5. Agar tovarning narxi oshsa, ... A. uning o‘rnini bosuvchi tovarga talab
oshadi.
B. uning o‘rnini bosuvchi tovarga talab
pasayadi.
D. uni to‘ldiruvchi tovarga talab oshadi.
E. uni to‘ldiruvchi tovarga talab pasayadi.
6. Quyidagi omillardan qaysi biri talabga ta’sir etmaydi? A. Tovarni iste’mol qiluvchi aholi
sonining o‘zgarishi.
B. Iste’molchilar daromadlarining o‘z-
garishi.
D. Bozorga tovarning ko‘p miqdorda
keltirilishi.
E. Tovar narxi oshishining kutilishi.
7. Muzqaymoqqa bo‘lgan talab chizig‘i- ning chap tomonga siljishi qaysi omil ta’sirida sodir bo‘lishi mumkin? A. Aholi daromadlarining o‘sishi.
B. Muzqaymoq narxining pasayishi.
D. Muzqaymoq taklifining kama yishi.
E. Qish faslining kelishi.
8. Taklif miqdori — bu muayyan vaqt davomida ... A. xaridorlarning ma’lum narxda sotib
olishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori.
B. sotuvchilarning ishlab chiqarishi
mumkin bo‘lgan tovar miqdori.
D. sotuvchilarning ma’lum narxda sotishlari
mumkin bo‘lgan tovar miqdori.
E. sotuvchilar tomonidan bozorga
keltirilgan jami tovar miqdori.