Peterburg. 1994.
    M. Mamarasulov. “Iqtisodiyot va bozor munosabatlari” T: “Navro’z”. 1996.
    A.Eshmuhamedov, L. Kalanova, M. Rahimova, T. Raminova. “Bozor munosabatlari sharoitida milly iqtisodiyotning rivojlanishi”. T: “O’qituvchi”, 1996.
    M. Hakimova, “Makroiqtisodiyot” T: “Mehnat”, 1997yil.
    Berkli Xill. “Iqtisodiyotga kirish”. (Qishloq xo’jaligi o’quv yurtlari talabalari uchun darslik). T: “Mehnat”. 1998yil.
    1- MAVZU: “MAKROIQTISODIYOT” FANING PREDMETI, USULLARI VA ASOSIY VAZIFALARI.
    Reja:
    Inson ehtiyojining cheksizligi va resurslarning cheklanganligi.
    Iqtisodiyotda “Makroiqtisodiyot” faning tutgan o’rni.
    “Makroiqtisodiyot” faning asosiy vazifalari.
    Adabiyotlar : 2, 3, 5, 6, 9
    Ijtimoiy yunaltirilgan bozor munosabatlarining xuquqiy asoslarini yaratish o’tish davrining majburiy sharti bo’libgina qolmay, balki huquqiy davlat qaror topishning xarakterli xususiyati xamdir. O’zbekitonda bozor iqtisodiyotini ama qilishi uhun negiz yaratuvchi qonunlar qabul qilingan. Bu qonunlarda Respublikaning ijtimoiy va xususiyatlari hisobga olingan.
    Qishloq xo’jaligini isloh qilish Respublika iqtisodiyotini zamonaviylashtirish tomon tutilgan yo’lning boshlanishidir. O’tish davri muammolari, ishlab chiqarish tuzilmasini buzishning yuki qishloq xo’jaligi zimmasida bo’lib, u iqtisodiyotni barqarorlashtirishga yordam beradi.
    O’zbekiston Respublikasini Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mulkchilikning turli shakllari yuzaga kelib unda marketing, menejment, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot fanlarini yanada chuqurroq o’rganish zaruriyati tug’ildi. Shu sababli Respublikamizning asosiy Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini, ya’ni ish bilan bandlik, ishsizlik, inflyatsiyani kelib chiqishi va ularni bartaraf etish yo’llari, yalpi talab va taklif, iste’mol, jamg’arma, investitsiya, makroko’lamda ishlab chiqarishni barqarorlashtirish, muvozanatni ta’minlash va boshqa muammolarni keng ko’lamda taxlil qilib to’g’ri xulosalar chiqarishi zarur.
    Xar qanday iqtisodiy faoliyatning pirovard maqsadi inson ehtiyojlarini qondirishdir. Shu boisdan xam insonning mehnat faoliyati bitinchi navbatda o’zining shaxsiy manfaatini qondirishga qaratilgan bo’ladi. Iqtisodiyot to’g’risida fikr yuritar ekanmiz, moddiy boyliklar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarning cheklanganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim bo’ladi. Ma’lumki xar qanday maxsulot ishlab chiqarish uchun ikki xil resurs kerak bo’ladi. Bu moddiy resurslar va mehnat resurslari bo’lib hisoblanadi. Ana shu resurslarning moddiy qismi, ya’ni yer, yer osti boyliklari, xom ashyo materiallar va hakozolar jamiyatda cheklangandir. Shu sababli ham cheklangan resurslardan unumli foydalangan jamiyatgina talab darajasida rivojlanishi mumkin. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish uchun bevosita qatnashadigan mehnat resurslari imkoniyati ham, shu jumladan uning fiziologik qobiliyati, vaqti, umri ham cheklangan. Undan xoxlagan miqdorda foydalanishiga imkon yuq. Shu boisdan xar bir jamiyat o’zining mehnat resurslarini imkoniyat doirasini kengaytirish chora tadbirlarini belgilashi kerak va shu asosda ulardan maksimum foydalanishga erishish mumkin bo’ladi.
    Lekin shunday bo’lsa xam hozirda va kelgusida kishilarning baxtl turmush darajasini belgilovchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarning cheklanganligi asosiy muammo bo’lib qolaveradi. Chunki resurslar cheklanmagan bo’lganda, ularni turli xildagi vazifalari bajarish uchun maqsadga muvofiq tarzda taqsimlashga, tejashga ulardan unumli foydalanishga zaruriyat bo’lmas edi.
    Dunyoda barcha davlatlar iqtisodiyotining rivojlanish tarixi mavjud cheklangan imkoniyatlardan unumli foydalanishning muxim yo’li iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tkazish bo’lib xisoblanishini kp’rsatdi. Faqat bozor iqtisodiyotida kishilarning mexnatga muvofiq tarzda rag’batlantiriladi.
    Biz o’zimizning moddiy farovonligimizni ko’tarish uchun kurashamiz, ya’ni o’zimizni hayotimiz uchun ishlash bu makroiqtisodiyot fanining predmeti hisoblanadi.
    O’rganish usuli shundan iboratki, iqtisodchilar asosiy tamoyillarni shakllatiradilar, ular siyosatni shakllantirishda muhim rol uynaydi va iqtisodiy muammolarni yechishda qo’llaniladi.
    “Makroiqtisodiyot” fan sifatida butun xalq xo’jaligi yoki tarmoqlardagi iqtisodiy qonuniyatlarni, halq xo’jaligidagi davlat, kooperativ, xususiy va boshqa sektorlarning iqtisodiy o’sish, umumiy baho majmuasi, inflyatsiya, ish bilan bandlik, umumiy daromadlar, xarajatlar va shu kabi qator boshqa masalalarni o’rganib, tegishli qarorlar qabul qiladi.
    ”Makroiqtisodiyot” fanini tutgan o’rnini qo’yidagi tartibda ifoda etsa bo’ladi:
    Boshqa iqtisodiy fanlar
    Mikroiqtisodiyot
    Makroiqtisodiyot
    Ekonomiks
    “Makroiqtisodiyot” fani faqatgina iqtisodiy fanlar bilan emas, balki umumta’lim, ijtimoiy, siyosiy, texnologik va boshqa fanlar, ayniqsa ayrim tarmoqlar iqtisodiyotiga bog’liq bo’lgan fanlar bilan doimiy aloqada bo’ladi. Bular “Ishlab chiqarishni joylashtirish”, Qishloq xo'jaligi iqtisodi, sanoat iqtisodi, “Sanoat va Qishloq Xo'jaligi faoliyatini tashkil etish va pejalashtish”.
    Makroiqtisodiyot iqtisodni boshqa sektorni aloqasini qo’shib umumiy ko’rinish berib, iqtisodni bir butun o’rganadi. Bu yerda ayrim birliklariga ahamiyat berilmasdan bir butun o’rganishga qaratikgan.
    Shuning uchun ham mikroiqtisodiy izlanishlar umumiy muammolarni tahlil qilib beradi, aytaylik, umumiy mahsulot xajmi, umumiy ish bilan taminlanish darajasi, umumiy daromad, umumiy sarflangan xarajat, umumiy baho darajasi va h.k. Ikkinchi omondan esa mikroiqtisodiyot aniq iqtisodiy birliklar bilan ish ko’radi, ularni batafsil o’rganadi.Ya’ni iqtisodning eng kichik qismi o’rganiladi. U erda ayrim shirkat, fermer, dehqon xo’jaligi, ularni ishlab chiqarishi, mahsulot bahosi, sotishdan kelga darolmad, xarajat va h.k. bu fanning vazifalariga qo’yidagilarni kiritish mumkin:
    Iqtisodiy o’sish - sifatli tovar va xizmatlar bilan xayotni yanada yuqori pog’onaga ko’tarish;
    Ish bilan to’liq bandlik - ya’ni ishlashni xoxlovchilarni ish bilan to’liq band qilish;
    Iqtisodiy samaradorlik - ya’ni chegaralangan ishlab chiqarish resurslariga eng kam harajat qilib ko’p mahsulot olishdir.
    Baho darajasi – baholarni ko’tarilishiga barqarorlashtirish orqali yo’l qo’ymaslik;
    Iqtisodiy erkinlik – boshliqlarga, ishchilarga, iste’molchilarga, ularni iqtisodiy faoliyatiga erkinlik berish;
    Daromadni haqli ravishda tog’ri taqsimlash – hech qanday fuqarolar guruxi ogirlikka boshqasi esa boylikka chumishiga yo’l qo’yish mumkin emas;
    Iqtisodiy ta’minlash – ya’ni doimiy kasallar, mehnatga yaroqsizlar, qariyalarni va boshqalarning hayotini o’tkazishni ta’minlash;
    Savdo balansi – halqaro savdo puxta o’ylab, yaxshi tushunib savdo ishini yo’lga qo’yish.
    Shuni aytish kerakki, birinchidan, agarda 1,4,8 vazifani to’liq hisoblash mumkin bo’ladigan bo’lsa, unda 5 va 7-ni hisoblash imkoniyati yo’q. Ikkinchidan ma’lum bir maqsadni amalga oshirish ayrimlari o’z-o’zidan amalga oshirish natijasida 6-7 amalga oshirishni ko’taramiz.
    Savollar
    Makroiqtisodiyot faning Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rganish zaruriyati nimada?
    Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot fanlari haqida
    Makroiqtisodiyot fanining asosiy usullari.
    Makroiqtisodiyot fanining asosiy muammolari va ularni hal etish yo’llari.
    2- MAVZU : O’ZBEKISTON BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH MODELI BA UNDA DAVLATNING ROLI.
    Reja :
    Bozor iqtisodiyotining tub belgilari va Bozor iqtisodiyotiga o’tish zaruriyati.
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish modellari.
    Bozor islohotlari va O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tish modeli.
    Adabiyotlar 1,2,3,4,5,7,9
    “Makroiqtisodiyot” fani mamlakat iqtisodiyoti va uning yalpi ishlab chiqarishining o’sishi, pasayishi, turg’unlik davrlarini iqtisodiy tahlil qiladi va uni tartibga solish iqtisodiy mehanizmlarini yaratadi.
    Tovar ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda, bozorga qarab tovarlarni yaratadilar, bozor talabini qondirgandagina, daromad topadilar. Yaratilgan tovarni ayriboshlash sohasidagi munosabatlar sotuvchi va haridor o’rtasidagi erkin oldi – sotdi munosabatidir.
    Tovar pul munosabatlari umuminsoniy hodisa, ular turli tizimlarga xos bo’lib, ularni bir – biri bilan bog’lab turadi. Ammo bu munosabatlar yuksak darajada rivoj topgandagina Bozor iqtisodiyotiga aylanadi.
    Bozor iqtisodiyoti kapitlistik va tarixda mavjud bo’lgan sobiq sotsialistik iqtisodiyotdan farq qiladi.
    Bozor iqtisodiyotining quyidagi sub’ektlari mavjud:
    Iqtisodiy mustaqil mulk egasi yohud iste’molchi bo’lgan ayrim kishilar yoki guruxlar. Bularga odatda yollanib ishlovchilar, capital egalari, ishlab chiqarish vositalari egalari kiradi. Ular tadbirkorlik asosida o’z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi.
    Firma, korxona, xo’jaliklar, ularda band bo’lgan tadbirkorlar, ular foyda olish yo’lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ish ga soladilar.
    Davlat, aniqrog’i, davlatning barcha mahkama, idora, tashkilotlari, ular ham ishlab chiqarish, ham iste’mol bilan shug’ullanadilar, bozor va unda qatnashuvchilar ustidan nazorat qiladilar.
    Bozor iqtisodiyotining muhim belgisi – bu iqtisodiy plyuralizm hisoblanadi, ya’ni mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tuman bo’lishidir.
    Turli shakldagi mulklar erkin bo’lib, yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi. Turli mulklar hech bir mulk shaklining hukmron bo’lishiga yo’l bermaydi. Xo’jalik yuritish usullari ham har xil bo’ladi.
    Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir, iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning mulk ob’yekti bo’lishi, mulkdorning esa mustaqilligiga ega bo’lishidir. Har bir korxona, tashkilot, ayrim fuqaro o’z ixtiyoriga ko’ra, o’ziga ma’qul bo’lgan ish bilan shug’ullanadi.
    Bozor iqtisodiyoti pulsiz bo’lishi mumkin emas, pul iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi, iqtisodiyotda o’ta muhim rol o’ynaydi. Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib pirovard natijada yaxlit iqtisodiyot tizimi hosil etadi.
    Bozor munosabatlari tizimida shunday rag’bat kuchi jamlanganki u mutassil iqtisodiy o’sish va sotsial rivojlantirishni ta’minlaydi.
    Bozor munosabatlari iqtisodning jadal borishini ta’minlovchi uchta kuchni yuzaga keltiradi:
    Iqtisodiy faoliyat erkinligi – bu uddaburonlik uchun keng imkoniyat beradi.
    Raqobat kurashi – bu kim o’zdi qoidasini yuzaga keltiradi, mehnat unumdorligi, ish sifatini oshiradi, qattiq mehnat intizomini joriy etadi.
    Daromadning cheklanmasligi – bu qushimcha daromad topishga intilishini paydo etadi.
    Xalqaro tajriba ko’rsatganidek, Bozor iqtisodiyotiga o’tishning uch shakli yoki modeli mavjud:
    G’arbiy Evropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li;
    Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil taraqqiyot yo’lida o’tib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari yo’li;
    Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li.
    Bu yo’llarning umumiy va xususiy jahatlari bor, albatta. Ularning hammasi bir manzilga - Bozor iqtisodiyotiga olib keladiki, bu iqtisodiyotning qonun – qoidalari, amal qilish tamoyillari ko’p jihatdan umumiy bo’ladi. Ammo bozor munosabatlarining shakllanishi ijtimoiy – iqtisodiy, tarixiy, milliy va halqaro sharoiti xar xil bo’lganligi sababli, unga o’tishning milliy yoki xududiy xususiyatlari ham mavjud bo’ladi.
    Sobiq sotsialistik mamlakatlarda davlatlashtirilgan o’ta markazlashgan yagona bir markazdan bohqaruvchi iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurligi quyidagi bosqichlarni taqozo etar edi:
    Bozor iqtisodiyotiga o’tishning xuquqiy asoslarini barpo etish, ya’ni uni ta’minlovchi yuridik qonunlar tizimini yaratish;
    Bozor infratuzilmasini shakllantirish, bunda Bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni o’rnatishga ko’mak beruvchi, ya’ni bozorga xizmat ko’rsatuvchi sohalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni yaratish;
    Mulkchilik va xo’jalik yuritish usullarini xususiylashtirish, ya’ni davlat mulki monopoliyasini cheklangan holda jamoa va xususiy mulkka aylantirish, davlat mulkini nodavlat mulkiga aylantirish;
    Narxlarni erkinlashtirish, narx ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish.
    O’zbekiston Respublikasi Bozor iqtisodiyotiga o’tishi quyidagi besh tamoyilga asoslanadi:
    Iqtisodni siyosatdan ustunligi;
    Davlat bosh islohotchi;
    Respublika qonunini ustivorligi;
    Jamiyat a’zolarini kuchli ijtimoiy himoyalash;
    Bozor munosabatlariga bosqichma – bosqich o’tish.
    O’zbekiston bu tamoyillar tutashib ketgan holda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keldi. Birinchi bosqichda davlatlashgan va erkin bozor qorishmasidan iborat o’tkinchi iqtisodiy tizim yuzaga keldi. Rejalashtirish saqlangan xolda korxonalar va xo’jaliklar jumladan, davlat korxonalariham bozor aloqalariga kirishdilar. Bu bosqichdagi bozor munosabatlari ma’lum darajada monopollashgan bo’ladi, chunki davlat korxonalari tanho maxsulot yaratuvchi ya’ni sotuvchi va yagona haridor sifatida bozorga chiqdi. Ammo shu bilan birga monopol mavqeda bo’lmagan, raqobat qiluvchi nodavlat korhonalari ham bozor munosabatlarining ishtirokchisiga aylandi. Bu bosqichda rejalashgan va erkin Bozor iqtisodiyoti sektorlari hosil bo’ladi. Ya’ni Iqtisodiyot ikki sektori tus oladi.
    Ikkinchi bosqichda Iqtisodiyot to’la – to’kis xususiylashtirish tugallandi. Narxlar erkin quyib yuborildi, davlat korxonalari miqdoriy qisqarishi bilan monopol mavqe tugatildi. Monopollashgan bozordan erkin bozorga, davlatlashgan Iqtisodiyotdan erkin raqobatga tayangan Iqtisodiyotga o’tila boshlandi. Iqtisodiy demokratiya tamoyillari yuzaga keldi. Bayon etilganlardan qat’iy nazar Bozor iqtisodiyotiga turli bosqichlarni o’tib boorish mumkin. Lekin bosqichlarning davomiyligi, ular doirasida echiladigan muammolar xar xil bo’ladi.
    Savollar
    O’zbekistonda bozor munosabatlari shakllanishida makroiqtisodiy tamoyillarning o’rni.
    I.A.Karimovning 1998 yilda chop etilgan ”O’zbekiston buyuk kelajak sari” asari haqida.
    Jamiyatni boshqarishda davlat tizimining roli.
    Qishloq Xo'jaligida iqtisodiy islohotlar strategiyasi.
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida respublikamizda huquqiy me’yorlarning yaratilishi.
    3-MAVZU : ASOSIY MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLAR.
    Reja:
    Mamlakatning makroiqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar.
    Ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini ifoda etuvchi ko'rsatkichlar.
    Miliy hisobchilik tizimidagi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarlarning o’zaro nisbati.
    Adabiyotlar 1,2,3,4,8,10.
    Mamlakatning makroiqtisodiy xolati ijtimoiy ishlab chiqarish, inflyatsiya, ishsizlik va bandlik, aholining moddiy farovonligi darajasi va boshqalar bilan belgiladi.
    Shuning uchun ham makroiqtisodiy holatini aks ettiruvchi asosiy ko'rsatkichlar bo’lib qo’yidagilar hisoblanadi:
    Yalpi ijtimoiy maxsulot, yalpi milliy maxsulot, yalpi ichki maxsulot, milliy daromad.
    Davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol baholar indeksi, inflyatsiyaning o’sish sur’ati.
    Ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholini ish bilan bandligi darajasi.
    Aholini moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, uning jamg’armalari, ish haqini qo’yi miqdori va qator boshqalar.
    Bu ko'rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy xolatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini baholash uchun ishlatiladi.
    Bozor iqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy ishlab chiqarish – iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha sohalarining ishlab chiqarishidir. Bu yerda moddiy ishlab chiqarish sohalaridan tashqari, pulli xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif va boshqalar) ham ijtimoiy ishlab chiqarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iqtisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy maxsulot tarkibiga tovarlar ham, xizmatlar ham, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar hisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda faqat bepul xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va har qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat hisobiga faoliyat ko’rsatadi.Ijtimoiy ishlab chiqarish tushunchasidagi farq natijasida, mamlakatlar o’zining mazmuniga ko’ra ajratib turuvchi ko'rsatkichlardan foydalanadi, ularni hisoblashning turli uslublari qo’llaniladi.
    Agar biz milliy iqtisodiyotni shartli ravishda turli xil resurslarni qayta ishlab, jamiyat uchun zarur bo’lgan mahsulot va xizmatlarga aylantiradigan, sungra ularni mamlakat ichkarisida qayta taqsimlaydigan, bir qismini xorijga chiqaradigan ulkan korxona ko’rinishida tasavvur etsak, xech mubolag’asiz uning faoliyatini asosiy ko'rsatkichlari bo’lib milliy ishlab chiqarish va milliy daromad ko'rsatkichlari hisoblanadi. Xar bir mamlakat ijtimoiy maxsulot va milliy daromad hajmini o’zida tarixan tarkib topgan ishlab chiqarishning xususiyatiga va nazariy qarashlariga asoslangan usullar hisoblanadi. Lekin bu usullardagi farq ikki guruhga bo’lingan mamlakatlar o’rtasida bir – biridan ajratilgan.
    Birinchi gurux mamlakatlarida ijtimoiy ishlab chiqarishning natijalarini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlar bo’lib yalpi ijtimoiy maxsulot va milliy daromad hisoblangan. Yalpi ijtimoiy maxsulot (YAIM) – bu ma’lum vaqt mobaynida (chorak, yil) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan yalpi maxsulotlar yig’indisidir. Milliy daromad (MD) – deganda ma’lum vaqt davomida shu tarmoqlarda olingan daromad yoki sof mahsulot yig’indisi tushunilgan. Bu ko'rsatkichlarni hisoblash xalq xo’jaligi balanslari yoydamida amalga oshirilgan.
    Bozor munosabatlari usinlik mavqeiga ega bo’lgan va ijtimoiy ishlab chiqarishning keng ma’nodagi tushunchasidan foydalaniladigan ikkinchi guruhga mansub mamlakatlarda uning asosiy ko’rsatkichlari bo’lib yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, sof milliy mahsulot, ixtiyoridagi daromad hisoblanadi.
    Yalpi ichki mahsulot (YAIM) va yalpi milliy mahsulot (YAMM) iqtisodiyotning ikki yirik sohasi: moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar natijasini aks ettiradi. Ular, iqtisodiyotda barcha Tovar va xizmatlarni yakuniy ishlab chiqarish hajmini qiymati shaklida aniqlanadi. Bu ko’rsatkichlar ma’lum bir muddatda ham joriy, ham solishtirma baholarda hisoblanadi. Lekin, ular o’rtasida ma’lum farq mavjud.
    YaIM – Bu shu mamlakat xududida
    4-MAVZU:MAKROIQTISODIYOTDA BANDLIK MUAMMOLARI.
    Reja:
    Ijtimoiy resurslar va ularning guruxlanishi.
    Ishchi kuchi va ishsizlikning ko’rinishlari.
    Ishsizlikning tabiiy darajasi va iqtisodiy salohiyati.
    Nominal va real ish xaqi.
    Adabiyotlar: 2, 4, 5, 7, 8.
    Ishlab chiqarilgan va iste’molchiga taklif etilgan ijtimoiy mahsulotning qiymati ishlab chiqarish xarajatlariaga, ya’ni sarf qilingan iqtisodiy resurslar xajmiga bog’liq.
    Bozor iqtisodiyotida yalpi milliy mahsulot(YaMM) yoki yalpi ichki mahsulot(YaIM) miqdori bilan o’lchaniladigan yakuniy mahsulotni ya’ni qo’shimcha qiymatni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslar qo’yidagilardan iborat:
    Moddiy resurslar:
    yer, xom-ashyo resurslari(barcha tabiiy resurslar jumladan, o’rmonzorlar, foydali qazilmalar, suv resurslari).
    Kapital yoki investisiya resurslari-mashinalar, asbob-uskunalar, transport vasitalari, omborxonalar, ta’minot korxonalari, ya’ni real kapital.
    Inson resurslari:
    yollanma xodimlar mehnati
    insonlarning tadbirkorlik qobilyatlari
    Demak, bozor iqtisodiyotida resurslar guruxlanishining xususiyati shundaki unda yer xamda o’ziga xos resurs-insonlarning tadbirkorlik qobilyati ajratiladi. Yollanma xodimlarning sarflangan mehnatlari ish xaqi ko’rinishida daromad keltirsa, tadbirkorlik faoliyatining sarf qilinishi foyda ko’rinishda daromad keltiradi.
    Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol axoli dagenda axolining mehnatga layoqatli yoshdagi tarkibiga kiruvchi ishlayotgan va ishsizlarning umumiy soni tushiniladi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchi xam boshqa mehnat mahsulotlari kabi, Tovar shakliga ega bo’lib, Tovar pul munosabatlariga faol jalb qilinadi. Uning bu xususiyati mehnat ko’rsatkichlari tizimida o’z aksini topadi. Ular orasida ish bilan bandlik va ishsizlik ko’rsatkichlariga muxim o’rin ajratiladi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblash tartibi qo’yidagi jadvalda keltirilgan:
    Ishchi kuchi, bandlik, ishsizlik mln. kishi.
    axoli-jami 25
    shu jumladan:
    16 yoshga to’lmaganlar va maxsus muassasalardagi shaxslar-8.4
    ishchi kuchi tartibidan chiqb ketganlar-6.6
    ishchi kuchi(A1-2) 10
    ulardan: ishlayotgan band bo’lganlar 9.5
    ishsizlar 0.5
    Jadvaldan ko’rinib turibdiki barcha axoli 3 guruxga bo’linadi. Birinchi guruxga-16 yoshgacha bo’lgan bolalar xamda maxsus maussasalarda saqlanayotgan shaxslar kiradi. Masalan, ruxiy kasalliklar shifoxonasida, axloq tuzatish muassasalarida bo’lganlar, axolining bu qismi daromad keltiruvchi ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug’ullana olmaydi. Ikkinchi guruxga-ishlashi mumkin, lekin bir qator sabablarga ko’ra uni istamaydigan axoli kiradi.Ularga o’quvchilarni, nafaqaxo’rlarni, uyida ishlovchilarni kiritish mumkin. Uchinchi gurux yoki qolgan barcha axoli ishchi kuchlarini tashkil etib o’z navbatida ishlayotganlarga va ishsizlarga bo’linadi.
    Ishlayotgan yoki band bo’lgan aholi deb, mehnatga laoqatli yoshdagi, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan aholiga aytiladi. Shartli ravishda ularning tarkibiga to’liqsiz ish bilan band bo’lganlar xam kiritiladi.
    Ishsizlar- bu ishchi kuchlarining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan, lekin ishlashni xoxlovchi va ish qidirayotganlardir.
    Xar bir mamlakat ishlayotganlarni va ishsizlarni o’zining qonunchiligida belgilab qo’yilgan me’yorlarga muvofiq hisobga oladi.
    Ishsizlik darajasi iqtisodiyotda ishchi kuchlaridan foydalanish darajasini ifodalab, quyidagicha aniqlanadi:
    Yoki :
    Mehnat faqat ishlab chiqarish jarayonini amalgam oshirishning zarur sharti bo’lmasdan, balki inson uchun daromad olishning asosiy manbai, uning qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish vositasi hamdir. Shuning uchun ham ishsizlik darajasi mamalakatimizning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishini ifoda etuvchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar qatoriga kiradi.
    Ishsizlik yoki ishchi kuchlarini ish bilan band bo’lmasiligi ishlovchini ish joyiga majburan biriktirib qo’yilmagan har qanday mamlakatda yuzaga keladi. Mehnat yoshidagi insonning eski joyidan mahrumbo’lishiga va yangi ish joyi izlashga ko’plab sabablar mavjud. Ishsizlikning bir necha turlarga: friktsion, strukturaviy va davriy ishsizlikka ajratiladi.
    Friktsion ishsizlik – ish qidirish yoki yaqin orada ish bilan band bo’lmaslik bo’lib, ish va turar joyning uzgarishi natijasida, shuningdek o’quv yurtlarini yoki mavsumiy ishlarni tugallanishi sababli yuzaga keladi. U doimo mavjud bo’lib, ma’lum bir darajada kerakli deb hisoblanadi. Chunki ko’pchilik ishchilar keyinroq yanada daromadli va unumli yumushni topadi. Boshqacha qilib aytganda friktsion ishsilik ishchi kuchlarini samarali taqsimlanishiga va shu yo’l bilan iqtisodiy o’sishga ko’maklashgan bo’ladi.
    Strukturaviy ishsizlik – ishchi kuchlari talabi tarkibidagiuzgarishlar bilan bog’liq bo’lib, majburiy xususiyatga ega. Inson ehtiyojlarini doimo o’sib borishi va fan texnika taraqqiyoti eski tarmoqlarini yuqolib borishiga hamda yangilarini paydo bo’lashiga, natijada iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida ishchi kuchjlariga bo’lgan talabning tarkibinin o’zgartiradi. Hodimlar ixtisosini va malakasini o’zgarishini talab qiladi. Bunga esa ma’lum vaqt kerak bo’ladi. Shuning ichun ham mehnat bozoridagi muvozanatning bunday bo’zilishi uzoqroq davom etadi va strukuraviy ishsizlik jiddiy muammo hisoblanadi. Ammo u friktsion ishsizlik kabi har qanday rivojlanayotgan iqtisodiyotda muqarrardir.
    Davriy ishsizlik ishlab chiqarishning tushib ketishi va ishchi kuchlariga talab etarli emasligi natijasida kelib chiqadi, davriy pasayish Tovar va xizmatlarga bo’lgan yalpi talabning pasayishini, shunga muvofiq yalpi taklifning kamayishi oqibatida aholini ush bilan bandligini qisqarishini va ishsizlikning o’sishini bildiradi.
    Boshqa o’tish davri iqtisodiyotni mamlakatlari kabi,o’zbekiston uchun ham ishsizlikning yuqorida sanab o’tilgan ko’rinishlari taaluqlidir.Ayniqsa,strukturaviy ishsizlik o’ta muhim muammoga aylanmoqda. Chunki respublika iqtisodiyotida ilm – fanga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga yo’naltirilgan yirik tarkibiy siljishlar amalgam oshirilmoqda hamda umum ittifoq mehnat taqsimoti natijasida haddan ziyod keng tarqalgan tarmoqlar yoki eskilari qisqartirilmoqda. Ishsizlikning tabiiy yoki me’yordagi darajasi bu aholini ish bilan to’liq bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasidir. Ishchi kuchi bozori muvozanatlashgan bo’lsa, ya’ni ish qidiruvchilar soni bo’sh ish joylariga soniga muvofiq kelganda sodir bo’lishi mumkin.
    Bunday holatda mavjud bo’lganbarcha ishlab chiqarish quvvatlari to’liq harakatga keladi. Iqtisodiyotda ishchi kuchining tabiiy darajasi ijobiy hodisa sifatida qabul qilingan, chinki friktsion va strukturaviy ishsizlikka ishdan mahrum bo’lgan shaxslarga maqbul keladigan yangi ish joyini topish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi. Bu davrda ular mehnat bozoriga tazyiq ko’rsatmaydi. Faqat ishchi kuchi taklisida bozor talabini yanada to’liqroq hisobga olishga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlar bo’ladi.
    Ishsizlikning tabiiy darajasi yoki to’liq bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi friktsion va strukturali ishsizlik darajalarining yig’indisi sifatida aniqlanadi.
    Odatda, ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan yuqori va ishlab chiqarish quvvatlari to’liq ishlamaydi. Qariyib, barcha mamlakatlarda iqtisodiy resurslardan to’liq foydalanmaslik holatlari mavjud. Kamdan – kam paytlarda masalan, urush harakatlari ketayotgan davrda iqtisodiy resurslar shu jumladan ishchi kuchiga talabning keskin o’sib ketishi natijasida ular ishlab chiqarishga to’liq safarbar qilinadilar va natijasida ishsizlikning tabiiy daragasidan past bo’lgan ishsizlik holati paydo bo’ladi.
    Ishsizlining tabiiy darajasi doimiy miqdor deb hisoblanmaydi. Har bir mamlakatda friktsion va strukturaviy ishsizlik ko’lami iqtisodiy vaziyatning, me’yoriy huquqiy asoslarining aholi turmush tarzining o’zgarishiga bog’liq holda o’zgarib turadi. Hozirgi vaqtda ishsizlikning tabiiy darajasi 6-7foiz atrofida qabul qilingan bo’lsada, biroq bu foizlar turli mamlakatlar bo’yicha tebranib turishi mumkin.
    Bozor iqtisodiyotida ishchi kuchini boshqa har qanday tovarlar kabi bahosi bor.Bu baho ish haqi ko’rinishiga ega. Ish haqi darajasi mahsulot taklifini, uning iqtisodiyotning bir tarmog’idan boshqa tarmoglarida qo’yilishini aniqlaydi.
    Nominal, real va eng kam miqdorli ish haqi mavjud. Nominal ish haqi ishlovchining ma’lum vaqt mobaynida (soat, kun, xafta, oy, yil) qilgan mehnati evaziga olgan pul miqdori. Uni xaqiqiy xarid quvvatini baholash uchun amaldagi harxlar darajasini hisobga olish lozim. Boshqacha qilib odam shu pul miqdoriga qancha Tovar va xizmatlarni sotib olishi mumkinligini real ish haqi miqdorini ko’rsatadi.
    Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, odamlar pulni, Tovar va xizmatlarni sotib olish uchun ishlab topadilar, shu sababli ular qancha ishlashlari kerakligini aniqlashda nominal ish haqi emas, balki haqiqiy real ish haqiga mo’ljal qilinadi. Ish haqining eng kam miqdori – qonun asosida o’rnatilgan chegara, yollanma ishchiga undan past miqdorda maosh to’lash taqiqlangan. Muhim ishtimoiy me’yor hisoblangan eng kam ish haqining miqdori har bir mamlakatda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olgan holda aniqlanadi. O’zbekistonda ish haqining eng kam miqdori inflyatsiya sababli uning real darajasini barqarorligini ta’minlash maqsadida vaqti – vaqti bilan ko’rib chiqilmoqda.
    Savollar:
    To’liq bandlik tushunchasi.
    Ishsizlik va inflyatsiyaning bir – biriga bog’liqligi.
    Keynsning bandlik nazariyasi.
    Klassik bandlik nazariyasi.
    Ishsizlikning iqtisodiy sarflari.
    5 – MAVZU: INFLYATSIYA.
    Reja:
    Ijtimoiy ishlab chiqarish hajmini hisoblashda baholarning ahamiyati.
    Inflyatsiya va uning sabablari.
    Inflyatsiya darajasini o’lchash.
    Adabiyotlar: 2, 4, 5, 6, 9.
    Ishlab chiqarishning hajmini ifodalash uchun ham natural, ham qiymat ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Ammo milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmini natural birliklarda o’lchash qiyin, chunki minglab nomdagi Tovar va xizmatlar mavjud. Shuning uchun ham ijtimoiy mahsulot hajmini va tarkibini ifodalashda qiymat ko’rsatkishlaridan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar ikki miqdor yordamida aniqlanadi:
    Ishlab chiqarishning natural shakldagi hajmi.
    Narxlar darajasi.
    Amaliyotda xalq xo’jaligi balansida va milliy hisobchilik tizimida narxlarning ikki ko’rinishi qo’llaniladi:
    Joriy yoki haqiqiy narxlar.
    O’zgarmas yoki solishtirma bazis narxlar.
    Shu yildagi joriy va amaldagi narxlar yil mobaynida mahsulot ishlab chiqarish va uning iste’moli o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda qo’llaniladi hamda takror ishlab chiqarishning moliyaviy qiymat jihatlarini aks ettiradi. Lekin joriy narxlardan ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida tahlil qilish uchun foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki ularni har qanday oshishi yoki pasayishi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadning hajmiga bevosita ta’sir etib, iqtisodiyotni haqiqiy ahvolini buzib ko’rsatadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga haqqoniy baho berish uchun o’zgarmas narxlardan foydalaniladi. O’zgarmas yoki solishtirma narxlar – bu asos qilib olingan biror bir yildagi mahsulotning narxi bo’lib, tahlil qilinayotgan davr uchun ishlab chiqarish hajmini qiymat jihatidan baholashda foydalaniladi.
    Joriy narxlarda o’lchangan ishlab chiqarish hajmini nominal, solishtirma narxlarda o’lchanganini real deb ataladi. Narxlarning o’sishi bilan yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmini o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdorini barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy narx indeksi yoki deflyator deb ataladi. Jami mahsulot tarkibiga millionlab nomdagi yaratilgan ne’matlar kiradi va ularni har birining narxini o’zgartirib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator bozor savati yordamida aniqlanadi. Bozor savati yalpi ichki mahsulot yoki yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiruvchi, uning asosiy qismini tashkil etuvchi muhim Tovar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Iqtisodiy amaliyotda deflyator bilan bir qatorda inflyatsiya darajasini yana bir ko’rsatkichi – iste’mol narxlar indeksi (INI) yoki hayot kechirish qiymati indeksi keng qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich ham deflyator kabi bozor yordamida aniqlanadi. Ammo bu yerda bozor savatiga faqat aholining iste’mol byudjeti asosini tashkil etuvchi iste’mol mollari va xizmatlar kiritiladi. Xolbuki deflyatorni hisoblanayotganda bozor savatining sezilarli qismini ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan tovarlar tashkil etadi. Istemol narxlar indeksi joriy yilda bazis yilga qaraganda qayd etilgan iste’mol buyumlar va xizmatlar turkumining qiymatini qanday o’zgarayotganini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, bu indeks yordamida har bir kishining, oilaning va barcha aholining hayot kechirish qiymati yoki turmush darajasi qanday o’zgarayotganini aniqlash mumkin. Narxlarning o’sishi va u bilan bog’liq pul birligi xarid quvvatini tushib ketishi inflyatsiya deb ataladi. Bunday holat makroiqtisodiy beqarorlikni aks ettirib barcha mamlakatlar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamalakatlar uchun bu xavflidir. Chunki bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasini keskin oshib ketishi bilan muqarra ravishda bog’langan.
    Odatda inflyatsiyani ikki xilga – talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasiga ajratadilar.
    Iqtisodiyotda talabning keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishni real hajmi bilan qondirilishi mumkin emasligi paytida talab inflyatsiyasi holati ro’y beradi. U vaqtda ortiqcha talab narxlarni oshuvi kuzatiladi. Talab inflyatsiyasi keltirib chuqaruvchi asosiy sabablar bo’lib aholining ish bilan to’liq bandligi, ish haqining oshib borishi hisoblanadi.
    Agarda, iqtisodiyotda Tovar va xizmatlar taklifi kamayib borsa va uning oqibatida narxlar ko’tarilsa taklif inflyatsiyasi paydo bo’ladi. Jami taklifni qisqarishining asosiy sababi bo’lib mahsulot birligiga sarflangan harajatlarning o’sishi sanaladi. Ya’ni nominal ish haqining,xom – ashyo va yoqilg’I narxlarining oshishi natijasida uning tannarxi o’sishi tushuniladi.
    Inflyatsiya iqtisodiyot rivojlanishining haqiqiy ahvolini buzib ko’rsatib, boshqaruv jarayonini nihoyatda murakkablashtirib yuboradi. Inflyatsiya narxlar umumiy indeksi – defltator va narxlar umumiy indeksi (INI) yordamida o’rganiladi. Aynan shu ko’rsatkichlar iqtisodiyotda narxlar umumiy darajasini o’zgartirishini ifodalaydi.
    Joriy yil uchun inflyatsiyaning o’sish sur’atini quyidagicha aniqlash mumkin:
    I – joriy yilning narxlar indeksi
    I0 – o’tgan yilning (balans) narxlar indeksi
    Masalan agarda 1998 yilda narxlar 1994 yilga nisbatan 10 martagacha oshsa, ya’ni iste’mol narxlar indeksi 1000 foizni tashkil etsa, 1997 yilda bu indeks 800 foizga teng bo’lsa, bunda inflyatsiya sur’ati
    teng bo’ladi.
    Savollar
    Inflyatsiyani aniqlashn va o’lchash.
    Talab inflyatsiyasi nima.
    Taklif inflyatsiyasi nima.
    Qayta taqsimlashda inflyatsiyani ta’siri qanday bo’ladi.
    Download 154 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish