Iqtisodiy o’sish tushunchasining nazariy va ilmiy asoslari


Iqtisodiy o’sish tushunchasining nazariy va ilmiy asoslari



Download 0,66 Mb.
bet5/21
Sana31.12.2021
Hajmi0,66 Mb.
#250091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2 5271969895100190479 (2)

Iqtisodiy o’sish tushunchasining nazariy va ilmiy asoslari

Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi. Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi. Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.

Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi. Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi. Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxonaga qo‘shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yana bir korxona quriladi. Eks­tensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.

Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarf­lamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi. Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish or­qali erishish mumkin. Lekin shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi2.

Iqtisodiy o’sish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi mamlakat iqtisodiyoti holati va dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot bersada, iqtisodiy o’sishni toʻliq aks ettirmaydi. Masalan, mamlakat aholisining o’sish surʼati 3% ni, real YAIM ning o’sish surʼati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YAIM hajmi oʻsgan boʻlsada, kishilarning daromadlari oʻzgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy o’sishni toʻlaroq aks ettirish uchun boshqa bir koʻrsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real yaimning oʻzgarishi qoʻllaniladi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining muayyan davr oraligʻidagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan real YAIM hajmining oʻzgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi. Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YAIM ishlab chiqarish omillari — yer, kapital va mehnat resurslarining oʻzaro taʼsirida shakllanadi. Bular iqtisodiy o’sishning miqdoriy omillariga kiradi (masalan, foydalanilayotgan ekin maydonlarni kengaytirish YAIM oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi). Ushbu omillarni ishlab chiqarish jarayoniga kengroq jalb etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy o’sish ekstensiv oʻsish deb ataladi. Iqtisodiy o’sishning sifat omillari ham mavjud boʻlib, ularga mehnat, kapital va yer (tabiiy) resurslari unumdorligi kiradi. Sifat omillari hisobiga yuz beradigan iqtisodiy o’sish intensiv oʻsish deb yuritiladi3.

Ishlab chiqarish omillarining cheklanganligi ekstensiv o’sishning imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababli resurslar cheklanganligi sharoitida intensiv oʻsish samarali hisoblanadi. Fantexnika taraqqiyoti ham intensiv iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantiradi. Keyingi yillarda bir qator ijtimoiy qoʻrsatkichlar iktisodiy o’sish sharti va natijasi tarzida qaralmoqda. Oʻsish sohasida — bandlikning yuqori dinamikasi; taqsimot sohasida — aholining real daromadlari va boshqalar bir qator koʻrsatkichlar dinamikasi; ayirboshlash sohasida — savdo va umumiy ovqatlanish moddiy bazasining rivoji, chakana savdo aylanmasi dinamikasi; isteʼmol sohasida — isteʼmolning va noishlab chiqarish jamgʻarishning oʻsishi shunday koʻrsatkichlarga kiradi. Iqgisodiy oʻsishning asosiy ijobiy tomoni — uning ishlab chiqarish va isteʼmol tuzilmasi oʻzgarishlariga taʼsir koʻrsatishidir.

Amaliy hayotda iqtisodiy o’sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo’ladiki, ular mеhnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kеlib chiqadi. Kеyingi yillarda rеspublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mеhnat sharoitini yaxshilash va sog’lig’ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o’z navbatida iqtisodiy o’sish sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tеgishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mеhnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’lar boshqa tomonga jalb qilinadi.




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish