72
1. Noto‘g‘risini toping.
Iste’molchilarning daromad manba-
lariga nimalar kiradi?
A. Stipendiya, nafaqa.
B. Sug‘urta, jamg‘arma.
D. Ish haqi, dividend.
E. Renta, foiz.
2. Quyidagi holatlarning qaysi birida mulk
shakli o‘zgaryapti?
A. Chol o‘g‘liga hovlisini meros qilib
qoldirdi.
B. Davlat tashkiloti bolalar uyiga kompyu-
ter sovg‘a qildi.
D. Fermer sigirini bozorga olib chiqib
sotdi.
E. Olg‘irovning dang‘illama hovlisi mu-
sodara qilinib, o‘quvchilar saroyiga
aylantirildi.
3. Mulkka to‘la egalik qilish huquqi
deganda nima tushuniladi?
A. Uni sovg‘a qilish.
B. Uni sotish yoki ayirboshlash.
D. Undan o‘z ehtiyojlarini qondirish
uchun foydalanish.
E. Yuqoridagilarning barchasi.
4. Qaysi guruhdagi daromadlar faqat
moddiy boylikdan foydalanish evaziga
orttiriladi?
A. Ijara, nafaqa, dividend.
B. Renta, foiz, maosh.
D. Foyda, nafaqa, dividend.
E. Renta, dividend, foiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |