IV. Yangi mavzu:Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari. Mavzuning bayon qilish rejasi: 1).Iste’molchilarning daromad manbalari bo’yicha ma’lumot berish.
2).Majburiy xarajatlar.
3). Erkin xarajatlar.
4).Engel qonuni.
Yangi mavzuni guruxlardagi o’quvchilar mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.
Guruxlarga:
1.Iste’molchilarning daromad manbalari bo’yicha ma’lumot berish.
2. Majburiy xarajatlar.
3. Erkin xarajatlar.
4. Engel qonuni.
Foydalanish uchun matnlar.
Mavzular yozilgan kartochkalar har bir guruxlarga tarqatiladi.
Guruxlarga quyidagi topshiriqlar beriladi:
1.Mavzuni o’qib chiqing.
2.Mavzuni bir- biringizga so’zlab bering.
3.Matnga oid tayanch so’zlarni ajrating.
4.Sinfda taqdimot qilish tayorgarligi, gurux ishi uchun (6 daqiqa) vaqt ajratiladi.
5).Curuxlarning ishlash jarayonini o’quvchilarning ishtiroki kuzatib boriladi va kerak bo’lgan joylarga ko’rsatmalar beriladi.
6).Curuxlarning taqdimoti. (15 daqiqa).
Curuxlarning taqdimot qilish jarayonida o’quvchilar tinglaydilar va savol berishi aytiladi.
7).O’qituvchi tomonidan mavzular umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilinadi.
V. Mustahkamlash.
O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha qo’yidagi jadvalni to’ldirish topshiriladi.
Talqinlar;
a). Qondirilishi birlamchi bo’lmagan ehtiyojlar uchun xarajatlar
b). Kundalik turmushda ularsiz yashab bo;lmaydigan birlamchi xarajatlar
c).Ishchiga ishlagan vaqti miqdoriga qarab to’lanadigan pul miqdori.
d). Ishchiga tayyorlagan mahsulot miqdoriga qarab to’lanadigan pul miqdori.
e). Ishchiga bir oy davomidagi mehnat faoliyati uchun qat’iy belgilangan pul miqdori.
l). Korxona tomonidan yollanib ishlayotgan xodimga bajarilgan ish uchun to’lanadigan pul.
k). Kishi (oila)ning ma’lum vaqt davomida ishlab topgan va qo’lga kiritgan barcha moddiy hamda pul tushumlari.
m). Oilaning ma’lumot davrdagi daromad manbalari va xarajatlari keltirilgan moliyaviy rejasi.
Topshiriqlarning to’g’ri javoblari doskaga ilib qo’yilib, o’quvchilar nechta topshiriqni to’g’ri bajarganlarini so’rash va ularning dars jarayonidagi faoliyatini hisobga olgan holda baho e’lon qilinadi.