Iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari



Download 405,29 Kb.
bet4/6
Sana11.08.2021
Hajmi405,29 Kb.
#144795
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RISBOYEV. S DIH 55

Iqtisodiy jinoyatlar - milliy iqtisodiyotga, uning tarmoqlari yoki sohalariga ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan va jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Bunday jinoyatlarning sodir etilishi natijasida jamiyat, jamoat birlashmalari yoki ayrim fuqarolarga moddiy ziyon yetkaziladi, jamiyatning iqtisodiy negizlariga tajovuz qilinadi. Ijtimoiy jinoyat-ga: 1) oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish; 2) oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan ji-noyatlar; 3) iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar; 4) xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar kiradi. Moddiy neʼmatlar i.ch. va mehnat mahsuli boʻlgan boyliklarni taqsimlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi jinoyatlardan eng xavflisi oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish hisoblanadi. Oʻzgalar mulkini oʻzlashtirish usuliga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKda talon-taroj qilishning: bosqinchilik, tov-lamachilik, talonchilik, oʻzlashtirish (rastrata), firibgarlik, oʻgʻrilik kabi shakllari ajratilgan (164—169-moddalar). Talon-tarojning predmeta moddiy qiymati, pul bahosiga ega boʻlgan va oʻzgalar mulki hisoblangan pul, qimmatbaho qogʻozlar va sh.k.dir. Oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyatlarga aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish, jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish, mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, axborotlashtirish qoidalarini buzish kabi qilmishlar kiradi (Oʻzbekiston Res-publikasining JK, 170—174-moddalar). Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar sirasiga OʻzR manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, qalbaki pul yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish, valyuta bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, chet el valyutasini yashirish, soxta tadbirkorlik, soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish, bojxona toʻgʻrisidagi qonunlarni buzish, rangli metallar, ularning parcha va rezgichiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish kabilar kiradi. Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar esa sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish, etil spirtli, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda i.ch. yoki muomalaga kiritish, savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shugʻullanish, savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish, qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish, raqobatchilikni ob-roʻsizlantirish kabilardan iborat.

I.j. uchun javobgarlik masalasida "Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan OʻzbekistonRespublikasi Jinoyat, Jinoyat pro-sessual va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisi-da"gi OʻzR qonuni ga asosan koʻproq iqtisodiy taʼsir choralarini qoʻllash nazarda tutilgan. Mazkur qonunda ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga koʻproq jarima jazosini qoʻllash belgilangan. Bundan tashqari, I.j.ga jazo tayinlashda ja-zoni ogʻirlashtiruvchi holatlarga alohida eʼtibor berilgan. Shuningdek, yetkazilgan zararning va undan kelib chiqqan oqibatning xususiyati ham hisobga olinishi qayd etilgan. Yuqoridagi qonunga binoan, JKga jabrla-nuvchi bilan yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi 66-modda kiritildi. Ushbu moddaga I.j.dan bir nechtasi kiritilgan boʻlib, unga koʻra shaxs ushbu turdagi qilmishlarni 1-marta sodir etgan, oʻz aybiga iqror boʻlgan, yetkazilgan zararni qoplagan va jabrlanuvchi bilan yarashgan boʻlsa, jinoiy jazodan ozod qilinishi nazarda tutilgan


Bugungi kunda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish va ularning

oldini olish masalalari jahon miqyosda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Bunga asosiy sabab iqtisodiy jinoyatlar natijasida shaxs, jamiyat va davlat

manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilmoqda. Bunday zarar byudjet

mablagʻlarini talon-taroj qilish, soliqlarni toʻlamaslik, davlat

manfaatlariga zid ravishda bitim tuzish kabi turli koʻrinishlarda sodir

etilmoqda.

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlardan eng asosiy maqsad iqtisodiy

foyda (naf) olish yoki qandaydir afzallik yoxud imtiyozga ega boʻlish

hisoblanadi. Mazkur turdagi huquqbuzarliklarga samarali qarshi kurash olib

borish uchun jinoyatchilarni foyda (naf) olish manbalari va noqonuniy

topilgan daromadlaridan mahrum etish orqali samarali natijalarga erishish

mumkin.

Shu oʻrinda, iqtisodiyot sohasidagi huquqbuzarliklarning bir qator

oʻziga xos jihatlariga toʻxtalib oʻtish joiz. Birinchidan, iqtisodiy

huquqbuzarliklar yetkazilgan zarar miqdoriga qarab kvalifikatsiya qilinadi.

Ikkinchidan, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar asosan blanket, yaʼni

havolaki normalardan iborat boʻlib, sodir etilgan qilmishni baholash uchun

boshqa qonun hujjatlari normalarini koʻrib chiqish talab etiladi. Masalan,

byudjet intizomini koʻp miqdorda buzganlik1 uchun jinoiy javobgarlik

belgilangan. Bunda byudjet intizomini buzish nimada ifodalanishi yoki

qanday sodir etilishi va uning mazmunini aniqlash uchun Byudjet kodeksiga2

murojaat qilish hamda aynan qaysi norma talabi buzilganligini aniq

koʻrsatib oʻtish lozim.

Uchinchidan, iqtisodiyot sohasidagi huquqbuzarliklar asosan latent, yaʼni

yashirin xususiyatga ega jinoyatlar toifasiga kiradi. Iqtisodiyot sohasidagi

huquqbuzarliklarni sodir etish usullari doimiy oʻzgaruvchanlik xususiyatiga

ega boʻlib, ular murakkablashib borish, qonunchilikdagi boʻshliqlardan

foydalanish, turli jinoiy sxemalar orqali sodir etilishi hollari

kuzatiladi. Bu esa ularni aniqlash va fosh etish murakkab ekanligini

anglatadi.

Iqtisodiyot sohasidagi huquqbuzarliklar uchun fuqaroviy-huquqiy,

maʼmuriy, jinoiy va boshqa turdagi javobgarlik turlari nazarda tutilgan.

Sodir etilgan huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zarar, shuningdek penya va

neustoykani toʻliq undirib olish fuqaroviy-huquqiy javobgarlik

hisoblanadi.

Ayni paytda, sodir etilgan huquqbuzarlik fakti uchun fuqaro va

mansabdor shaxslar maʼmuriy yoxud jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Bundan tashqari, ayrim qonun hujjatlarida sodir etilgan

huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiya koʻrinishida yoxud boshqa turdagi

javobgarlik choralari nazarda tutilgan. Jumladan, soliqqa oid

huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiya tarzidagi javobgarlik3 nazarda

tutilgan.

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortishning ham

bir qator oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Bulardan biri preyuditsiya, yaʼni

ayrim turdagi qilmishlar uchun shaxs muqaddam maʼmuriy javobgarlikka

tortilgan boʻlsagina jinoiy javobgarlik kelib chiqadi4. Masalan,

fuqarolarning qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini ancha

miqdorgacha olishi yoki oʻtkazishi holati boʻyicha jinoiy javobgarlik kelib

chiqishi uchun shaxs oldin mazkur harakatlarni sodir etganligi uchun maʼmuriy

javobgarlikka tortilgan boʻlishi lozim hisoblanadi. Shaxs mazkur

harakatlari uchun muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilmagan boʻlsa

jinoiy javobgarlik kelib chiqmaydi.

Ikkinchidan, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik

yetkazilgan zarar miqdoriga qarab farq qiladi. Zarar miqdori huquqbuzarlik

tugallangan vaqtda amalda boʻlgan miqdorlardan kelib chiqib hisoblanadi.

Uchinchidan, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikka

tortishda zararning bartaraf etilganligi yoki etilmaganligi muhim ahamiyat

kasb etadi. Jinoyat kodeksiga muvofiq shaxs bir qator hollarda iqtisodiyot

sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan

kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning, shu

jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan

zararning oʻrnini qoplasa jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi5.

Ayrim jinoyatlar6 uchun esa yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida

qoplangan taqdirdagina shaxs jazodan ozod etilishi belgilab qoʻyilgan.

Boshqa bir holatda, shaxs tomonidan yetkazilgan moddiy zararning oʻrni

qoplangan taqdirda shaxs javobgarlikka tortilsada, shaxsni javobgarlikka

tortishda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo

choralari qoʻllanilmaydi7.

Jinoyat kodeksida aniq bir jinoyatni sodir etgan shaxsni ayrim

shartlar bajarilgan taqdirda javobgarlikka tortilmasligi qatʼiy belgilab

qoʻyilgan. Buning uchun jinoyat sodir etgan shaxs tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki

sodir etilayotgan jinoyat haqida oʻz ixtiyori bilan arz qilishi va uni ochishga

faol yordam berishi talab etiladi8.

Bundan tashqari, jinoyat qonunchiligida yarashuv instituti nazarda

tutilgan boʻlib, ayrim iqtisodiy jinoyatlar9 uchun yarashilganligi munosabati

bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etish nazarda tutilgan. Bunda jinoyat

sodir etgan shaxs oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa,

yetkazilgan zararni bartaraf etsa jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi

mumkin.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro tashkilotlar

tomonidan ishlab chiqilgan institutsional hujjatlar, xorijiy davlatlar

tajribasi va ushbu yoʻnalishda olib borilgan tadqiqotlar bilan tanishish

milliy qonunchilikni takomillashtirishda ijobiy samara beradi.

Xususan, olib borilgan tadqiqotlar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi

kurashish va oldini olishda nazoratni kuchaytirish va tekshiruvlar sonini

koʻpaytirish moliyaviy xarajatlar va resurslarni (inson, vaqt) safarbar

etishni talab etishi, barcha resurslarni iqtisodiy huquqbuzarliklarni

aniqlashga safarbar etishning imkoni yoʻqligi va nazoratni kuchaytirishning

samaradorligi pastligini eʼtirof etadi.

Mazkur muammolarni kam xarajat talab etadigan boshqa chora-tadbirlar,

xususan, soliq toʻlovchilar oʻz soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarish,

sodir etilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida ixtiyoriy arz qilishiga erishish

orqali hal etishni ustuvor yoʻnalish sifatida qaraydilar.

Ushbu yoʻnalishda ishlab chiqilgan dastlabki nazariyalardan biriga koʻra

iqtisodiy huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning mavjudligi shaxslarga

profilaktik taʼsir etib, ularni iqtisodiy huquqbuzarlik sodir

etilishining oldini olishi ilgari surilgan

Shu kabi, boshqa bir tadqiqotda nazorat qiluvchi organlarning audit

(tekshirish, taftish) vakolati va bu uchun “kuchli” resurslarga (tekshiruvchi

mutaxassis-auditor, axborot almashinuvi va h.k.) egaligi orqali har qanday

iqtisodiy huquqbuzarlik hollarini aniqlash ehtimolidan choʻchigan

shaxslarning huquqbuzarlik sodir etmasligiga ijobiy taʼsir qilishi ilgari surilgan

Irlandiyada xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashishda nazorat qiluvchi

organlar jamoatchilik nazorati mexanizmlari va insofli soliq toʻlovchilar

yordamiga tayanishi eʼtirofga loyiq. Bunda soliqdan qochish va nosogʻlom

raqobat hollari haqida fuqarolar, tadbirkorlar, jamoat birlashmalari,

kasaba uyushmalariga turli vositalar orqali elektron, ogʻzaki yoki yozma shaklda,

shu jumladan anonim tarzda xabar berish imkoniyati berilgan va

murojaatchilarning shaxsi oshkor qilinmaydi13.

Singapurda esa informatorlarning shaxsini sir saqlagan holda bergan

maʼlumoti boʻyicha aniqlangan va undirib olingan summaning 15 foizi, biroq

100 000 Singapur dollaridan koʻp boʻlmagan mukofot beriladi14.

Irlandiyada iqtisodiy huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish

tizimi shaxsning huquqbuzarlikni ixtiyoriy bartaraf etishiga qaratilgan.

Ayni bir huquqbuzarlik uchun sanksiyalar nazorat qiluvchi yoki huquqni

muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilganlik, huquqbuzarlik

oqibatlarini ixtiyoriy bartaraf etish va huquqbuzarlik takrorlanishi

darajasiga qarab differensiatsiya kilinadi15.

Xorijiy davlatlarda iqtisodiy huquqbuzarliklar uchun muqobil jazo

choralarining keng qoʻllanilishini koʻrish mumkin. Singapurda soliq

huquqbuzarligi aniqlanganda ish holatiga qarab toʻlanmagan summaning 4

baravarigacha boʻlgan summani toʻlash taklif etilib, ushbu taklif qabul

qilinsa ish sudga oshirilmaydi.

Irlandiyada jazo chorasi sifatida soliq toʻlashdan boʻyin tovlagan yoki

soliqlarni toʻlamaganlar roʻyxati har chorakda eʼlon qilib boriladi,

Singapurda soliqlarni toʻlanmagan shaxslarni mamlakatdan chiqishiga

cheklovlar qoʻyish belgilangan.

AQSHda soliqdan jiddiy qarzi bor (51 000 AQSH dollaridan yuqori)

shaxslar qarzdorligini bartaraf etmasa ularga pasport berilmaydi yoki

almashtirilmaydi, yoxud berilgan pasport bekor qilinadi. Shuningdek,

shaxsning soliq qarzi borligi toʻgʻrisida barcha kreditorlarga eʼlon qilinadi.

Oqibatda bunday shaxslarga ish, kredit, ijaraga beruvchilar oʻz xizmatlarini

taqdim etishni rad etishi mumkin. Qarzdorlik ijtimoiy sugʻurta toʻlovlariga,

boʻlgʻusi toʻlovlarga boʻlgan huquq – ish haqiga, uy-joyga (asosiy yashash joyiga

oid cheklovlar bilan) ham qaratilishi mumkin.

Shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlarda

iqtisodiy jinoyatlar uchun sudgacha kelishuv instituti16 imkoniyatlaridan

samarali foydalanilayotgan boʻlib, bu sodir etilgan huquqbuzarlik boʻyicha

tomonlar oʻrtasida kelishuv bitimini tuzish orqali rasmiylashtiriladi.

Uning afzal jihati aybdor tomon sodir etilgan qilmish uchun javobgarlikni

oʻz boʻyniga olib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan uni fosh etishda

hamkorlik qiladi, yetkazilgan zarar va jarima sanksiyalarini toʻlaydi hamda

kelgusida bu kabi huquqbuzarliklarning sodir etilishining oldini olishga

qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni oʻz zimmasiga oladi.

Institutsional miqyosda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti

tomonidan Soliqqa oid huquqbuzarlikka qarshi kurash boʻyicha 2017 yili

huquqiy, maʼmuriy va tashkiliy jihatlarni oʻz ichiga olgan 10 ta global

prinsiplar ishlab chiqilgan.

Mazkur prinsiplarda soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashish

samarali strategiyaga, huquqbuzarlikka qarshi kurashuvchi organlar yetarli

darajada tergov vakolatlariga ega boʻlishi, davlat idoralari oʻrtasida

samarali idoraviy hamkorlik boʻlishi, milliy qonunchilikda yuridik

shaxslarni javobgarlikka tortish, mol-mulkni musodara qilishga oid

normalar boʻlishi lozimligi kabi qoidalar mavjud17.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, mamlakatimizda iqtisodiy

huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalarini quyidagi yoʻnalishlarda

takomillashtirish taklif qilinadi:

Birinchidan, iqtisodiy huquqbuzarliklarni fosh etish va bartaraf

etishda shaxsning ishtiroki darajasiga (hamkorlik) qarab javobgarlik

choralarini differensiatsiya kilish hamda yanada liberallashtirish lozim.

Aksariyat iqtisodiy huquqbuzarliklarni fosh etish uchun soliq

toʻlovchining hamkorligi talab etiladi. Aks holda ushbu turdagi

huquqbuzarliklarni fosh etish juda qiyin, koʻp vaqt va resurslarni talab

etadi. Shunga koʻra, soliq toʻlovchining nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi

organ bilan hamkorlik qilganligi, huquqbuzarlikni ochishda faol yordam

berganligi uchun belgilangan sanksiya va jazo choralarini ikkidan bir qismga

qisqartirilishini nazarda tutish taklif qilinadi. Bu har ikki tomon

oʻrtasida oʻzaro hurmat, ishonch va samarali muloqot oʻrnatish uchun huquqiy

zamin yaratadi.

Ikkinchidan, iqtisodiy huquqbuzarlik bilan bogʻliq aniqlangan

ishlarni sudga yoki tergov organiga oʻtkazmasdan vakolatli organlar

(prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, soliq,

bojxona va boshqa organlar) va huquqbuzar taraf oʻrtasida sudgacha kelishuv

bitimini imzolash orqali hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni kiritish

taklif qilinadi.

Mazkur institut soliq huquqbuzarliklari uchun tezkor va ortiqcha

tartib-taomillarsiz jazo sanksiyalarini qoʻllash, yetkazilgan iqtisodiy zarar

va penyalarni toʻliq undirib olish, kelgusida bu kabi huquqbuzarliklarning

sodir etilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga

oshirishni oʻz zimmasiga olishni nazarda tutadi.

Uchinchidan, iqtisodiy huquqbuzarlikni kvalifikatsiya qilish Maʼmuriy

javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Jinoyat kodeksida belgilangan

miqdorlarga (ancha, koʻp, juda koʻp miqdor) bevosita bogʻlab qoʻyilgan,

shuningdek qoʻllaniladigan jazo choralarining minimal va maksimal

miqdorlari koʻrsatilgan. Javobgarlikni belgilashda mazkur miqdorlar bilan

bir qatorda yetkazilgan zarar miqdori jami majburiyatning (soliq va boshqa

turdagi majburiyatlar) qanchasini tashkil etishiga qarab huquqbuzarlikni

qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish taklif qilinadi. Bunda yetkazilgan zarar jami

majburiyat summasining 15%dan kam boʻlgan hollarda javobgarlikni nisbatan

yengilroq sanksiya doirasida kvalifikatsiya qilish taklif qilinadi.

Shuningdek, jazo choralarini qoʻllashda subyektivizmga yoʻl qoʻymaslik

maqsadida qoʻllaniladigan sanksiya miqdorining minimal va maksimal

miqdorlarini oʻrniga aniq miqdordagi jarimalarni (20%, 30% yoki 2 baravar,

4 baravar) belgilash lozim.

Shunga koʻra, Jinoyat kodeksining 184-moddasi toʻrtinchi qismini

chiqarib tashlash, moddani yangi qism bilan toʻldirish, unda shaxs tomonidan

soliqlarni toʻlash bilan bogʻliq jinoyat qayta sodir etilgan taqdirda,

toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni 2 karra miqdorida, uch va

undan ortiq ushbu turdagi jinoyat sodir etilgan boʻlsa 4 karra miqdorida, shu

jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan

zararning oʻrni toʻliq qoplansa, shaxsni javobgarlikdan ozod qilish taklif

qilinadi.

Toʻrtinchidan, iqtisodiy huquqbuzarliklar uchun muqobil sanksiyalarni

joriy etish taklif qilinadi. Soliq toʻlashdan boʻyin tovlagan yoki qarzi

maʼlum bir miqdordan oshgan soliq toʻlovchilarni obroʻsizlantirish maqsadida

ularni har chorakda qarzdorlar roʻyxatida chop etish amaliyotini joriy etish

taklif qilinadi.

Beshinchidan, Soliq kodeksining 108-moddasiga asosan yuridik

shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi

belgilangan boʻlsa-da, MJTK va Jinoyat kodeksida yuridik shaxsning

javobgarligi nazarda tutilmagan. Ayrim hollarda iqtisodiy

huquqbuzarliklarning aynan kim tomonidan sodir etilganligini aniqlash va

isbotlash murakkabligi va boshqa muammolarni inobatga olib, yuridik

shaxslar uchun javobgarlikni belgilash taklif qilinadi.

Oltinchidan, korrupsiya, iqtisodiy huquqbuzarliklar va xufiyona

faoliyat yuritayotgan shaxslar toʻgʻrisida anonim tarzda yoxud arizachining shaxsi

sir saqlanishini taʼminlagan holda turli vositalar yordamida elektron,

ogʻzaki yoki yozma shaklda murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish, bunda

nodavlat notijorat tashkilolari, fuqarolar va tadbirkorlik

subyektlarining ishtirokini kengaytirish orqali jamoatchilik nazorati

mexanizmlaridan samarali foydalanishni ragʻbatlantirish zarur.

Mazkur chora-tadbirlar iqtisodiy huquqbuzarliklar uchun

javobgarlikni yanada liberallashtirish va takomillashtirish, insofli

tadbirkorlarni ragʻbatlantirish, iqtisodiy huquqbuzarlik holatlarini

ixtiyoriy bartaraf etilishi va oʻzaro hamkorlikni ragʻbatlantirish hamda

sudgacha kelishuv instituti imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga xizmat qiladi.









[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.03 Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlariga jiddiy xavf tug‘diradi, bozor iqtisodiga xos bo‘lgan xususiy mulkchilikning, boshqa turdagi mulkiy munosabatlarning shakllanishiga va rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Sud amaliyotini o‘rganish talon-toroj qilishlar, mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilayotgan suiiste’molliklar, poraxo‘rlik, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonunlarni, banklar faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzish hollarining kamaymayotganini ko‘rsatdi.

Plenum ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muhokama qilib, ularning ko‘pchiligi sudlar tomonidan qonunlarga qat’iy rioya etilgan holda to‘g‘ri hal etilganligini qayd etadi. Shu bilan birga tergov va sud amaliyotida, soliq organlari faoliyatida qonun me’yorlarini noto‘g‘ri qo‘llash, ularning mazmunini noto‘g‘ri talqin qilish, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligiga yetarlicha baho bermaslik hollari mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:

1. Sudlarning, huquqni muhofaza qiluvchi va soliq organlarining e’tibori iqtisodiyot sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarni buzish jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirishini, bozor munosabatlarining, qonuniy tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishini, fuqarolar o‘rtasida qonunlarning nufuziga putur yetkazishini e’tiborga olgan holda, bu qonunlarga og‘ishmay amal qilish zarurligiga qaratilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk huquqi mutlaq huquq hisoblanadiki, u bu huquqni buzadigan har qanday harakatlarni taqiqlashni taqozo qiladi.

Jamiyatda mulk huquqini e’zozlash vaziyati vujudga keltirilishi lozimligini, unga nisbatan har qanday tajovuzlarning sodir etilishi muqarrar javobgarlikka va jazoga tortilishi kerakligini ta’kidlash lozim.

3. Amaldagi jinoyat qonunlariga binoan, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish mulkka tajovuz qilishning eng xavflisi hisoblanadi.

Mansab vazifalari yoxud shartnomaviy munosabatlarga ko‘ra, o‘zganing mulkini tasarruf qilish, boshqarish, yetkazib berish yoki saqlash bo‘yicha qonuniy vakolatlarni amalga oshiruvchi shaxsning mazkur mulkni qonunga xilof ravishda tekinga o‘zining mulkiga yoki boshqa shaxsning mulkiga aylantirishi aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish deb (JKning 167-moddasi) tavsiflanishi lozim.

Yuqorida ko‘rsatilgan qonuniy vakolatlarga ega bo‘lmagan, ammo topshirilgan ishni yoxud xizmat vazifalarini bajarishi tufayli mulk saqlanadigan joyga kirish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan o‘zganing mulkini talon-toroj qilinishi o‘g‘rilik deb tavsiflanishi kerak.

4. Mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini talon-toroj qilish, agar bu o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda tekinga o‘zining yoki boshqa shaxslarning mulkdorligiga aylantirishida ifodalangan bo‘lsa, JK 167-moddasi 2-qismining “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim va JK 205-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.

Bu o‘rinda shuni nazarda tutish lozimki, agar o‘zganing mulkini g‘ayriqonuniy ravishda tekinga aybdorning mulkiga aylantirish maqsadi bilan olib qo‘yilganligi aniqlanmagan bo‘lib, lekin boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar mavjud bo‘lgan taqdirda bunday harakatlar (masalan, tovar-moddiy boyliklarining kamomadi yoki uni yashirish holatining o‘zigina; o‘zganing mulkidan o‘zinikiga aylantirib olish maqsadisiz vaqtincha foydalanish; o‘zganing mulkini qarzga berib yuborish va h.k.) talon-toroj qilish deb tavsiflanishi mumkin emas. Etarli asoslar mavjud bo‘lganda, ko‘rsatilgan harakatlar mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish deb tavsiflanishi kerak.

5. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni o‘zganing mulkini JK muayyan moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan talon-toroj jinoyatini sodir etishda aybdor deb topganda, uning harakatlari JK tegishli moddasining og‘irroq javobgarlikni nazarda tutuvchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim va ushbu moddaning boshqa qismlari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etilmaydi (masalan, jinoyat JK 167-moddasining 3-qismi bilan, shu jumladan juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish belgisi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinganda, JK mazkur moddasining 1 va 2-qismlari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya talab etilmaydi).

Davomli talon-toroj sodir etilgan hollarda aybdorning harakatlari talon-toroj qilingan umumiy summani hisobga olgan holda tavsiflanishi zarur.

Agar shaxsning harakatlari davomli jinoyat xususiyatiga ega bo‘lmasdan bir necha mustaqil epizodlardan, misol uchun o‘g‘rilik, talonchilik, firibgarlik va boshqalardan iborat bo‘lsa, bu harakatlar talon-toroj qilingan umumiy summadan kelib chiqqan holda tavsiflanishi mumkin emas. Bunday hollarda jinoyatni o‘zganing mulkini talon-toroj qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksi moddasining dispozitsiyasiga muvofiq, jumladan, takroriylik belgisi bilan tavsiflash lozim.

6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga muvofiq mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha subyektiv huquq — faqat shu mulkning egasiga taalluqli ekanligi sudlarga tushuntirilsin. Shuning uchun mulkiy huquqni amalga oshirishga qonunga asoslanmagan holda har qanday aralashish ushbu huquqni jiddiy buzish deb hisoblanadi. Masalan, fermerning, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boshqa shaxsning, boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulklarini qonunga xilof ravishda tasarruf qilishda ifodalangan mansabdor shaxslarning harakatlari, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 1921-moddasida nazarda tutilgan — xususiy mulk huquqini buzish jinoyati alomatlarini tashkil etadi. Bu o‘rinda mulkiga nisbatan noqonuniy harakat qilingan mulkning egasida aybdordan moddiy zararni, shu jumladan, boy berilgan foydani ham, shuningdek, ma’naviy ziyonni undirib olish huquqi paydo bo‘ladi.

Aybdor shaxs harakatlarida Jinoyat kodeksi 1921-moddasining ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lganda, jinoiy javobgarlik unga nisbatan muqaddam ma’muriy jazo qo‘llanilganidan qat’iy nazar, kelib chiqadi.



[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]

7. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan nazorat ishlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning doirasi qat’iy chegaralanganligiga, mulk shaklidan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini tekshirish tartibi aniq belgilab qo‘yilganligiga sudlarning e’tibori qaratilsin. Ushbu qonun me’yorlari mulkdorlar faoliyatiga ularning erkinligini cheklovchi, asossiz aralashuvni bartaraf qilishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida mulkdorning manfaatlarini noqonuniy aralashuvdan himoya qiluvchi huquqiy kafolatlar mavjud.

Shu sababli sudlar bu masala bo‘yicha qonunlarning buzilishiga lozim darajada o‘z munosabatlarini bildirishlari kerak. Bunday aralashuvning g‘araz yoki past niyatda ekanligi aniqlangan taqdirda aybdorlarning harakatlari Jinoyat kodeksining tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, noqonuniy aralashish bilan bog‘liq va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga qaratilgan jinoyatlar, shuningdek boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan tavsiflanmog‘i lozim. Shuningdek, sud protsessning tegishli ishtirokchisiga aybdordan, masalan, uning faoliyatiga noqonuniy aralashuv natijasida ishlab chiqarishning to‘xtaganligi sababli kelib chiqqan barcha zararlarni undirib olish huquqini tushuntirishi lozim.

8. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlarini ko‘rayotganda sudlar har bir fuqaroning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqini qat’iy belgilab beruvchi qonunlarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratishlari kerak. Qonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan mansabdor shaxsning harakatlari tegishlicha huquqiy baholanishi zarur. Bunday g‘ayriqonuniy harakatlarga, jumladan, xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish tartibini buzish, faoliyatini yoki ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish, homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni rad qilish yoki uni berishdan bosh tortish, imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish va h. k. kiritilishi mumkin.

Bu kabi g‘ayriqonuniy harakatlarning yuqori xavfliligi iqtisodiyot sohasidagi huquqiy tartibotning buzilishidan, mansabdor shaxslarning o‘rnatilgan davlat intizomini susaytirib yuborishidan iborat bo‘ladi va bular davlat hokimiyatidan shaxsiy manfaatlarda foydalanish va hokazolarga olib keladi. Aybdorlarning qayd etilgan harakatlari ish holatlariga va kelib chiqqan oqibatlarga qarab, Jinoyat kodeksi XIII-1-bobidagi tegishli moddalar bilan (Jinoyat kodeksi 205 yoki 207-moddasi bilan emas), g‘arazli maqsadlar aniqlanganda esa, bu harakatlar tovlamachilik yo‘li bilan pora berilishini talab qilishning niqoblangan shakli deb tavsiflanishi lozim.

9. Chiqarilgan.



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Moliya / Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori]

10. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 96-moddasiga binoan mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog‘ozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlar qatoriga, jumladan, obligatsiya, veksel, chek, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan-jamg‘arma daftarchasi, aksiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.

Qimmatli qog‘ozlarni tekinga olib qo‘yish va o‘zlashtirish o‘zganing mulkini talon-toroj qilish tariqasida tavsiflanishi kerak. Agar ish bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ular bilan muomala qilishni tartibga soluvchi amaldagi qonunlarni buzganlik aniqlanib, Jinoyat kodeksining 19211-moddasi yoki 205-moddasi dispozitsiyalarida ko‘rsatilgan belgilar mavjud bo‘lganda, bunday harakatlar hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish tariqasida tavsiflanishi lozim. Bunday qonun buzishlar jumlasiga, masalan, fuqarolarga va chet ellik investorlarga erkin sotish uchun mo‘ljallangan aksiya paketlarini sotishga to‘sqinlik qilish kiritilishi mumkin.

Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish maqsadida yasash yoki o‘tkazish Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan tavsiflanishi lozim.

11. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga zid bitim tuzish deganda, mansabdor shaxsning o‘zi tuzayotgan bitimning O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari uchun naf keltirmasligini oldindan bila turib sodir etgan harakatlari (masalan, mahsulot yetkazib berish bahosining aniq pasaytirilganligi yoki mahsulotlarni olish, uni transportda tashish narxlarini aniq oshirib ko‘rsatish va h.k.) tushunilmog‘i kerak.

Bu o‘rinda Jinoyat kodeksining 175-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatning oqibatlari sifatida respublika manfaatlariga ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi har doim aniqlangan bo‘lishi shart. Bu zararning ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda ekanligi har bir muayyan ish bo‘yicha tergov organi va sud tomonidan asoslantirilgan bo‘lishi zarur.

O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid tuzilgan bitimlar qatoriga, masalan, davlat mulkini boshqa mulkdorlarga ancha pasaytirilgan narxda sotish holati ham kiritilishi mumkin. Bitimning davlat manfaatlariga zid tuzilganligi to‘g‘risidagi sudning xulosasi tegishli ekspertiza fikrini inobatga olgan holda tuzilishi mumkin.

Ushbu toifadagi ishlarni tergov qilishda va sudda ko‘rishda bu jinoyatlarning kelib chiqishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlar albatta aniqlanishi zarur. Agar qayd etilgan bitimlarni tuzishda aybdorda g‘araz va boshqa past niyatlar bo‘lganligi aniqlansa, bunday harakatlar Jinoyat kodeksining hokimiyat yoki mansab mavqeidan foydalanib sodir etiladigan tegishli jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari bilan tavsiflanishi lozim.

12. Tovlamachilik (reket) nafaqat fuqarolarning, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qo‘pol buzuvchi, balki iqtisodiyot sohasida ham katta zarar keltiruvchi jinoyat bo‘lib, jiddiy ijtimoiy xavf tug‘dirishi sudlarga ko‘rsatilsin. Shu bilan birga, qonunga binoan (JKning 165-moddasi) tovlamachilik o‘zganing mulkini yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni taqozo qilishini sudlar e’tiborga olishlari kerak. Shu sababli, qarzdordan qarzni talab qilish Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin emas, lekin ayrim hollarda o‘zboshimchalik (JKning 229-moddasi) tariqasida baholanishi lozim. Qarzdor va qarz beruvchi o‘rtasida foizlar to‘lash bo‘yicha oldindan kelishuv bo‘lmagan bo‘lsa berilgan qarz uchun foiz talab qilish tovlamachilik jinoyati tarkibini tashkil qiladi.

14. Soxta tadbirkorlik to‘g‘risidagi (JKning 179-moddasi) ishlarni ko‘rishda shaxsning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmay turib noqonuniy kreditlar olish, soliqlardan ozod bo‘lish, egallashga huquqi bo‘lmagan boshqa mulkiy foydani olish maqsadini ko‘zlaganligi hisobga olinishi lozim. Bunday maqsadning aniqlanishi shaxsning harakatini Jinoyat kodeksining 179-moddasi hamda talon-toroj qilishga suiqasd qilish va soliq to‘lovlari to‘lashdan bo‘yin tovlash va hokazolar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari majmui bilan tavsiflash uchun asos bo‘lishi mumkin.

Bu o‘rinda sudlar ushbu qonun me’yorining maqsadi xo‘jalik aylanma mablag‘ining ishonchliligini ta’minlashdan, bozorda faoliyat olib borish qoidalarini qo‘riqlashdan, jamiyat, davlat, fuqaroning iqtisodiy manfaatlarini muhofazalashdan, jumladan, ularga soliq va kredit sohalarida mulkiy zarar yetkazilishidan himoyalashdan iborat ekanligini e’tiborga olishlari kerak.

[OKOZ:


Download 405,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish