Iqtisodiyotni barqarorlashtirish — bozorni shakllantirish yo‘lidagi zaruriy va muqarrar bosqich bo‘lib, uni ta’minlash uchun respublika budjeti taqchilligini cheklashga va uni izchil ravishda eng kam darajaga keltirishga qaratilgan kuchli moliyaviy siyosat olib borilishi taqozo etiladi. Bu jarayonda budjet mablag‘lari kechiktirib bo'lmaydigan eng zarur davlat va ijtimoiy ehtiyojlargagina berilishi kerak.15
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish — bozorni shakllantirish yo‘lidagi zaruriy va muqarrar bosqich bo‘lib, uni ta’minlash uchun respublika budjeti taqchilligini cheklashga va uni izchil ravishda eng kam darajaga keltirishga qaratilgan kuchli moliyaviy siyosat olib borilishi taqozo etiladi.
Erkin narxlarga o‘tilishidan iborat umumiy yo‘lda tovarlarning alohida muhim turlari doirasi narxlarining davlat tomonidan nazoratga olinishi saqlanib qoladi. Eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, buyumlarning chegaralangan narxlari me’yor bilan berish hisobiga ular bilan aholini kafolatli ta’minlash, ichki iste’mol bozorini himoya qilish, tovarlarni sotib olishda aholiga katta imkoniyatlar yaratib berish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bozorning o‘zgaruvchan sharoitlarida mehnatga layoqatli mahalliy mutaxassislarsiz O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashni tasavvur qilish qiyin. Bunda O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlari, xalqning milliy-ruhiy turmush tarzi, ta’limdagi butun jahon va Sharq tajribasining eng yaxshi yutuqlari har tomonlama e’tiborga olinishi kerak. Iqtidorli yoshlarni xorijiy mamlakatlarning yetakchi o‘quv yurtlariga o‘qishga va tajriba orttirishga yuborish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Zamonaviy bozor tizimiga o‘tishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, uning sanoatlashgan mamlakatlar safiga yo‘nalishida chuqur sifat o'zgarishlariga olib keladi hamda O‘zbekiston iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy mustaqilligining ishonchli kafolatini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasida davlat bosh islohotchi sifatida quyidagi vazifalarni amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir:
Bozor munosabatlariga o‘tishning boshlang‘ich davrida aholi manfaatlarini kuchli qayta taqsimlash vositasi orqali himoya qilish.
Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va millatlararo totuvlikni kafolatlash.
Iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari, o‘ziga xos bozor shart-sharoitlarini vujudga keltirish va tasdiqlash.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida kishilaming iqtisodiy erkinliklari kafolatlangan bo‘lishi.
Tartibga solinadigan bozor sharoitida asosiy maqsad yo‘nalishlarini ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning bosh yo‘lini belgilash va bu yo‘lni o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Ijtimoiy muammolarni hal qilish, aholini ijtimoiy himoyalashning samarali, aniq va ravshan tizimini vujudga keltirish.
Vujudga kelayotgan ishbilarmonlik tizimlarining qaror topishi va rivojlanishiga ko‘maklashish.
Aniq maqsadga qaratilgan iqtisodiyot tarmoqlari tuzilmasi siyosatini izchillik bilan amalga oshirishga ko‘maklashish.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab ko‘rsatganidek, «Bozor sharoitida iqtisodiyotni davlat ro’li bilan tartibga solish, odatda, iqtisodiyotning davlat sektorini rivojlantirishni boshqarishi hamda ijtimoiy muammolarni hal etish yo‘li bilan bevosita, shuningdek, huquqiy va iqtisodiy vositalar yordamida bilvosita amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |