Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(oecd)



Download 21,43 Kb.
Sana04.03.2022
Hajmi21,43 Kb.
#482112
Bog'liq
2-ma\'ruza Pisa,Pirls


Mavzu: Pisa,Pirls va Times baxolash tizimi haqida
1961-yilda ish boshlagan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(OECD) o’tgan davr mobaynida moliyaviy sohada yuzaga kelgan turli muammolarning yechimini topish ustida izlanishlar olib bormoqda. Ayniqsa, yangi asr ostonasida ushbu tashkilot negizida dunyo ta’limining asosiy bo`g`ini bo`lgan umumiy o`rta ta`limni rivojlantirish maqsadida PISA(The Programme of International Student Assessment) – O`quvchilar savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro dastur ishlab chiqildi. Iqtisodiy tashkilotning ta’lim sohasiga murojaat etishining boisi, har qanday soha uchun kadrlar maktablarda, oddiy sinfxonalarda ulg`ayishidir. Shu ma`noda OECDdek ulkan tuzilma ham davlatlarning ta`lim tizimiga qancha mablag` sarflayotgani va ular nechog`li samara berayotgani reytingini tuzishga majbur bo`ldi. Keyinchalik bu tadqiqotga boshqa davlatlarning ham qiziqishi ortib, unda qatnasha boshladi. Shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O`zbekiston Respublikasining 2030- yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg`or mamalakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta`limi tizimida ta`lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o`quvchilarning o`qish, matematika va tabiiy yo`nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo`naltirilgan ta`lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.
O`quvchilarning savodxonligini baholash bo`yicha xalqaro dastur (The Programme for International Student Assessment- PISA);
PISA Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi. PISA 2000- yildan buyon har uch yilda bir marta o`tkazib kelinadi. Ta`lim sifatini baholashga yo`naltirilgan PISA kabi baholash dasturlari O`zbekiston ta`lim tizimi uchun ilk marta o`tkazilayotganligi sababli ularni shaffof va obyektiv o`tkazish soha xodimlari zimmasiga yuksak mas`uliyat yuklaydi. 2022- yil PISA tadqiqotida ilk bor ishirok etsak, o`quvchilarimizni bu baholash dasturiga puxta tayyorlashimiz kerak, chunki bizning aksariyat o`quvchilarimiz oddiy savollarga ko`nikib qolishgan.

PISA topshiriqlari yetuk tajribaga ega bo`lgan xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, bunga o`xshash topshiriqlarni ishlab chiqish uchun tizimli va maxsus bilim talab etiladi. PISA topshiriqlariga qo`yiladigan talablarga rioya qilmasdan tuzilgan topshiriqlar o`quvchilarga yordam berish o`rniga ularni chalg`itib ham qo`yishi mumkin. Shuning uchun PISA sinovlariga o`quvchilarni tayyorlash jarayonida, asosiy e`tiborni alohida olingan PISA topshiriqlarini yechishga emas, balki ularni va ularga o`xshagan topshiriqlarni yechish uchun kerak bo`ladigan o`quvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratish maqsadga muvofiq bo`ladi.


PISA tadqiqoti quyidagi xususiyatlarga ega:
- u butun dunyoda keng qamrovli va muntazam ravishda o`tkazib kelinayotgan dastur;
- ta`lim sohasidagi yirik, keng ko`lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri;
- tadqiqotda umumiy o`rta ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan 15 yoshli (15 yosh 3 oydan 16 yosh 2 oygacha bo`lgan) o`quvchilar ishtirok etadilar;
- o`quvchilarning “mustaqil hayotga tayyorlik” darajasi, ya`ni ularning maktabda egallagan bilim va ko`nikmalaridan hayotda uchrashi mumkin bo’lgan muammolarni hal etishda qay darajada foydalana olishlari baholanadi;
- o`quvchilarning funksional savodxonligi, jumladan, o’qish (matnni tushunish), tabiiy va matematik savodxonligi, shuningdek, ushbu yo`nalishlardagi hayotiy muammolarni hal eta olish ko`nikmalari baholanadi;
- tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o`ziga xosligi bo’yicha ma`lumot olish imkonini beradigan axborot to`planadi.
Bundan tashqari, PISA – 15 yoshdagi o`quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash bo`yicha yagona xalqaro tadqiqot dasturi hisoblanadi. Tadqiqotning 15 yoshli o`quvchilar orasida o`tkazilishiga asosiy sabab, OECD ga a`zo bo`lgan aksariyat davlatlarda ushbu yosh majburiy ta`lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi. 2001-yilga PISA tadqiqotlarida “matematik savodxonlik” yo’nalishi ustuvor etib belgilangan.
PISA tadqiqotida topshiriqlar savollarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda, o`quvchilar tomonidan berilgan javoblarning to`liqligiga qarab, “javob to`liq qabul qilinadi”, “javob qisman qabul qilinadi”, “javob qabul qilinmaydi” mezonlari bo`yicha baholanadi.Oʻquvchilarni baholash xalqaro PISA va boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro PIRLS dasturlari. Oʻzbekiston ilk bor ishtirok etayotgan ushbu xalqaro tadqiqotlar doirasida tajriba-sinov jarayonlari 2020-yilning aprel-may oylarida, asosiy tadqiqotlar esa 2021-yilning aprel-may oylarida oʻtkazilishi belgilangan edi. Biroq dunyo boʻylab keng tarqalgan koronavirus bilan bogʻliq pandemiya sharoitida rejalashtirilgan tadqiqotlar vaqtincha toʻxtatilgandi. 2021-yilga moʻljallangan asosiy tadqiqot esa 2022-yilning aprel-may oylarida oʻtkaziladi. – tadqiqotning 3 yillik davriyligini inobatga olgan holda, 2024-yilga moʻljallangan tadqiqotlar ham, oʻz navbatida, 2025-yilga koʻchirildi.
Maʼlumki, Prezidentimiz tomonidan yurtimizda ushbu tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “PISA” (The Programme for International Student Assessment) Oʻquvchilarni baholash xalqaro dasturi reytingida Oʻzbekistonning 2021-yilda birinchi 70 talikka, 2025-yilda 60 talikka va 2030-yilga kelib esa, birinchi 30 ta ilgʻor mamlakatlar qatoriga kiritish koʻzda tutilgan.
Download 21,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish