Solou modeli
Daromadga ta’sir etuvchi omillar
Soloy modelining dastlabki shartlari:
- Mehnat va kapital bir birining o’rnini bosadi
- Kapitalning me’yoriy unumdorligi kamayib boradi
- Ko’lamning doimiy qaytimi xususiyati
- Kapitalning ishdan chiqib ketish normasi doimiydir
- Investitsion laglarning yo’qligi.
Kapital К (jamg’armalar)
Mehnat L (aholining o’sishi)
Texnologiya
(texnologik progress)
I. R. Soloumodelidagi Kapital omili
Texnologiya va mehnat resurslarining hajmi o’zgarmas bo’lsa, taklif ko’lamdan doimiy qaytimiga ega bo’lgan ishlab chiqarish funksiyasi bilan tavsiflanadi: Y =F(K,L)
y= f(k)
k
y
y – 1 ishchiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish hajmi (mehnat unumdorligi)
k – kapital bilan qurollanganlik darajasi (1 ishchiga to’g’ri keladigan kapital hajmi)
k=K/L
Iqtisodiy o‘sishning Xarrod-Domar modeli.
Ingliz iqtisodchisi R.F. Xarrod (1900-1978) va amerikalik iqtisodchi E.D. Domarlar (1914y. tug‘ilgan) tomonidan ishlab chiqilgan model bir xil bo‘lib, ularni, odatda, Xarrod-Domar modeli deb atash qabul qilingan. Bu bir omilli model, unda faqat kapital yagona omil sifatida hisobga olinadi.
Xarrod-Domarning iqtisodiy o‘sish modeli quyidagi formula ko‘rinishga ega:
G=S/C, yoki G•C=S
Bu yerda G – iqtisodiy o‘sish sur’ati; S – jamg‘armaning milliy daromaddagi hissasi, C – kapitalning yaratilgan mahsulotga bo‘lgan nisbati (kapital sig‘imi koeffitsiyenti)
Tenglama bo‘yicha, iqtisodiy o‘sish sur’ati G milliy daro-maddagi jamg‘arma S hissasining kapital sig‘imi koeffisiyentiga C bo‘lgan bo‘linmasiga teng. GxC ifodasi milliy daromaddagi sof in-vestitsiya hissasini bildiradi.
Xarrod-Domar modeliga ko‘ra, uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish shartlari:
iqtisodiy o‘sish nafaqat sof investitsiyalarning joriy darajasini va davlat kapital qo‘yilmalarini qo‘llab-quvvatlashni, balki ularning ko‘payishini taqozo etadi. Investitsiyalarning ko‘payishiga iqtisodiy o‘sishga undovchi yangi kuch sifatida qaraladi;
talab (investitsiyalarni rag‘batlantirish) va taklifni (ishlab chiqarish quvvatlari yoki barcha omillardan foydalanish va to‘la ish bilan bandlik davrida yaratilishi mumkin bo‘lgan yalpi mahsulot) doimo balanslab turish zarur;
taklifning o‘sishi bilan talabning oshishi o‘rtasidagi tenglik asosiy kapitalning ko‘payishini ta’minlovchi investitsiyalarning hal qiluvchi ta’siri asosida o‘rnatiladi.
Rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlari iqtisodiy o‘sishini ancha chuqur tahlil qildi hamda quyidagi g‘oyalarni ilgari surdi:
Kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish qiyinchiliklari, ko‘pchilik g‘arb mutaxassislari aytganlaridek, kapital yetishmasligida emas, balki mehnat resurslarining yetishmasligidadir;
Mehnat resurslarining yetishmasligi deganda, bir vaqtda ishchi kuchining taqchilligi va ishchi kuchining ko‘pligi tufayli bo‘ladigan ziddiyat nazarda tutiladi; bunday ziddiyatning asosiy sababi, qishloq xo‘jaligining juda qoloqligi, uning sanoat va shaharga erkin ishchi kuchini yetkazib berishga qodir emasligidir;
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi holat rivojlangan mamlakatlarga nisbatan o‘zgacha, bu yerda bahoning vaziyatga tez moslashuvchan emasligi, resurslarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib turishining sustligi, bozorning monopollashuvini yuqori darajasi, qaror qabul qilishda irratsionallik kuzatiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |