Iqtisodiy bilim asoslari


Hozirgi zamon pulining tabiati va mazmuni. O‘zbekistonda milliy pul-so‘mning muomalaga kiritilishi va uning ahamiyati



Download 14,87 Mb.
bet49/402
Sana17.09.2021
Hajmi14,87 Mb.
#177080
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   402
Bog'liq
Majmua Iqtisodiyot nazariyasi G va IBAO'M-2020-21

4.Hozirgi zamon pulining tabiati va mazmuni. O‘zbekistonda milliy pul-so‘mning muomalaga kiritilishi va uning ahamiyati.


Pul ko‘p tomonlama, murakkab iqtisodiy tushuncha bo‘lganligi sababli, uning yangicha mazmunini aniqlashni qog‘oz pullarning oltin pulga bog‘liqligi va undan farqini ko‘rsatishdan boshlash lozim. Qog‘oz pullarning o‘z o‘tmishdoshi va tabiiy negizi bo‘lgan oltin pullar bilan o‘xshashlik jihati shundaki, u oltin pulda mavjud bo‘lgan ikki xususiyatni, ya’ni rasmiy naflilik va qiymat belgisi sifatidagi xususiyatlarni qabul qilib oladi. Oltinning moddiy tovar sifatidagi ikki xususiyati: real nafliligi va qiymati qog‘oz pullarda bo‘lmaydi. Lekin avvalgi ikki xususiyat qog‘oz pullarning umumiy ekvivalent sifatida amal qilishi uchun etarlidir.

Qog‘oz pul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati bevosita qiymatga ega bo‘lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat belgisiga ega bo‘lgan vakolatli «tovar» bilan o‘lchanadi.

Qog‘oz pullar bozor iqtisodiyoti yoki unga o‘tish davrida oldingi mazmunini tark etmagani holda, ya’ni maxsus tovar sifatida, umuiy ekvivalentlik mazmunini saqlab qolgani holda, yangi mazmun kasb etadi. Bu davrda uning tabiati, tarkibi yanada murakkablashib boradi. Agar oddiy tovar va xizmatlar ayirboshlanishi, ya’ni oldi-sotdi bo‘lishida pulga tovar sotib olishdan asosiy maqsad Biron-bir naflilikni (iste’mol qiymatini) iste’mol qilish uchun sotib olish, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojini qondirish bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti yoki unga o‘tish davrida puldan faqatgina shaxsiy ehtiyojni qondirish maqsadida emas, balki daromad, foyda olish maqsadida foydalaniladi.

Oltin pul muomalasi amaliyoti ko‘rsatadiki, uzluksiz muomalada bo‘lish natijasida oltin tangalar eyilib ketadi, o‘z massasining bir qismini yo‘qotadi va to‘la qiymatli bo‘lmagan pulga aylanadi. SHu sababli muomalaga oltin o‘rnini bosuvchi pul sifatida to‘la qiymatli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.

3. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o‘zini bozor taosdiflaridan ehtiyot qilish uchun va o‘z tovarini sota olish –olmasligidan qat’iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zini ma’lum pul rezervi bilan ta’minlashi kerak.

Natural xo‘jalik sharoitida boylik to‘plash, jamg‘arish mahsulot jamg‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik jamg‘arishning pul jamg‘arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovarlarni cheklanmagan miqdorda saqlab bo‘lmaydi, pulni istagan miqdorda saqlash mumkin.

Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish uni muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo‘lini topishga intildilar.

Shuning uchun pul saqlash uchun banklarga qo‘yiladi. Banklar esa, ularni bir joyga to‘plab, kredit vositasida foydalanadi.

Boylik to‘plash vositasini faqat oltin tangalar emas, balki pul materiallari, oltin buyumlar va boshqalar ham o‘ynay oladi.

4. Tovarlar nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Pulning to‘lov vositasi sifatida vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. Pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Nima uchun tovarni sotish bilan unga haq to‘lash o‘rtasidagi vaqt jihatidan ajralish payla bo‘ladi? Aniq vaziyatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Buning eng tub sababi ishlab chiqarish sikllarining turlicha davom etishidir. Masalan, qishloq xo‘jaligida hosil bir yilda bir marta yig‘ib olinadi. Lekin dehqonga butun yil mobaynida tovar kerak bo‘ladi. Sotishning kredit formasi keskin murakkablashib, sustlashib ketgan bo‘lar edi. Pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi bu xil qiyinchiliklarni bartaraf etishga va bu bilan xo‘jalik oborotini tezlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, qog‘oz pullar, veksel va banknotlar – pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqdi.

Puldan uni bankka qo‘yib foiz olish, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olib, ishlab chiqarishni tashkil etish yoki tijorat faoliyatini olib borib, foyda olish, turli qimmatli qog‘ozlarni sotib olib, dividend daromadlari olish maqsadlarida foydalaniladi. Bu shundan dalolat beradiki, endi pul faqatgina umumiy ekvivalent bo‘lib emas, balki o‘z egasining qo‘lida foyda, daromad olish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, o‘zidan-o‘zi o‘suvchi qiymatga, bir so‘z bilan aytganda pul kapitalga aylanadi. Buning natijasida qog‘oz pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd pullar (qog‘oz pul, tanga-chaqalar) va kredit pullar (chek, veksel, sertifikat, to‘lov talabnomalari va h.k.). Ularning tub xususiyatlari 7-chizmada aks ettirilgan.

7-chizma. Naqd va kredit pullarning xususiyatlari.



Bundan ko‘rinadiki, pul kapital sifatida muomalada bo‘ladi, unga qo‘shimcha ijtimoiy vazifa yuklatiladi. Endi u daromad keltiradigan maxsus vositaga aylanadi.9



Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish